O'zR FA | FAN - JAMIYAT TARAQQIYOTINI OLG'A SILJITUVCHI KUCH, VOSITA BO'LMOG'I LOZIM!
3.44K subscribers
13.2K photos
1.22K videos
594 files
6.99K links
O'zR Fanlar akademiyasi

Ishonch telefoni: 712335623

[email protected]

Murojaat: @faqaytaaloqabot

www.academy.uz
facebook.com/academy.uz
instagram.com/fanlar_akademiyasi
youtube.com/@Fanlar-akademiyasi

100047, Toshkent sh., Y.G'ulomov ko'chasi, 70-uy
Download Telegram
#OLIMA AYOL

MATEMATIK VA NAZARIY FIZIKA BO‘YICHA YETUK
OLIMA

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Yadro fizikasi instituti “Koʼp zarrali tizimlar fizikasi” laboratoriyasi bosh ilmiy xodimi fizika-matematika fanlari doktori Rasulova Muhayyo Yunusovna

M.Rasulovaning ilmiy izlanishlari oʼzaro taʼsirlashuvchi ko‘p zarrali tizimlar rivojlanish qonuniyatlarini, kvant axboroti va axborot xavfsizligi masalalarini matematik fizika uslublari yordamida tadqiq etishga bag‘ishlangan.
BATAFSIL 👉🏻 https://www.facebook.com/academy.uz/posts/pfbid02KkNyzjQqcatijpj2m4qdioaWUeDY4riJwmUTsu5qmbSw3Nq3eTuWnjyFXGNHcDP3l
#Olima ayollar
O’zbek me’morchiligi tarixi-Michigan Universitetida o’rgatilmoqda

Ayni kunlarda Oʼzbekiston Fanlar akademiyasi Sanʼatshunoslik instituti “Meʼmorlik” boʼlimi mudiri, meʼmorlik fanlari doktori, professor M.A.Yusupova АQSh ning Michigan davlat Universitetida “Ilm-fan, sanʼat va din: meʼmorlik merosi va islom” loyihasi doirasida maʼruzalar oʼqish, tadqiqotlarga ilmiy maslahatlar berishga chaqirilgan.
Michigan davlat Universitetida joriy yilning noyabr oyidan boshlangan maʼruzalar davomida o’zbek olimasi M.A.Yusupova “O’zbekistonning islom meʼmorchiligi”, “Oʼzbekistonning soʼfiylik maskanlari meʼmorchiligi”, “Buxoro va Samarqand-Buyuk ipak yo’li shaharlarining meʼmorchiligi” mavzularida MDUning talabalari va professor-uqituvchilar uchun maʼruzalar oʼqimoqda. Michigan davlat Universitetida “Ilm-fan, sanʼat va din: meʼmorlik merosi va islom” loyihasi doirasida ilmiy uchrashuvlar va boshqa tadbirlarda ham ishtirok etmoqda.
#Olima ayollarga ehtirom

Ayolni e’zozlash-ezgulik mezoni

So‘nggi yillarda mamlakatimizda gender tenglik, xotin-qizlarning huquq-manfaatlarini ta’minlash masalasida juda katta o‘zgarishlar yuz beryapti. Mazkur yo‘nalishdagi ishlar “Hech bir ayol davlat va jamiyat e’tiboridan chetda qolmaydi” degan qat’iy tamoyil asosida davlat va jamiyat hayotining barcha jabhalarida olib borilmoqda. Ilm-fanda ham ayollar faolligining oshishi, millatning ertangi yorug’ kelajagiga kafolatdir. Bugun Fanlar akademiyasi ilmiy tadqiqot muassasalarida ham 8-mart “Xalqaro xotin-qizlar” kuni munosabati bilan bayram tadbirlari tashkil etildi. Mana shunday tadbirlardan biri Fa Umumiy va noorganik kimyo institutida ham bo’lib o’tdi.
#Olima ayol

Betakror ayol, fidoyi olima, jonkuyar ustoz, mehribon ona Jannat Ismoilova hayot yo'liga nazar tashlasangiz insonlikning eng go'zal fazilatlariga guvoh bo'lasiz. "Ziyolining yo'li" ko'rsatuvining ushbu sonini ko'rishni ilm-fanga kirib keleyotgan qizlarning barchasiga tavsiya etgan bo'lar edik👆

Bizni  ijtimoiy tarmoqlarda  kuzatib boring
👇

📌 Telegram|Facebook|Instagram|Youtubehttpshttp
#Olima ayollar

Innowomenweek-2024: XXI asrda ilm-fan va biznesda ayollar yutuqlari va muammolari


