O'zR FA | FAN - JAMIYAT TARAQQIYOTINI OLG'A SILJITUVCHI KUCH, VOSITA BO'LMOG'I LOZIM!
3.8K subscribers
13.8K photos
1.25K videos
611 files
7.31K links
O'zR Fanlar akademiyasi

Ishonch telefoni: 712335623

[email protected]

Murojaat: @faqaytaaloqabot

www.academy.uz
facebook.com/academy.uz
instagram.com/fanlar_akademiyasi
youtube.com/@Fanlar-akademiyasi

100047, Toshkent sh., Y.G'ulomov ko'chasi, 70-uy
Download Telegram
#ILM-FAN VA YOSHLAR

O'zbekiston Respublikasi "Fan arbobi", O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi, Astronomiya instituti direktori, Xalqaro astronomiya jamiyati a’zosi Shuhrat Egamberdiyev Shahrisabz davlat pedagogika institutiga tashrif buyurdi va talabalar bilan uchrashdi.
Uchrashuvda akademik “Astronomiya fani bugun va erta, istiqbolli rejalar” mavzusida mavzusida ma’ruza qildi.
Seminar so'ngida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.
#ILM-FAN VA TA’LIM INTEGRATSIYASI

✍🏻 Namangan muhandislik-texnologiya instituti hamda Oʼzbekiston Fanlar akademiyasi Yadro-fizika instituti o’rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi.

"Fizika-2022" xalqaro Forumi doirasida hamkorlik shartnomalari imzolanmoqda. Jumladan, Namangan muhandislik-texnologiya instituti hamda Oʼzbekiston Fanlar akademiyasi Yadro-fizika instituti o’rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi.
Shartnomaga koʼra, ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish, ilmiy-tadqiqot ishlarini birgalikda oʼrganish va yana boshqa bir qancha loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilgan.
#ILM-FAN VA YOSHLAR

O‘zRFA O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti katta ilmiy xodimi, f.f.d. PhD F.Karimova Andijon davlat pedagogika instituti talabalari bilan uchrashdi va “Kelajak ilm fan bilan egallanadi” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Davra suhbatida olima Fanlar akademiyasi, ilmiy tashkilotlari, olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar haqida gapirdi.
Xususan, Institut olimlari tomonidan o’zbek tilini rivojlantirish, chop etilayotgan kitoblar haqida ma’lumot berdi.
Davra suhbati so‘nggida talaba yoshlar o‘zining qiziqtirgan savollariga batafsil javoblar ma’lumotlar olishdi.
#ILM-FAN VA YOSHLAR

O’zR FA Botanika instituti O‘zbekiston florasi laboratoriyasi hamda Jizzax davlat pedagogika universiteti hamkorligida “Kamyob o‘simlik turlarini tadqiq etishning zamonaviy usullari” mavzusidagi ilmiy-o‘quv seminari tashkil etildi. Ushbu seminarda Jizzax davlat pedagogika universitetining Tabiiy fanlar fakulteti professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirok etishdi.
Bugun noyob turga aylangan o’simliklarni o’rganish, tadqiq etish juda muhim ahamiyatga ega.
Seminarda, o‘simlik turlari xaritalarini yaratish yangi bosqichga ko‘tarilganligi, Jizzax viloyatida endem turlarni uchratish mumkin bo‘lgan hududlar, O‘zbekiston Qizil Kitobiga kiritilgan turlarni xalqaro IUCN me’zonlari asosida baholash uchun kerakli ma’lumotlar, o‘simliklar ustida amalga oshirilayotgan molekulyar tadqiqotlarning natijalari ishtirokchilar tomonidan qiziqish bilan tinglandi.
Seminar yakunida ishtirokchilar o’zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javoblar oldilar.
#ILM-FAN VA YOSHLAR

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida taniqli adib Qurbon Muhammadrizo va Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti ilmiy xodimi Umida Kuranbayeva ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.
Shoir va yozuvchi Q.Muhammadrizo o‘zining uch romandan iborat "Abu Rayhon Beruniy" nomli tarixiy trilogiyasi bo‘yicha ma'lumot berdi va uch jildlik kitobni maktab kutubxonasiga esdalik datsxati bilan taqdim etdi. Maktabning "Tashriflar kitobi"ga o‘zlarining tilaklarini yozib qoldirdi. Suhbatda Q.Muhammadrizo o‘z ijodidagi she'riy misralarini aytib berdilar va uchrashuv savol-javoblar bilan ziynatlandi. Umida Kuranbayeva qomusiy olim Abu Rayhon Beruniyning ilmiy merosi haqida o‘quvchilarga ma'lumot berdi. O‘quvchilar Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Masihiy, Ibn Iroq va boshqa olimlarning hayoti va ilmiy meroslari bilan tanishdilar.
Bu kabi uchrashuvlar yosh avlod qalbida ilm-fanga, boy tariximizga bo‘lgan qiziqishni yanada yuksaltirishga xizmat qiladi.
#ILM-FAN VA YOSHLAR

