O'zR FA | FAN - JAMIYAT TARAQQIYOTINI OLG'A SILJITUVCHI KUCH, VOSITA BO'LMOG'I LOZIM!
3.39K subscribers
13K photos
1.2K videos
585 files
6.87K links
O'zR Fanlar akademiyasi

Ishonch telefoni: 712335623

[email protected]

Murojaat: @faqaytaaloqabot

www.academy.uz
facebook.com/academy.uz
instagram.com/fanlar_akademiyasi
youtube.com/@Fanlar-akademiyasi

100047, Toshkent sh., Y.G'ulomov ko'chasi, 70-uy
Download Telegram
Forwarded from Ўзбекистон Математиклари (G'olibjon Botirov)
#Xalqaro_Hamkorlik
Xitoyning Xarbin shahrida "Lie algebras and related topics" nomli xalqaro konferensiya o'z ishini boshladi. Konferensiyada Matematika instituti direktori akademik Sh.A.Ayupov, institut direktor o'rinbosari akademik U.A.Rozikov, professor B.A.Omirov hamda ko'plab O'zbekistonlik matematiklar ishtirok etishmoqda
#Xalqaro hamkorlik

“Qozog‘iston mintaqaviy florasi: xilma-xillik, genetika va tabiatni muhofaza qilish” xalqaro simpoziumi va unda ishtirok etgan o‘zbek olimasining muvaffaqiyati xususida

Toshkent Botanika bog‘i xodimlari 2024-yilning 12-13-sentabr kunlari Qozog‘iston Respublikasining Milliy biotexnologiya markazining 30 yilligiga bag'ishlangan Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan “Astana Biotech 2024” xalqaro konferensiyasida, shuningdek, “Qozog‘iston mintaqaviy florasi: xilma-xillik, genetika va tabiatni muhofaza qilish” xalqaro simpoziumida ishtirok etdi.
Anjumanda Germaniya, AQSh, Niderlandiya, Pokiston, Rossiya Federatsiyasi, Vengriya, O‘zbekiston, Qozog‘iston kabi mamlakatlarning ilmiy markaz va institutlari, oliy ta’lim muassasalarining taniqli olim va mutaxassislari ishtirok etdi.
“Astana Biotech 2024” konferensiyasi nufuzli forum boʻlib, uning doirasida fan, biznes va taʼlim, shuningdek, davlat organlari vakillari ham Qozogʻistonda, ham xorijda biotexnologiya sohasidagi ilg'or ilmiy ishlanmalar bilan tanishishlari, to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot formatida hamkorlikni chuqurlashtirishga qaratilgan kompleks yechimlarni ishlab chiqish mumkin bo‘ldi. Konferensiya dasturidan plenar va seksiyalar, poster sessiyalari, davra suhbatlari bo‘lib, unda olimlar biologiya, biotexnologiya va biomeditsina yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy loyihalarini taqdim etdilar. Xalqaro ilmiy konferensiya doirasida “Qozog‘istonning mintaqaviy florasi: xilma-xillik, genetika va tabiatni muhofaza qilish” simpoziumi bo‘lib o‘tdi, unda yetakchi biologlar, botaniklar va genetiklar ishtirok etdi. Anjumanda biotexnologiya sohasida yetakchi kompaniyalarning uskunalari, texnologiyalari, xizmatlari va imkoniyatlari ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.
“Eng yaxshi og‘zaki taqdimot” va “Eng yaxshi stend taqdimoti” ko‘rik-tanlovlarini o‘tkazish ushbu tadbirning muhim qismi bo‘ldi. Akademik F.N. Rusanov nomidagi Botanika bog‘i biotexnologiya laboratoriyasi mudiri Feruza Mustafina “Ungernia Bunge (U. sewertzowii (REGEL) B.FEDTSCH. va U. victoris VVED. EX ARTJUSH.) ikkita dorivor o‘simlik turinini biologik faol komponentlar manbalari sifatida mikroko‘paytirish” ma’ruzasi bilan ushbu tanlovda birinchi o‘rinni egalladi. Ularni ushbu e’tirof bilan muborakbod etamiz! Olimaning ilmiy yutuqlari bardavom bo‘lsin!

