O'zR FA | FAN - JAMIYAT TARAQQIYOTINI OLG'A SILJITUVCHI KUCH, VOSITA BO'LMOG'I LOZIM!
4.47K subscribers
15.4K photos
1.4K videos
654 files
8.05K links
O'zR Fanlar akademiyasi

Ishonch telefoni: 712335623

[email protected]

Murojaat: @faqaytaaloqabot

www.academy.uz
facebook.com/academy.uz
instagram.com/fanlar_akademiyasi
youtube.com/@Fanlar-akademiyasi

100047, Toshkent sh., Y.G'ulomov ko'chasi, 70-uy
Download Telegram
#TA'ZIYA

Adabiyotshunos olim, professor Ibrohim Haqqulov vafot etdi


O'zbek ilm-fani, filologiya sohasi uchun katta yo'qotish.
Adabiyotshunos olim, filologiya fanlari doktori, professor Ibrohim Haqqulov 74 yoshida vafot etdi.
Marhumning oila a'zolari va yaqinlariga O'zbekiston Fanlar akademiyasi nomidan chuqur hamdardlik bildiramiz!
#TA'ZIYA

Professor Sharipov Hasan Turapovich vafot etdi

O'zR FA Umumiy va noorganik kimyo instituti direktori, kimyo fanlari doktori, professor Sharipov Hasan Turapovich vafot etdi.
O'zbekiston Fanlar akademiyasi jamoasi marhumning oila a'zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi.
#Ta’ziya



Musiqashunos olim, fidoyi ustoz Oqilxon Ibrohimov vafot etdi
O’zbek musiqa san’ati og’ir judolikka uchradi. O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi San'atshunoslik instituti "Musiqa san'ati" bo'limi katta ilmiy xodimi, O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi a'zosi, O'zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi, san'atshunoslik fanlari doktori, maqomshunos olim OQILXON AKBAROVICH IBROHIMOV 67 yoshida bevaqt olamdan o‘tdi.
O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi nomidan marhumning oila a'zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiramiz.
#Ta’ziya

O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti direktorining moliya ishlari bo’yicha o'rinbosari, tarix fanlari nomzodi Elmuradov Isroil Karimovichning bevaqt vafoti munosabati bilan O’zbekiston Fanlar akademiyasi nomidan marhumning oila a'zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiramiz. Ulardan ezgu ishlar, el-yurtga xizmat qiladigan yaxshi farzandlar, shogirdlar qoldi. Barcha yaqinlariga sabr tilaymiz!
#TA'ZIYA
O’zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi Habibulla Akbarov vafot etdi

Taniqli geolog olim, O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi Akbarov Habibulla Asatovich 2023-yilning 8-aprel kuni 87 yoshida vafot etdi.
Ularning ilm-fanga qo’shgan hissasi, ezgu ishlari shogirdlari, zamondoshlari qalbida mangu yashaydi. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi nomidan marhumning oila aʼzolari va yaqinlariga chuqur hamdarlik bildiramiz.
#TA'ZIYA

O’zbek ilm-fani og'ir judolikka uchradi.

Fanlar akademiyasi akademigi, taniqli adabiyotshunos olim Naim Karimov Fatixovich 2023-yilning 17-sentabr kuni 91 yoshida vafot etdi.

Ularning o’zbek adabiyoti, tilshunosligi, ilm-fanga qo’shgan hissasi, ezgu ishlari shogirdlari, zamondoshlari qalbida mangu yashaydi. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi nomidan marhumning oila aʼzolari va barcha yaqinlariga chuqur hamdarlik bildiramiz.
#TA'ZIYA

O’zbek ilm-fani og'ir judolikka uchradi.

Fanlar akademiyasi akademigi, taniqli fizik olim To‘rayev Nazar Yo‘ldoshevich 2023-yilning 3-oktabr kuni 85 yoshida vafot etdi.
Ularning O‘zbekiston fizikasi rivojiga qo’shgan hissasi, ezgu ishlari shogirdlari, yaqinlari qalbida mangu yashaydi. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi nomidan marhumning oila aʼzolari va barcha yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiramiz.
#TA'ZIYA

O'zbek San’atshunosligi katta yo’qotishga uchradi.