🎓 Akademik bilan uchrashuv

📆 2022-yilning 2-noyabr kuni Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universitetida O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati a’zosi, O‘zbekiston Qahramoni, akademik Shavkat Abdullayevich Ayupovning Matematika fakultetining 1-kurs talabalari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

🏢 Ushbu uchrashuvda mamlakatimizda, xususan O‘zMUda matematika fanining bir necha yo‘nalishi bo‘yicha mashhur olimlar hamda ular rahbarligidagi ilmiy maktablarning faoliyati va ularni respublikamizda yuqori malakali kadrlar tayyorlashdagi o‘rni haqida gapirib berdi.

💻 Prezidentimizning ilm-fan, jumladan, matematika fani rivojiga qaratayotgan e’tibori natijasida Matematika fakulteti tomonidan so‘nggi yillarda ilm-fan sohasi salmoqli natijalarga erishgani, qolaversa, yoshlarimizning ilmiy-tadqiqotlarini qo‘llab-quvvatlash, ularga ko‘mak¬lashishga alohida e’tibor qaratiloyotgani to‘g‘risida batafsil so‘zlab berdi.
#Ilm-fandagi muhim yangilik

Metallurgiya sohasida yangi foydali model

Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Umumiy va noorganik kimyo institutining Metallurgik jarayonlar va texnogen xom ashyo laboratoriyasi tomonidan yaratilgan “Ishlatilgan kadmiy-kalsiy-fosfat katalizatoridan kadmiyni ajratib olish usuli”ga foydali modeliga patent berildi.
Ushbu foydali model metallurgiya sohasiga oid boʻlib, asosan ikkilamchi xom ashyodan kadmiyni ajratib olish usullariga tegishli va tarkibida kadmiy, kalsiy, fosfor va uglerod boʻlgan chiqindilardan toza kadmiyni arzon va oson topiladigan nitrat kislotasidan foydalangan holda samarali ajratib olish - texnik vazifa yechimini taklif etadi.
#ILM-FAN VA YOSHLAR

⚡️ O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi Azimboy Sadullayevning O‘zMU Matematika fakultetining iqtidorli talabalari bilan “Matematik ijod haqida” mavzusida uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

🎓 Uchrashuvda akademik A.Sadullayev talabalarga o‘zining ilmiy izlanishlarni qanday boshlagani, universitetdagi ustozlari haqida, funksiyalar nazariyasi sohasida olib borilayotgan ilmiy-tadqiqotlari, shogridlari va hamkasblarining erishgan yutuqlar to‘g‘risida gapirib berdi.

👨‍🔬👩‍🔬 Prezidentimizning yoshlarga va ularni ilm-fanga, ayniqsa, matematika faniga bo‘lgan e’tibori natijasida fakultetimizda so‘nggi yillarda yosh olimlarning tadqiqotlarini qo‘llab-quvvatlash va ularga ko‘maklashishga alohida e’tibor qaratilayotgani haqida ma’lumot berdi.
#ILM-FAN VA YOSHLAR

“O‘zbekistonda o‘simliklar xilma-xilligini tadqiq etishning zamonaviy bosqichi: raqamli texnologiyalarning o‘rni va foydalanish istiqbollari” mavzusida ilmiy-o‘quv seminar bo’lib o’tdi

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika institutining navbatdagi turkum seminari Samarqand davlat universitetida tashkil qilindi. Unda oliygohning Biologiya fakulteti professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirok etdi. Botanika institutining O‘zbekiston florasi laboratoriyasi mudiri akademik K.Sh.Tojibayev o‘z ma’ruzasi davomida O‘zbekistonda Botanika fanining rivojlanishi uchun ustuvor vazifalarni sanab o‘tdi hamda bakalavriat, magistratura va doktorantura talabalari uchun tadqiqot mavzulari bo‘yicha tavsiyalar berdi.
Ilmiy-seminar davomida O‘zbekistonda Botanika sohasida qo‘llanilayotgan eng zamonaviy tadqiqot usullari va ularning natijalari to‘g’risida ma’lumotlar berildi.
#Ilm-fan targ'iboti yo'lida

Fanlar akademiyasi Umumiy va noorganik kimyo instituti olimlari va ishlab chiqaruvchi korxonalar vakillari bilan o'tgan yillarda amalga oshirilgan tadqiqotlarni amaliyotga joriy etilayotgani, mamlakat rivojida qay darajada muhim ekanligini yoritish maqsadida yangi loyihani ilk qadamini boshlamoqdamiz.


