O'zR FA | FAN - JAMIYAT TARAQQIYOTINI OLG'A SILJITUVCHI KUCH, VOSITA BO'LMOG'I LOZIM!
3.43K subscribers
13.2K photos
1.22K videos
594 files
6.98K links
O'zR Fanlar akademiyasi

Ishonch telefoni: 712335623

[email protected]

Murojaat: @faqaytaaloqabot

www.academy.uz
facebook.com/academy.uz
instagram.com/fanlar_akademiyasi
youtube.com/@Fanlar-akademiyasi

100047, Toshkent sh., Y.G'ulomov ko'chasi, 70-uy
Download Telegram
#Akademiya yoshlari

Ilm -fan chegara bilmas

Rossiya Fanlar akademiyasining 300-yilligi doirasida Rossiyaning Nijniy Novgorod shahrida MDH davlatlari yosh olimlarining "Наука без границ" xalqaro forumi boʻlib oʻtmoqda. Unda O'zbekiston Fanlar akademiyasining bir guruh yosh olimlari ishtirok etmoqda. Jumladan, Xorazm Maʼmun akademiyasi Tabiiy fanlar boʻlimi stajyor-tadqiqotchisi F.Nurjonov oʻz maʼruzasi bilan qatnashdi.
#Akademiya yoshlari

"Yosh turkologlar" yozgi maktabi-izlanish, do'stilik, yangi bilimlar sari qadam

Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti Arxeologiya bo‘limi stajyor-tadqiqotchisi A.G.Mamedov Xalqaro Turkiy akademiya (TWESCO), Turkiya Fanlar Akademiyasi (TÜBA) va Qirg‘iz-Turk Manas universiteti hamkorligida 2023 yil 18-26 iyun kunlari aynan Manas universitetida "Yosh turkologlar" yozgi maktabida ishtirok etmoqda.
#Akademiya yoshlari


O‘zbekiston Respublikasi Fanlar аkademiyasi San’atshunoslik instituning 3- bosqich tayanch doktoranti Raupova Aziza Usmon qiziga Prezident stipendiyasi guvohnomasini topshirish jarayoni.
Stipendiya sovrindorining keyingi ishlariga rivoj tilaymiz! Ilm-fanda yuksak cho'qqilarni zabt etish nasib etsin!
#Akademiya yoshlari Qozog'iston Respublikasi Milliy San'at Akademiyasi rektori taklifi bilan Fanlar akademiyasi Alisher Navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyi doktoranti, iste'dodli yozuvchi Javlon Jovliyev 20-sentyabr kuni Astana shahriga yo'l olmoqda.U yerda qator adabiy uchrashuvlar, Xalqaro anjuman va talablar bilan Master-klasslarda ishtirok etishi beligilangan!

Qozoq xalqining katta ijodkori, davlat Qahramoni Akim Taraziyning 90 yoshlik to'yi keng nishonlanmoqda.

Tafsilotlarini yoritib boramiz.

Javlon Jovliyevga omad yor bōlsin!
#Akademiya yoshlari

18-30 sentabr kunlari “Turk dunyosi yosh tarixchilarining yozgi oʼqishlari”ni oʼtkazish uchun Fanlar akademiyasi Tarix instituti15 nafar yosh olimlari Turkiya Respublikasiga jo'nab ketishdi. Oʼtgan yilning15-25 iyun kunlari Tarix institutining tashabbusi bilan Turk hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligining (TIKА) Oʼzbekistondagi vakolatxonasi, Najmiddin Erbaqon universiteti hamda IRSIKА tashkiloti bilan hamkorlikda oʼtkazilgan “Turk dunyosi yosh tarixchilarining yozgi oʼqishlari”ning birinchisi muvaffaqiyatli oʼtgan edi. Bu yil ham Turk hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligining (TIKА) Oʼzbekistondagi vakolatxonasi, Pamukqalʼa universiteti, Bursa Ulugʼtogʼ universiteti hamda Istanbul universitetida 12 kun davomida ilmiy seminarlar, maʼruza va mashgʼulotlar boʼlib oʼtishi belgilangan.


Yozgi o’qishlarda ishtirok etayotgan yoshlarimizga omad tilaymiz!

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇

📌 Telegram|Facebook|Instagram|Youtube
#Akademiya yoshlari

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi V. I. Romanovskiy nomidagi Matematika instituti direktori o‘rinbosari Abror Xudoyberdiyev Kyoto shahrida o‘tkazilayotgan  Science and Technology in Society forum (STS forum, Kyoto, October 1 - 3)anjuamnida ishtirok etmoqda.

Bundan tashqari A.X.Xudoyberdiyev 30-sentyabr kuni bo‘lib o‘tgan Yetakchi yosh olimlar dasturi (Young Leader's Program) da qatnashib,  unda ko‘plab Nobel mukofoti sovrindorlari bilan dunyoning 42 ta davlatidan tashrif buyurgan 110 ta yetakchi yosh olimlar o‘rtasida o‘tkazilgan davra suhbatlarida qatnashdi.