Bugun yana bir fidoyi ilm sohibasi, sanʼatshunoslik fanlari doktori, umrining 49 yilini Fanlar akademiyasi San’atshunoslik institutiga bag‘ishlagan Valentina Vitaliyevna Lunyeva (02.01.1952 - 23.11.2023) bevaqt vafot etdi.

Valentina Vitaliyevna Oʻzbekiston zargarlik sanʼatining qadimgi davrdagi yetakchi mutaxassislaridan biri (Shimoliy Baqtriya, Toxariston) edi. 1974-yildan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi San’atshunoslik institutida ishlab, san’atshunoslik bo‘limida laborantlikdan yetakchi ilmiy xodim darajasiga ko‘tarildi.
Fidoyi olimaning oila a'zolari va yaqinlariga Fanlar akademiyasi nomidan chuqur hamdardlik bildiramiz.
#Ta’ziya

O’zbek kino san’ati og’ir judolikka uchradi. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi, sanʼatshunoslik fanlari doktori, professor Jo’ra Teshaboyev kecha 3-dekabr sanasida vafot etdi.

Joʻra Teshaboyev Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi(1989), sanʼatshunoslik fanlari doktori, professor (1991). Kiyev universitetini tugatgan (1956). 1956—1958 yillar Andijon maorif boʻlimida ishladi, 1958— 60 yillar "Oʻzbekfilm"da muharrir, 1960-yildan Sanʼatshunoslik institutida avval aspirant, ilmiy xodim, 1987-yildan kino va televideniye boʻlimining boshligʻi, 1968-yildan Sanʼat institutida dars berdi. Asosiy ilmiy ishlari kino sanʼati nazariyasi va tarixiga oid masalalar, shuningdek, oʻzbek ekran sanʼati arboblari ijodiga bagʻishlangan.

O’zbekiston Fanlar akademiyasi nomidan umrini kino san’ati rivojiga bag’ishlagan fidoyi olim Jo’ra Teshaboyevning yaqinlari, oila a’zolari va shogirdlariga chuqur hamdardligimizni bildiramiz.
#Ta'ziya

O’zbekiston Fanlar akademiyasi jamoasi O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Immunologiya va inson genomikasi instituti direktori, akademik Aripova Tamara O’ktamovnaga ukasi Aripov Sharaf O’ktamovich vafoti munosabati bilan chuqur hamdardlik bildiradi.

Janoza bugun 29-mart kuni 16:00da o’qiladi.

Manzil👇
#TA'ZIYA

Arxeologiya sohasining yetuk mutaxassisi, tarix fanlari nomzodi Alimov O‘tkir Odilovich 2024-yil 5-aprel kuni 86 yoshida vafot etdi.


O‘tkir Alimov O‘zR FA Arxeologiya instituti laboranti (1957-1959), kichik ilmiy xodimi (1964-1968), katta ilmiy xodimi (1977-1985), O‘zbek Milliy entsiklopediyasi bosh muharririyati katta ilmiy xodimi (1985-1987),  O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi katta ilmiy  xodimi (1992-1994), bo‘lim mudiri (1994-1996), Temuriylar tarixi davlat muzeyi  direktori o‘rinbosari (1996-2007) lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Olimning Sohibqiron Amir Temur davrida barpo etilgan Shohruхiya qal'asi xarobalarida olib borgan arxeologik tadqiqotlari natijasida topilgan noyob ashyolar bugungi kunda Temuriylar tarixi davlat muzeyi fondi va ekspozitsiyasining qimmatli eksponatlari qatoridan joy olib kelmoqda. 

Fanlar akademiyasi jamoasi nomidan olimning oila a'zolari, barcha yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiramiz.
#Ta'ziya

O'zbek ilm-fani og'ir judolikka uchradi. Fanlar akademiyasining RT-70 Radioastronomiya rasadxonasi direktori Shanin Gennadiy Ivanovich 2024-yil 20-mayida 83 yoshida vafot etdi.