Bizni kuzatishda davom eting!


📌 Telegram|Facebook|Instagram|Youtubehttpshttp
#Xalqaro hamkorlik

Nobel mukofoti sovrindori bilan uchrashuv

”Agar olim tajribaxonasini tozalayotgan farroshga o‘z ishining ma'nosini tushuntirib bera olmasa, demak nima ish bilan shug‘ullanayotganini o‘zi ham bilmaydi” degan edi fizik olim Ernest Rezerford.


Olim bo ‘lish, ilmga ega bo‘lish zahmatli yo‘ldir. Buni ilm ichida yashayotgan har bir inson anglaydi. Bugun Fanlar akademiyasiga olimlar uchun eng nufuzli mukofot hisoblangan Nobel mukofoti sovrindori, yapon olimi Amano Xiroshi tashrif buyurdi. Nagoya universiteti professori, Nobel mukofoti laureati, taniqli fizik olim bilan uchrashuvda Fanlar akademiyasi rahbaryati, Fizika-matematika yo‘nalishidagi ilmiy tashkilotlar rahbarlari ishtirok etishdi. Uchrashuvda Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti Shahlo Turdikulova Akademiyaning shonli tarix yo‘li, bugungi natijalari haqida so‘zlab berdi. Fizka-matematika bo‘limi rahbari Sagdulla Bahromov va institutlar direktorlari Fanlar akademiyasida fizika-matematika va texnika yo‘nalishida bugun erishayotgan natijalarimiz haqida aytib o‘tishdi . Yaponiya delegatsiyasi tarkibida uchrashuvda ishtirok etayotgan Nagoya universiteti vitse-prezidenti Mizutani Norimi esa o‘z universitetlari faoliyati haqida ma’lumot berdi. Fanlar akademiyasida tashkil etilayotgan har bir xalaqro uchrashuvlar yakuni ilmiy hamkorlik qadamlariga tutashib ketadi. Bu safar ham Fanlar akademiyasi va Nagoya universiteti o‘rtasida ilmiy hamkorlik qilish, kadrlar almashinuvi borasida kelishuvlarni amalga oshirish rejalashtirildi.


Bizni kuzatishda davom eting!


📌 Telegram|Facebook|Instagram|Youtubehttpshttp
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro anjuman

Fanlar akademiyasi O'simlik moddalari kimyosi institutida "Tabiiy birikmalarning dolzarb muammolari" mavzusida bo'lib o'tgan xalqaro anjuman tafsilotlatlari "Poytaxt" informatsion dasturida.

Bizni kuzatishda davom eting!


📌 Telegram|Facebook|Instagram|Youtubehttpshttp
#Xalqaro_olimpiada
#OWAO_2024

⚠️ XUSHXABAR

🔭3-Xalqaro ochiq astronomiya olimpiadasida oʻzbekistonlik oʻquvchilar 4 ta kumush, 2 ta bronza medallarini qoʻlga kiritdi.

🇺🇿 Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari 3-Xalqaro ochiq astronomiya olimpiadasida ishtirok etish uchun Sochi shahriga jo’nab ketgani xaqida xabar bergan edik.

📆 15–22-sentyabr kunlari Sochida o‘tkazilgan mazkur olimpiadada gʻoliblikni qoʻlga kiritgan oʻquvchilar bilan tanishing:
🗣Ma’lumot uchun, 2-Xalqaro ochiq astronomiya olimpiadasida oʻzbekistonlik oʻquvchilar 1 ta kumush, 3 ta bronza medallari hamda 1 ta faxriy yorliqni qoʻlga kiritishdi.

