Forwarded from Oʻzbekiston tarixi davlat muzeyi
Joriy yilning 26-oktabr kuni O‘zbekiston tarixi davlat muzeyida Xalqaro tashrif buyuruvchilar uchun yetakchilik dasturi ( #IVLP Impact Award Project) doirasida “Arxeologik kolleksiyalarni muhofaza qilish va saqlash” mavzusida seminar tashkil etildi. Ushbu seminar muzey ilmiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Otabek Aripdjanovning IVLP loyihasi doirasida amalga oshirilib, arxeologiya, muzeyshunoslik va san’at asarlarini saqlash va ta’mirlash sohasi mutaxassislari tomonidan ma’ruzalar taqdimoti shaklida bo‘lib o‘tdi.
@tarix_muzeyi
@tarix_muzeyi