Anjuman haqida batafsil👉Annual Meeting 2023|NPO STS forum
https://www.stsforum.org/kyoto2023/
#Akademiya yoshlari

Oʻzbekistonlik yosh olim nufuzli xalqaro mukofotga sazovor boʻldi

OʻzR FA Genomika va bioinformatika markazi katta ilmiy xodimi, PhD. Mirzakamol Ayubov Xalqaro paxta tadqiqotchilari assotsiatsiyasi (ICRA – International Cotton Advisory Committee) ning “ICRA-ASIA Young Scientist Innovation Medal-2023” mukofotiga sazovor boʻldi.

Mazkur medal uchun nomzodlar nufuzli hakamlar hayʼati tomonidan Osiyo mintaqasida paxtachilik sohasida faoliyat olib borayotgan yetakchi yosh olimlar orasidan saralanadi. Mukofot paxta tadqiqotlari bilan shugʻullanayotgan yosh olimlarni qadrlash, eʼtirof etish va ragʻbatlantirish maqsadida taʼsis etilgan.

Joriy yilgi mukofotga ikki nafar olim – Oʻzbekistondan Mirzakamol Ayubov hamda Pokistonlik tadqiqotchi, Faysalobod Qishloq xoʻjaligi universiteti dotsenti Tahsin Azhar loyiq deb topildi.

Xalqaro e'tirof muborak bo'lsin!

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇

📌 Telegram|Facebook|Instagram|Youtube
#Akademiya yoshlari

Kecha bo'lib o'tgan "Yangi O'zbekiston fani va ta'limni rivojlantirishda yoshlarning o'rni" mavzusidagi yoshlar anjumaning yosh olimlarni taqdirlash marosimidan lavhalar.
#Akademiya yoshlari

O'zRFA Umumiy va noorganik kimyo instituti doktoranti PhD Yusupov Suhrob Qahramon o'g'li 2023 yil 10-11 oktyabr kunlari Turkmaniston Respublikasida Turkmaniston Fanlar Akademiyasi, Turkmaniston Ta’lim vazirligi va Turkmaniston Yoshlar tashkiloti markaziy kengashi tomonidan o'tkazilgan “Yuqori texnologiyalar va innovatsion loyihalar” xalqaro tanlovida o'z loyihasi bilan ishtirok etib, faxrli 1 o'rinni egalladi. G'alaba muborak bo'lsin!

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇

📌 Telegram|Facebook|Instagram|Youtube
#Akademiya yoshlari

Xitoyda ilmiy ish yoqlagan o'zbek yoshlari

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti ilmiy xodimlari Dilmurod Makhmudjanov va Inomjon Juramurodov Xitoy Fanlar akademiyasi Kunming botanika institutida tayanch doktorantura (PhD) bosqichini muvaffaqqiyatli yakunlab dissertatsiyalarini himoya qilishdi. Kunming botanika instituti O’zR FA Botanika institutining uzoq yillik ilmiy hamkorlaridan hisoblanadi. Quyida ilmiy xodimlarning mavzulari bilan tanishishingiz mumkin.
Dilmurod Makhmudjanov. Ilmiy tadqiqot ishi mavzusi: Molecular phylogeny and biogeography of the genus Eremurus. Instructors: Profs. Sun Hang, Deng Tao
Inomjon Juramurodov. Ilmiy tadqiqot ishi mavzusi: Study on the molecular phylogeny and biogeography of the genus Hedysarum (Fabaceae) in Central Asia
Instructor: Profs. Sun Hang, Deng Tao


Bizni  ijtimoiy tarmoqlarda  kuzatib boring👇

📌 Telegram|Facebook|Instagram|Youtube
#Akademiya yoshlari

Yoshlar ishlari agentligi Qoraqalpog'iston Respublikasi bo'limi Qoraqalpog’iston Respublikasi yoshlari uchun yil tanlovi “Xoshamet-2023” taqdirlash marosimini tashkil etdi. Unda Fanlar akademiyasi Qoraqalpog’iston bo’limi Tabiiy fanlar ilmiy-tadqiqot instituti doktaranti Sevara Rusatamova ham qatnashdi va u o’zining ilmiy izlanishlari, fandagi yutuqlari sabab “Yil inavatori” nominatsiyasi g’olibi bo'ldi.E’tirof muborak! Ilm yo’lida yuksalishlar tilaymiz!


Bizni  ijtimoiy tarmoqlarda  kuzatib boring👇

📌 Telegram|Facebook|Instagram|Youtube
#Akademiya ayollari

Fanlar akademiyasining fidoyi olimalar haqida ma'ruza tinglanmoqda.
#Akademiya yoshlari

Xorazm Maʼmun akademiyasi tayanch doktoranti Аbdikarimov Faxriddin Bahrom o'g'li tayanch doktorantlar uchun ta'sis etilgan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyasi tanlovining "Tabiiy va aniq fanlar" yo'nalishi boʼyicha g'olibi deb topildi.
Fanlar akademiyasi nomidan umidli yosh olimni mubarakbod etamiz! Ilm cho'qillarini zabt etavering!

