O'zR FA | FAN - JAMIYAT TARAQQIYOTINI OLG'A SILJITUVCHI KUCH, VOSITA BO'LMOG'I LOZIM!
3.41K subscribers
13.1K photos
1.21K videos
587 files
6.93K links
O'zR Fanlar akademiyasi

Ishonch telefoni: 712335623

[email protected]

Murojaat: @faqaytaaloqabot

www.academy.uz
facebook.com/academy.uz
instagram.com/fanlar_akademiyasi
youtube.com/@Fanlar-akademiyasi

100047, Toshkent sh., Y.G'ulomov ko'chasi, 70-uy
Download Telegram
#Tabiatni asraylik
Noyob hayvon turlari-O’zbekiston tabiati xazinasidir
O'zbekiston Fanlar akademiyasi Zoologiya institutida bo’lib o’tayotgan "O'zbekiston zoologiya fani: hozirgi zamon muammolari va rivojlanish istiqbollari" mavzusidagi IV respublika ilmiy-amaliy anjumanida O’zbekiston tabiatidagi noyob hayvonlar, ularni o’rganish va turlarini asrab qolish uchun institut ilmiy xodimlarining o'tkazgan ilmiy ekspidetsiyalari haqida roliklar namoyish qilindi.
#Tabiatni asraylik!


“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida bajarilgan ishlar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan “Yashil makon” umummilliy loyihasi eʼlon qilingan bo‘lib, mazkur loyiha doirasida yiliga 200 mln. tup daraxt va buta ko‘chatlarini ekish rejalashtirilgan.
Hozirgi kunda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti hamda F.N.Rusanov nomidagi Toshkent botanika bog‘i ilmiy xodimlari tomonidan respublikamizning qator olis hududlarida ham samarali ishlar amalga oshirilmoqda.

Bu haqida batafsil: 👉“Yashil makon” umummilliy loyihasi
#Tabiatni asraylik!

OʻZBEKISTON LOLALARI XALQARO QIZIL KITOBGA KIRITILDI
Lolalar (Tulipa L.) turkumi vakillari Xitoyning gʻarbiy qismidan tortib to sharqiy Yevropa hududlarida oʻsib, Oʻrta Osiyo ushbu estetik zavq beruvchi ajoyib oʻsimlikning tarqalish va bioxilma-xillik markazi hisoblanadi. Ayni paytda Oʻzbekistonda lolalarning 33 turi mavjudligi aniqlangan. Amaliy ishlar natijasi sifatida Oʻzbekistonda tarqalgan 24 ta lola turlari Xalqaro Qizil Kitob sahifalaridan (https://www.iucnredlist.org/search?query=Tulipa&searchType=speciesdeb) joy oldi. Unga koʻra, 4 ta Oʻzbekiston lola turlari yoʻqolib ketish arafasida yoki yoʻqolib borayotgan toifalarga kiritilgan va ularni 3 tasi ayni paytda muhofaza qilinmaydi.
Batafsil: 👉Qizil Kitobga kirgan lolalar
#Tabiatni asraylik

Bugun 10-fevral kuni soat 11:00 da Fanlar akademiyasi Zoologiya instituti faollar zalida Oʻzbekiston Ekologik partiyasi Toshkent shahar partiya tashkiloti va Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Zoologiya instituti hamkorlikda “Ekologik muammolar olimlar nigohida” mavzusidagi davra suhbati o'tkazmoqda. Barcha mavzuga qiziquvchilar ishtirok etishi mumkin.
#Tabiatni asraylik

Ekologik muammolar olimlar nigohida


Bugun Fanlar akademiyasi Zoologiya institutida Oʻzbekiston Ekologik partiyasi Toshkent shahar partiya tashkiloti va Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Zoologiya instituti hamkorligida “Ekologik muammolar olimlar nigohida” mavzusidagi davra suhbati o'tkazildi. Tadbirda O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi vakillari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, O‘zbekiston Ekologik partiyasi Toshkent shahar va tuman partiya tashkilotlari, Zoologiya instituti olimlari, Mahalliy Kengash deputatlari, O‘zbekiston Ekologik harakati faollari va OAV vakillari ishtirok etishdi.
Batafsil 👉Davra suhbati
#Tabiatni asraylik!