Ularga Astronomiya instituti tayanch doktaranti Yodgor Rajabov rahbarlik qildi.

💫 Oʻquvchilarimizning kelgusidagi oʻqish va ishlarida omad tilaymiz!
#Xalqaro anjuman

“Fundamental va amaliy mikrobiologiyaning holati va rivojlanish istiqbollari: yosh olimlar nigohi” mavzusida bo'lib o'tayotgan anjuman haqida


Bugun O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasida Mikrobiologiya instituti, Hindistonning Integral universiteti hamda “Science and innovation” xalqaro ilmiy jurnali bilan hamkorlikda “Fundamental va amaliy mikrobiologiyaning holati va rivojlanish istiqbollari: yosh olimlar nigohi” mavzusida Xalqaro miqyosidagi ilmiy amaliy anjuman bo'lib o'tmoqda.
Konferensiyaga qabul qilingan har bir maqola Polshaning Index Copernicus, Yevropaning Zenodo va Open Aire, Rossiyaning Cyberleninka xalqaro bazalariga va ilmiyanjumanlar.uz platformalariga joylashtiriladi hamda Google scholar xalqaro qidiruv tizimida indekslanadi. Konferensiya materiallari to‘plam holatda elektron va bosma nashr etiladi. Anjumanning to'liq tafsilotlariga yana qaytamiz.

Bizni kuzatishda davom eting!


📌 Telegram|Facebook|Instagram|Youtubehttpshttp
#Xalqaro hamkorlik

Yangi loyihalar yo'lidagi muhim hamkorlik dasturlari

Shanxay Hamkorlik tashkiloti, Fan va texnologiyalar hamkorlik Dasturi va xalqaro Fan va texnologiya hamkorlik Dasturi doirasidagi “Cistanche spp. conservation and its planting technology research for the Aral Sea degraded zone” xalqaro loyihasida, 2024-yil 23-25 sentabr kunlari Xinjiang Ekologiya va Geografiya Instituti olimlari professorlar Li Bingwen va Zhou Zhibin, PhD Student Shao Minghao, ushbu institute talabasi GU Jiakun Xorazm Ma’mun akademiyasiga ilmiy safar uyushtirdi.
Ular Xorazm viloyatidagi tabiiy va inson ta’sirida shakllangan hududlarni, jumladan, Yangiariq fermer xo‘jaligi, Xiva Valyuka Plyus fermer xo‘jaligi, Xiva tumanidagi milliy tabiat bog‘i, Yangibozor tumanidagi milliy tabiat bog‘i hamda Xiva Ma’mun akademiyasining eksperimental bazasida yetishtirish rejalashtirilayotgan saksovul (Haloxylon) o‘simligi bilan birga o‘suvchi Cistanche dorivor o‘simligining tuproq iqlim sharoitlari, turli xil hududlardagi tuproqlarning nisbiy namliklari aniqlash bo‘yicha dala tajribalari olib borildi.
Xorazm Ma’mun akademiyasi va Xinjiang Ekologiya va Geografiya instituti o‘rtasida Cistanche spp. o‘simligini O‘zbekistonda ko‘paytirish bo‘yicha kelishuvga erishildi va ekish uchun maydon sifatida Xorazm Ma’mun akademiyasining eksperimental bazasi, Yangiariq fermer xo‘jaligi, Xiva Valyuka Plyus fermer xo‘jaligi va Xiva tumanidagi milliy tabiat bog‘i tanlandi.

Bizni kuzatishda davom eting!


