O'zR FA | FAN - JAMIYAT TARAQQIYOTINI OLG'A SILJITUVCHI KUCH, VOSITA BO'LMOG'I LOZIM!
3.41K subscribers
13.1K photos
1.21K videos
587 files
6.93K links
O'zR Fanlar akademiyasi

Ishonch telefoni: 712335623

[email protected]

Murojaat: @faqaytaaloqabot

www.academy.uz
facebook.com/academy.uz
instagram.com/fanlar_akademiyasi
youtube.com/@Fanlar-akademiyasi

100047, Toshkent sh., Y.G'ulomov ko'chasi, 70-uy
Download Telegram
#Yangi_tajriba

TARIXIY OBIDALARNI TERMITLARDAN HIMOYA QILISH !!! 

Respublika termitlarga qarshi kurashish ilmiy ishlab chiqarish markazi olimlari tomonidan Surxondaryo viloyati “Termiz” davlat muzey-qo'riqxonasi xodimlari bilan hamkorlikda Surxondaryo viloyati madaniy-tarixiy obidalar hududlarida termitlarning tarqalishi va zararli faoliyati bo'yicha monitoring tadqiqot ishlari amalga oshirildi. Tadqiqot natijalariga ko'ra, Kushonlar davriga oid Qoratepa va Fayoztepa tarixiy yodgorliklari hududlari, asosiy bino va unga yondosh qo'shimcha binolarida termitlar bilan zararlanish holati qayd etildi. Mazkur tarixiy obidalarni termitlar zararidan himoyalash maqsadida, Fayoztepa stupasi atrofiga va Labirint monastiriga hamda Qoratepa buddaviylik inshootlarida termitlar zararini oldini olish maqsadida Respublika termitlarga qarshi kurashish ilmiy ishlab chiqarish markazi olimlari tomonidan yaratilgan yangi ko'rinish va tarkibdagi “Antitermit” yem-xo'raklari tajriba-sinov tariqasida o'rnatildi.

Bizni  ijtimoiy tarmoqlarda  kuzatib boring
👇

📌 Telegram|Facebook|Instagram|Youtubehttps
#Yangi tajriba


Fanlar akademiyasi Zoologiya instituti Umurtqali hayvonlar laboratoriyasi, Nurota Davlat qo‘riqxonasi ilmiy xodimlari va Bolgariya qushlarni muhofaza qilish jamiyati mutaxassisi PhD Vladimir Dobrev bilan hamkorlikda, O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan tasqaraning Aegypius monachus 🦤 Nurota tog‘ tizmasida uyalovchi populyatsiyasining tarqalish hududlarini telmetriya usuli yordamida o‘rganishga doir, zamonaviy ilmiy ma’lumotlarni olish maqsadida, O‘zbekistonda ilk marotaba ushbu turga transmitter qurilmasini o‘rnatish amalga oshirildi. Tajriba jarayonlari bilan ham bo'lishamiz. Yangiliklarimizni kuzatib boring!

Bizni  ijtimoiy tarmoqlarda  kuzatib boring
👇

📌 Telegram|Facebook|Instagram|Youtubehttpshttp