"Orolqum" milliy bog'i (MB) rivojlanish imkoniyatlarini muhokama qilishga bag‘ishlangan davra suhbati

Hududni muhofaza qilishning eng samarali chorasi sifatida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tizimini takomillashtirish va rivojlantirish, eng qimmatli tabiiy ob’yektlarning real saqlanishini ta’minlash va mintaqada biologik xilma-xillikni talab darajasida saqlashga ehtiyoj yildan yilga ortib bormoqda.

Batafsil👉Davra suhbati haqida

Bizni kuzatib boring👇

📌
Telegram|Facebook|Instagram|Youtube
#Tabiatni asaylik!

Bishkek seminari haqida

Zoologiya instituti xodimlari Bishkekda seminarda ishtirоk etishmoqda. Seminar “Markaziy Osiyoda yovvoyi tabiatdagi jinoyatlarga qarshi kurashish salohiyatini oshirish va ularga ko‘maklashish” xalqaro loyihasi doirasida amalga oshirilmoqda.
Loyiha Markaziy Osiyoning asosiy muhim nuqtalari va savdo yo‘llarida yovvoyi tabiatning noqonuniy savdosiga qarshi kurashish uchun huquq-tartibot idoralarining salohiyatini kuchaytirishga qaratilgan bo‘lib, yetarlicha bilimga ega, malakali huquqni muhofaza qilish organlari va agentlik xodimlari ushbu muammoni hal qilishda katta iroda ko‘rsatishiga yo‘naltirilgan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇

📌 Telegram|Facebook|Instagram|Youtube
#Tabiatni asraylik!

O’zbekistonda yovvoyi hayvonlarni asrash borasida qanday ishlar amalga oshirilmoqda? Ikki kunlik seminar muhim savollarga javob berdi


O’zbekiston Bojxona qo’mitasining Respublika kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish markazida “Noqonuniy xalqaro savdo ob'ekti bo'lgan yovvoyi hayvonlarni aniqlash. Ularni bartaraf etishning qonuniy asoslari” mavzusiga bag’ishlangan ikki kunlik seminar bo’lib o’tmoqda.

Batafsil👉Seminar haqida

Loyiha “Fauna & Flora International” xalqaro ekologik tashkiloti, Fanlar akademiyasi Zoologiya instituti va “Ekomaktab” ekologik resurs markazi bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇

📌 Telegram|Facebook|Instagram|Youtube
#Davra suhbati
#Tabiatni_asraylik
Kecha 17 оktаbr kuni O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika institutida O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi O'zbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasi hamda Ekologiya va аtrоf-muhitni muhofaza qilish masalalari qo'mitasi tomonidan "Botanika bog'lari va dendrologiya bog'larini muhofaza qilishning huquqiy asoslari'' mavzusidagi davra suhbati o'tkazildi. Davra suhbatida, ishtirokchilar tomonidan hal qilinishi kerak bo‘lgan muhim masalalar yuzasidan kelishib olindi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇

📌 Telegram|Facebook|Instagram|Youtube
#Tabiatni asraylik!

“Qizil kitob”ga qanday o‘zgarishlar kiritilmoqda?

Tashkil etilgan ilmiy seminarda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, O‘zbekiston ekologik partiyasi, Fanlar akademiyasi Zoologiya instituti, Namangan davlat universiteti xodimlari ishtirok etdilar.
“O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobining navbatdagi nashrini tayyorlash” mavzusida tashkil etilgan seminarning kirish qismi Botanika instituti yetakchi ilmiy xodimi, loyiha rahbari professor X.F. Shomurodov tomonidan ochib berildi.
Batafsil👉Ilmiy seminar haqida

Bizni  ijtimoiy tarmoqlarda  kuzatib boring
👇

📌 Telegram|Facebook|Instagram|Youtube
#Tabiatni asraylik!