Joriy yilning 7–8-oktyabr kunlari Toshkentda ilm-fan va biznes sohasida innovatsion tadbir — Innowomenweek-2024 xalqaro forumi o‘tkazildi. Mazkur forumning asosiy mavzusi “XXI asr ilm-fani va biznesda ayollar: Yutuqlar va muammolar” bo‘lib, unda olima, tadbirkor va hunarmand ayollar o’z ishlanmalari bilan ishtirok etishdi. Tadbirning birinchi kuni Turin politexnika institutida bo’lib o’tdi va Koreya ixtirochi ayollar uyushmasi a’zolari tomonidan intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofaza qilish bo’yicha nutq so’zlandi.
Innowomenweek-2024ning ikkinchi kuni mamlakatimiz so’lim go’shalaridan biri bo’lmish Piramida rezortda tashkillashtirildi. Tadbirda Koreya ixtirochi olimlar uyushmasi a’zolari, hamda, O’zbek olima ayollarining ilmiy ishlanmalari to’g’risidagi ma’ruzalar eshitildi. Jumladan Mikrobiologiya instituti professori Miralimova Shahlo Mirjamolovna “Probiotiklar va odam mikrobiomi” mavzusidagi qiziqarli ma’ruzasi bilan chiqish qilib, o‘z ilmiy ishlanmalarini namoyish qildi.
Koreya davlatidan ixtirochi ayollar uyushmasi vitse-prezidenti Yi Hae Yeon Shahlo Mirjamolovnaning ilmiy ishlanmalari bilan qiziqqan holda kelajakda birgalikda amalga oshirish mumkin bo‘lgan rejalar va hamkorliklar xususida qizg’in suhbat olib borishdi. O‘ylaymizki Koreya va O‘zbekiston olima ayollari o’rtasida yanada mustahkam aloqalar ta’minlanib ilm fanda ayollarning faolligi yanada rivojlanadi. Zero davlatimizda ayollarning ilm-fandagi o‘rni kundan-kunga barqarorlashib bormoqda.
Innowomenweek-2024 ayollarning ilmiy va biznesdagi o‘rnini ko‘rsatib beruvchi muhim tadbir bo‘ldi. Forum davomida ayollar uchun yangi imkoniyatlar va amaliy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini yaratish masalalari ham muhokama qilindi. Mazkur forum ayollarning ilm-fan va biznes sohasidagi yutuqlari va kelajakdagi rejalari to‘g‘risida qimmatli ma'lumotlarni taqdim etdi va ularni ilhomlantiruvchi platformaga aylandi.

Bizni kuzatishda davom eting!


📌 Telegram|Facebook|Instagram|Youtubehttpshttp
#Olima ayollar


2024-yil 7-12-oktyabr kunlari Turin Politexnika Universitetida bo'lib o'tgan “INNOWOMENWEEK” ixtirochi va tadbirkor xotin-qizlarning innovatsion haftaligi va “Ixtirochi ayollar - 2024” koʻrgazmasida  Fanlar akademiyasi Zoologiya institutidan Entomofaglar ekologiyasi va biousullarning nazariy asoslari laboratoriyasi mudiri, b.f.n. Z.Yu. Axmedova ko'sak qurtiga qarshi “HAVIR” preparati hamda Umumiy parazitologiya laboratoriyasi kichik ilmiy xodimi, PhD Sh.O. Saidova nematodalarga qarshi “EKONEM” bionematotsid preparati ishlanmalari bilan faol ishtirok etishdi. Bu haftalikda Fanlar akademiyasi tizimidagi ilmiy tashkilotlaridagi ko'plab olima ayollarimiz o'z ilmiy izlanishlari natijalarini namoyish etishdi.

Bizni kuzatishda davom eting!


📌 Telegram|Facebook|Instagram|Youtubehttpshttp
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Olima Ayollar

Osiyo taraqqiyot banki ko'magida O'zbekiston Fanlar akademiyasi va Wonder Womenning olima ayollar va ularning O'zbekiston ilm-faniga qo'shgan hissasi haqidagi maxsus loyihasi boshlandi. Loyihaning ilk qadami bo'lgan ushbu rolikni sizga taqdim etmoqdamiz. Biz bilan qoling eng qiziqarli ma'lumotlar hali oldinda!


#ЖенщиНаукаУз

Мы рады представить вам спецпроект Академии наук Республики Узбекистан и Wonder Women при поддержке Азиатского банка развития,  посвящённый науке, женщинам-ученым и их вкладу в развитие науки в Узбекистане.


Bizni  ijtimoiy tarmoqlarda  kuzatib boring
👇

📌 Telegram|Facebook|Instagram|Youtube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Yangi loyiha
#Olima ayol

Ilm-fan taraqqiyot va innovatsiyalarda muhim rol o'ynaydi va STEAM yo'nalishlarining rivojlanishi (fan, texnologiya, muhandislik, san'at va matematika) global va mahalliy muammolarga yechim topa oladigan mutaxassislarning yangi avlodini tayyorlaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va Wonder Women tomonidan Osiyo taraqqiyot banki ko‘magida amalga oshirilayotgan maxsus loyiha bo‘lib, u ilm-fan, olima ayollar va ularning O‘zbekistonda ilm-fan rivojiga qo‘shgan hissasiga bag‘ishlangan.

Наука играет ключевую роль в прогрессе и инновациях, а развитие STEAM-направлений (наука, технологии, инженерия, искусство и математика) готовит новое поколение специалистов, способных решать глобальные и локальные задачи.

#ЖеншиНаукаУз — это спецпроект Академии наук Республики Узбекистан и Wonder Women при поддержке Азиатского банка развития, посвящённый науке, женщинам-учёным и их вкладу в развитие научного потенциала Узбекистана.

Bizni  ijtimoiy tarmoqlarda  kuzatib boring
👇

📌 Telegram|Facebook|Instagram|Youtube