📌 Telegram|Facebook|Instagram|Youtubehttpshttp
#Xalqaro anjuman

“Fizik elektronika” (IPEC-9) bo'yicha IX-xalqaro anjuman tafsilotlari

2024-yil 3-4-oktyabr kunlari Fanlar akademiyasi U.A.Arifov nomidagi Ion-plazma va lazer texnologiyalari institutida “Fizik elektronika” (IPEC-9) mavzusida navbatdagi IX-xalqaro ilmiy anjuman bo'lib o'tdi. Anjuman O'zR FA, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi va U.A. Arifov nomidagi Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti bilan hamkorlikda tashkil etildi.
Anjumanda Xitoy, AQSH, Rossiya, Belorussiya, Pokiston, Norvegiya kabi mamlakatlarning universitetlari va yetakchi ilmiy markazlari olimlari hamda O'zbekiston Respublikasining Fanlar akademiyasi ilmiy tadqiqot institutlari hamda Oliy o'quv yurtlari, shu jumladan IIPvaLTI, Yadro fizikasi instituti, Xalqaro quyosh energetikasi instituti, Fizika-texnika instituti, O'zMU, ToshDTU, SamDU, NamDU, KarDU va UrgDU mutaxassislari va yosh olimlari faol ishtirok etishdi.

Batafsil👉
Anjuman haqida

Bizni kuzatishda davom eting!


📌 Telegram|Facebook|Instagram|Youtubehttpshttp
#Xalqaro anjuman


Yulduzlar va sayyoralarni izlovchi - Mirzo Ulug‘bek dunyo olimlari e'tirofida

Prezidentimiz 12-sentyabr kuni “Buyuk qomusiy olim va mashhur davlat arbobi Mirzo Ulug‘bek tavalludining 630 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida” qaror imzoladi.Muhammad Tarag‘ay Mirzo Ulug‘bek o‘zining boy ilmiy-ma’rifiy merosi hamda mislsiz bunyodkorlik faoliyati bilan O‘zbekiston taraqqiyoti va jahon sivilizatsiyasi rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan ulkan tarixiy siymo, buyuk qomusiy olimdir, deyiladi hujjatda. Yubiley munosabati bilan 10-11-oktyabr kunlari Samarqand shahrida “Mirzo Ulug‘bek: Buyuk qomusiy olim va mashhur davlat arbobi” mavzusida xalqaro anjuman bo‘lib o‘tmoqda. Tafsilotlar bilan yana qaytamiz.

Bizni kuzatishda davom eting!

📌 Telegram|Facebook|Instagram|Youtubehttpshttp
#Xalqaro anjuman

“Neft-gaz va kimyo sanoatining barqaror rivojlanishi hamda ekologik xavfsizligida kolloid kimyoning o‘rni” mavzusidagi anjuman tafsilotlari


10-11-oktyabr kunlari Fanlar akademiyasi Umumiy va noorganik kimyo institutida “Neft-gaz va kimyo sanoatining barqaror rivojlanishi hamda ekologik xavfsizligida kolloid kimyoning o‘rni” mavzusidagi anjuman bo‘lib o‘tdi. “Neft-gaz va kimyo sanoatining barqaror rivojlanishi hamda ekologik xavfsizligida kolloid kimyoning o‘rni” mavzusidagi I -xalqaro ilmiy-texnikaviy anjuman akademik K.S. Axmedov tavalludining 110 yilligiga bag‘ishlandi.
Anjumanning maqsadi - kolloid kimyo sohasida bilim va tajriba almashinuvini rivojlantirish va turli sanoat sohalarida qo‘llashdir. Anjuman nazariyadan amaliyotga o‘tish mavzularini qamrab oladi va muhim jihat - kolloid kimyo va kimyoviy texnologiya sohasida fan va amaliyot o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlashdir. Ishtirokchilar dolzarb masalalarni muhokama qilishlari, tadqiqotlar natijalarini muhokamasi hamda kelgusi hamkorlik qilishning yangi yo‘llarini topishlari mumkin.
Tadbirda akademik K.S. Ahmedovning olib borgan ilmiy izlanishlarini davomi va uning ilmiy maktabi to‘g‘risida ma’ruzalar tinglandi.

Batafsil👉Anjuman haqida

Bizni kuzatishda davom eting!


📌 Telegram|Facebook|Instagram|Youtubehttpshttp