E'lon!



Joriy yilning 5-sentyabr kuni soat 9:30 da Panaramas Tashkent Hotel konferensiyalar zalida O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti, Xitoy Fanlar akademiyasining Kunming Botanika instituti, Toshkent Botanik bog‘i, Global biologik xilma-xillik bo‘yicha ma’lumotlar portali (GBIF-Global Biodiversity Information Facility) O‘zbekiston bo‘limi, The IT Electronics Eleventh Design & Research Institute Scientific and Technological Engineering Corporation Limite (EDRI)tashkilotlari hamkorligida dunyoning yetakchi olimlari ishtirokida “Pan-uchinchi qutb mintaqasida o‘simliklar xilma-xilligini saqlash tadqiqotlari chegaralari” ikkinchi xalqaro simpozium (The Second International Symposium on the Frontiers of Plant Diversity Conservation Research in the Pan-Third Pole Region) o‘tkazilmoqda.
Simpoziumda O‘zbekiston, Xitoy, Germaniya, Janubiy Korea, Rossiya, Eron, Isroil, Polsha, Armaniston davlatlarining taniqli olimlari biologik xilma-xillikni saqlash, kamyob turlarni muhofaza qilish, o‘simliklar klassifikatsiyasi, filogeniyasi,ekologiyasi, genetikasi va global iqlim o‘zgarishi ta’sirlari kabi dolzarb mavzularda taqdimotlar qilishadi hamda o‘zaro fikr almashadilar.

Tabiatga, o'simlik dunyosiga befarq bo'lmagan barcha OAV vakillari, jurnalist va blogerlarni xalqaro anjumanimizga taklif etib qolamiz!

Anjumanda ishtirok etishni istaganlar @FA_matbuot ga murojaat qilishingiz mumkin.


Anjuman 5-6 sentyabr kunlari bo'ib o'tadi.

Bizni kuzatishda davom eting!


📌 Telegram|Facebook|Instagram|Youtubehttpshttp
#Tabiatni asraylik!

#Online


Ayni daqiqalarda Panaramas Tashkent Hotel konferensiyalar zalida O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti, Xitoy Fanlar akademiyasining Kunming Botanika instituti, Toshkent Botanik bog‘i, Global biologik xilma-xillik bo‘yicha ma’lumotlar portali (GBIF-Global Biodiversity Information Facility) O‘zbekiston bo‘limi, The IT Electronics Eleventh Design & Research Institute Scientific and Technological Engineering Corporation Limite (EDRI)tashkilotlari hamkorligida dunyoning yetakchi olimlari ishtirokida “Pan-uchinchi qutb mintaqasida o‘simliklar xilma-xilligini saqlash tadqiqotlari chegaralari” ikkinchi xalqaro simpozium (The Second International Symposium on the Frontiers of Plant Diversity Conservation Research in the Pan-Third Pole Region) bo'lib o'tmoqda.
Simpoziumda O‘zbekiston, Xitoy, Germaniya, Janubiy Korea, Rossiya, Eron, Isroil, Polsha, Armaniston davlatlarining taniqli olimlari biologik xilma-xillikni saqlash, kamyob turlarni muhofaza qilish, o‘simliklar klassifikatsiyasi, filogeniyasi,ekologiyasi, genetikasi va global iqlim o‘zgarishi ta’sirlari kabi dolzarb mavzularda taqdimotlar qilishadi hamda o‘zaro fikr almashmoqdalar.

Jarayonlar bilan bo'lishamiz.

Bizni kuzatishda davom eting!


📌 Telegram|Facebook|Instagram|Youtubehttpshttp