Bizni  ijtimoiy tarmoqlarda  kuzatib boring
👇

📌 Telegram|Facebook|Instagram|Youtube
#Akademiya yoshlari

O'zR FA Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti doktoranti Prezident stipendiyasi sovrindori bo'ldi

O'zR FA Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti tayanch doktoranti Qo'ziyeva Mahliyo Muhammadiyevna “O'zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyasi” ni qo'lga kiritdi.
Oliy taʼlim va ilmiy tadqiqot muassalarining yosh olimlari qatorida tabiiy fanlar yo'nalishida mazkur stipendiyaga loyiq deb topilgan Mahliyo Qo'ziyevani hayotidagi yana bir g'alaba bilan Fanlar akademiyasi jamoasi nomidan samimiy tabriklaymiz va uning kelgusi faoliyatiga omad va yangi ilmiy yutuqlar tilaymiz!

Bizni  ijtimoiy tarmoqlarda  kuzatib boring
👇

📌 Telegram|Facebook|Instagram|Youtube
#Akademiya yoshlari

Fanlara akademiyasining umidli yosh olimlaridan biri Javlon Jovliyevning "Qo'rqma" romani asosida hujjatli film ishlandi!

Premyerasini tez orada “Mutolaa” loyihasining YouTube sahifasi orqali tomosha qilishingiz mumkin.

https://www.youtube.com/@Mutolaaxona
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Akademiya yoshlari

O'zbekiston telekanalining “Xulosa oʻzingizdan” teleloyihasining “Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlikni taʼminlashda Yangi O'zbekiston tashabbuslari” ga bag'ishlangan sonida O'zFA Davlat va huquq instituti bo'lim boshlig'i, yuridik fanlar bo'yicha falsafa doktori Akbarshoh Teshaboyev ekspert sifatida ishtirok etdi.

Bizni  ijtimoiy tarmoqlarda  kuzatib boring
👇

📌 Telegram|Facebook|Instagram|Youtube
#Akademiya yoshlari

YOSH OLIMLAR RESPUBLIKA ILMIY ANJUMANI

        Fanlar akademikyasi San’atshunoslik institutida “Zamonaviy san’at muammolari va istiqboli masalalari — yosh olimlar nigohida” mavzusidagi respublika ilmiy-nazariy konferensiyasi bo'lib o'tdi.
        Anjumanning yalpi majlisida zamonaviy o'zbek san’atining barcha yo]nalishlari – tasviriy va amaliy san’at, me’morchilik, teatr, kino, musiqa san’atida kechayotgan jarayonlar, izlanish va muammolar yosh san’atshunoslar tomonidan tahlil qilindi. E’tiborlisi, anjumanda o'zbekistonlik yoshlar bilan birga Garvard (AQSH), Kioto (Yaponiya) universiteti tadqiqotchilari ham ma’ruza bilan ishtirok etishdi. Konferensiya bahs-munozaralarga boy tarzda o'tdi.
        Anjuman yakunida bildirilgan barcha taklif-mulohazalar umumlashtirilib, O'zbekistonda zamonaviy san’at istiqbolini belgilovchi, amaliy ahamiyatga molik rejalar ishlab chiqildi.

Bizni  ijtimoiy tarmoqlarda  kuzatib boring
👇

📌 Telegram|Facebook|Instagram|Youtubehttps
#Akademiya yoshlari


30-iyun Oʻzbekiston Respublikasida Yoshlar kuni etib eʼlon qilingan boʻlib, joriy yil 13-iyun kuni Navoiy shahri koʻli atrofida viloyat miqyosidagi bayram tadbirlari oʻtkazildi. Dastur doirasida yoshlarning ilmiy va texnologik ishlanmalari koʻrgazmasi ham tashkil etildi va bunda Fanlar akademiyasi Navoiy boʻlimi yosh olimlari va doktorantlari oʻz tadqiqot natijalari bilan tadbirga kelgan ishtirokchilarni tanishtirdilar.

Bizni  ijtimoiy tarmoqlarda  kuzatib boring
👇

📌 Telegram|Facebook|Instagram|Youtubehttpshttps
#Akademiya yoshlari

Kelajak bunyodkorlari orasidagi yosh olimlarimizga e'tirof muborak!

Fanlar akademiyasi Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti ilmiy xodimi Turdiqulov Islom Hayitboy o'g'li “Kelajak Bunyodkori” medali bilan taqdirlandi. Ushbu yuksak mukofot uning yutuqlari va ilm-fanga qo'shgan hissasi uchun topshirildi.
Turdiqulov Islomni munosib mukofot bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz va uning ustozi, professor Abdumutalib Ataxanovga yosh xodimlarimizning malakasini oshirishga qoʻshyotgan beqiyos hissasi uchun chuqur minnatdorlik bildiramiz. Sizlarga yangi muvaffaqiyatlar, yutuqlar va doimiy ilmiy va kasbiy o'sishlarni tilaymiz! E'tirof muborak bo'lsin!


Bizni  ijtimoiy tarmoqlarda  kuzatib boring
👇

📌 Telegram|Facebook|Instagram|Youtubehttpshttps