O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidiumi Fanlar akademiyasining RT-70 Radioastronomiya rasadxonasi direktori Shanin Gennadiy Ivanovichning vafot etganligini munosabati bilan uning oila aʼzolari, do'stlari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi.
Shanin Gennadiy Ivanovich 1941-yil 15-fevralida Toshkent shahrida tugʻilgan. Toshkent davlat universitetining fizika mutaxassisligi bo'yicha 1969-yilda bitirgan. Fizika-matematika fanlari nomzodi.
U qariyb 40 yil davomida “O'zbekkoinot” ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi Koinot tadqiqotlari instituti konstruktori, yetakchi muhandisi, O'zbekistondagi Suffa yassi tog'ida barpo etilgan RT-70 Radioastronomiya rasadxonasi direktorining ilmiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosari va umrining oxirigacha direktori lavozimlarida samarali faoliyat ko'rsatdi.
Fidoyi olim, kamtarin inson Gennadiy Ivanovichning xotirasi qalblarimizda hamisha saqlanib qoladi.
#TA'ZIYA

O’zbek ilm-fani og‘ir judolikka uchradi.

O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti, yuqori energiyalar fizikasi sohasida xalqaro miqyosda taniqli va eʼtirof etilgan olim, fizika-matematika fanlari doktori, professor, akademik Behzod Sadikovich Yuldashev 2024-yilning 28-avgust kuni 79 yoshida vafot etdi.

O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi nomidan marhumning oila aʼzolari va barcha yaqinlariga chuqur hamdarlik bildiramiz. Sizni unutmaymiz Behzod Sadikovich!
#TA'ZIYA

O‘zbek ilm-fani og‘ir judolikka uchradi

O‘zbekiston Fanlar akademiyasi prezidenti, akademik Behzod Sodiqovich Yo‘ldoshev 2024-yilning 28-avgust kuni 79 yoshida vafot etdi.

Olim bir qancha xalqaro akademiyalar va xalqaro jamiyatlar aʼzosi, xorijiy universitetlar faxriy doktori. ESO xalqaro mukofoti laureati, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi va “El-yurt hurmati“ ordeni bilan taqdirlangan.

Akademik B. Yo‘ldoshevning tashabbusi bilan institutda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Immunologiya va inson genomikasi instituti Buxoro filiali tashkil etilgan edi. Ochilish marosimida ustoz shaxsan ishtirok etib, institutning ertanggi kuniga omad va zafarlar tilab, bu yerda yaratilgan sharoitlarga yuqori baho bergan edi.
Akademik Behzod Yo‘ldoshev institut tomonidan "Abu Ali ibn Sino nomli" ko'krak nishon bilan ham taqdirlangan.


Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti jamoasi Behzod Yo‘ldoshevning bevaqt vafoti munosabati bilan uning yaqinlari va hamkasblariga chuqur hamdardlik bildiradi.
Ta'ziyanoma TUBA.docx
264.4 KB
#Ta'ziyanoma

Safda boʻlganing  - yaxshi.
Qalbda  boʻlganing  - undanda yaxshi deyishadi. Fanlar akademiyasi prezidenti Behzod Sodiqovich Yuldashev vafoti munosabati bilan yo'llanayotgan ta'ziyanomalarning keti uzilmayapti. Inson rahbar bo'lishi, olim bo'lishdek ulug'vor nomlarga ega bo'lish bilan birga qalblardan joy olgan ODAM nomini olish eng muhimi ekanligini anglamoqdamiz. Behzod Sodiqovich bizga oddiy suhbatlarda ham saboq berar edilar, ularning vafotlaridan keyingi ko'p voqealar yana bizga saboq bermoqda. Yaxshi insonlarning ezgu amallari mangu barhayot deyishlari shu bo'lsa kerak...!
#TA'ZIYA

O’zbek ilm-fani og'ir judolikka uchradi.

Fanlar
akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti "Fan va madaniyat tarixi" bo'limi boshlig'i, taniqli sharqshunos olim Ashraf Ahmedov 2024-yilning 1-noyabr kuni 85 yoshida vafot etdi.
Ularning O‘zbekiston ilm-fan rivojiga qo’shgan hissasi, ezgu ishlari shogirdlari, yaqinlari qalbida mangu yashaydi. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi jamoasi nomidan marhumning oila aʼzolari va barcha yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiramiz.


Janoza Dorul islom masjidida juma namozidan so'ng o'qiladi.