Bizni  ijtimoiy tarmoqlarda  kuzatib boring
👇

📌 Telegram|Facebook|Instagram|Youtube
#Ilm-fan_karvoni

Ilm-fan targ'iboti markazining "Ilm-fan karvoni" loyihasi o'zining ilk safarini Sirdaryo viloyatidan boshladi.

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasida maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni muvofiqlashtirish boʻyicha 2024-yil uchun yo‘l xaritasi ishlab chiqildi va uning 8-bandi "Fanlar akademiyasi tizimida amalga oshirilayotgan ishlar, yangiliklardan keng jamoatchilikni muntazam xabardor qilishda
ommaviy axborot vositalari, internet va ijtimoiy tarmoqlar imkoniyatidan samarali foydalanish" 23-paragrafida "O‘zbekiston Fanlar akademiyasi olimlarining viloyatlar kesimida mahorat darslari, ilmiy seminarlarini tashkil qilish " belgilab qo'yilgan.

Mazkur topshiriqning ijrosini ta'minlash maqsadida "Ilm-fan karvoni"ning ilk safari Sirdaryo viloyatiga uyushtirildi. Seminar Guliston davlat pedagogika institutida bo'lib o'tmoqda.

Ilm-fan karvoni-2024 yil davomida butun respublika bo'ylab safarlar, targ'ibotlar olib boradi.

Ilm-fan targ'iboti yo'lida sobit qadammiz.
#ilm-fan targ'iboti yo'lidamiz!

Bugun tongdan quvondim! Telegram kanalimiz kuzatuvchilari soni 3000 ta bo’ldi! Bu ilm-fan targ’iboti uchun katta maydon deya olmaymiz. Biroq bugun biz bilan bo’lgan har biringizga tashakkur! Fanlar akademiyasi faoliyati, ilm-fan targ’ibotida eng sara ma’lumotlar yetkazishga harakat qilamiz! Rivojlanish yo’lida biz bilan qoling, biz Siz uchun astoydil harakat qilamiz! Kuningiz chiroyli o’tsin!

Bizni  ijtimoiy tarmoqlarda  kuzatib boring
👇

📌 Telegram|Facebook|Instagram|Youtubehttpshttp
Yangi O'zbekiston 167 son.pdf
3.8 MB
#Ilm-fan taraqqiyoti

"Yangi O'zbekistonga munosib nufuzli ilmiy loyiha"- Bahrom Abduhalimov, Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti.

Bizni  ijtimoiy tarmoqlarda  kuzatib boring
👇

📌 Telegram|Facebook|Instagram|Youtubehttpshttp
#Ilm-fan buguni

Bugungi sana munosabati bilan "Народное слово" gazetasining 2-noyabr sonida Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti Shahlo Turdikulovaning "O'zbekiston fani: yutuq va innovatsiyalar orqali kelajakka yo'l" mavzusidagi maqolasi chop etildi. Unda Fanlar akademiyasining kelgusi rejalari, istiqbolli maqsadlari haqida so'z boradi.

Bizni  ijtimoiy tarmoqlarda  kuzatib boring
👇

📌 Telegram|Facebook|Instagram|Youtube
#ILM-FAN VA TA'LIM INTEGRATSIYASI

▶️ Joriy yilning 28 fevral kuni O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzuridagi O’zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi-metodik markazda Praga Korlov Universiteti professori Slovomir Xorak “Chexiyada Markaziy Osiyo tadqiqotlari” mavzusida ma’ruza qildi.
✔️ Ma’ruzada ilmiy xodimlar va tadqiqotchilardan tashqari Markazning fan va ta’lim integratsiyasi doirasidagi hamkorlik memorandumlariga asosan amaliyotga kelgan O’zbekiston milliy universiteti hamda Xalqaro islom akademiyasi magistrantlari ham ishtirok etdilar.


▶️ 28 февраля текущего года в Координационно-методическом центре по вопросам новейшей истории Узбекистана при Академии наук Республики Узбекистан профессор Корловского университета (Прага) Словомир Хорак прочитал лекцию на тему «Центральноазиатские исследования в Чехии».
✔️ Помимо преподавателей и научных сотрудников, на научном семинаре присутствовали, также магистры из Национального университета Узбекистана, международной Исламской академии, проходившие практику в рамках меморандума о сотрудничестве, интеграции науки и образования.


😎Telegram |🌐Websayt
😎Facebook |😎YouTube |😎Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM