#Xalqaro_ishchi_kengash
Madaniy meros obyektlarini oʻrganishda yadro fizikasi usullarini qoʻllash” -Uchinchi Xalqaro ishchi kengashi o’z ishini boshladi
Bugun Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi institutida “Madaniy meros obyektlarini oʻrganishda yadro fizikasi usullarini qoʻllash” mavzusida Uchinchi Xalqaro ishchi kengashi faoliyati boshlandi. Kengash Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi instituti hamda Dubna shahridagi Yadro tadqiqotlari birlashgan institutining neytron fizikasi laboratoriyasi hamkorligida tashkil etilgan. Kengash Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining 80 yilligiga bagʻishlab o’tkazilmoqda. O‘zbekiston olimlari va mutaxassislarining yadro fizikasi, yadro texnologiyalari sohasidagi ilmiy ishlari va ularning yuqori saviyasi xorijdagi hamkasblarida katta qiziqish uygʻotayotganligi ularning tashkil etilayotgan kengashda keng ishtirok erish istagidan bildirishlarida namoyon bo'lmoqda. Kengashda Rossiya, Qozogʻiston, Vyetnamdan 47 nafar olim, shu jumladan Toshkent va Samarqand ilmiy-tadqiqot institutlari va universitetlaridan 19 nafar olim ishtirok etmoqda.
Ushbu Kengashni o’tkazishdan asosiy maqsad yosh mutaxassislar va magistrantlarning yadro fizikasi faniga boʻlgan qiziqishini oshirish bo'lib, yadro fizikasi sohasidagi yangiliklarni o'zaro almashishlari uchun turli ilmiy markazlarning yetakchi olimlari yadro fizikasi, arxeologiya, sinxrotron va neytron tadqiqotlari, madaniy meros obyektlarini buzmasdan tadqiq qilish boʻyicha maʼruzalarr oʻqishlari uchun taklif etilgan.
Kengash yalpi majlislarda jami 10 ta maʼruza, shoʻba majlislarida 20 ta maʼruza eshitiladi.
Kengashda turli mamlakatlar olimlari va mutaxassislari oʻrtasidagi hamkorlik masalalari ham muhokama qilinadi.
Xalqaro ishchi Kengash ishi ertaga ham davom etadi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
📌 Telegram|Facebook|Instagram|Youtube

September 12, 2023