AIFU Mushoira klubi
814 subscribers
57 photos
41 videos
1 file
47 links
Download Telegram
Audio
🎙Bugungi Tohir Malikning Yangi xarita hikoyasinii Filologiya: rus tili yo'nalishi talabasi Bibiamina Karimova o‘qigan.

O'z audiolarini yubormoqchi bo'lgan talabalar ushbu manzilga murojaat qilishlari mumkin: Surayyo Tasheva

@AIFU_Mushoira
Ҳурмат қилиш тарбиядир, зорлик эмас,
Узр сўраш ахлоқ эрур, хорлик эмас.


@AIFU_Mushoira
Kulgu bekati

Bir kishi tishi ogʻrib tish doktori oldiga boribdi. Doktor ogʻrigan tishini olmoqchi boʻlibdi. Shunda doktor adashib ogʻrimagan tishni olib qoʻyibdi.
Bemor: - "Endi nima boʻladi, ogʻrimagan tishni olib qoʻydingiz?" - desa, doktor - "Xavotir olmang, ogʻrigan tishingiz sherigining ahvolini koʻrib, qayta ogʻrimay qoʻyadi" - debdi bezrayib.

@AIFU_Mushoira
Энг қиммат маслаҳат!

Машҳур голланд шифокори ва ботаниги, Лондон қироллик жамияти аъзоси ва Париж фанлар академияси хорижий аъзоси Герман Бургаве (1668-1738) томонидан ёзилган "Тиббиёт санъатининг ягона ва теран сирлари" номли китоби муаллиф ўлимидан сўнг 1738 йили 10000 долларга тенг баҳода аукционда сотилган. Бежирим безал­ган ва ғилофланган китоб очилганда унинг барча саҳифалари бўш бўлиб, фақатгина илк саҳифасида шундай ёзилган эди: Бошингни совуқда қолдирсанг ҳам, оёғингни иссиқ тут. Шунда сен энг зўр шифокорларни ҳам камбағал қиласан."

®internet

@AIFU_Mushoira
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Чўкаётган бола қопқони"

ХХ асрдан бошлаб тимсоҳлар ушбу ҳийлани ишлатиши оқибатида, юзлаб инсонлар бу қопқонга тушиб ҳалок бўлган экан...

®internet

PS. Тавба, қаерларда кимлардан ўрганган экан бу 🐊лар?!.

@AIFU_Mushoira
АГАР СЕВСАНГ

Сен шундай севгинки, сен севган инсон,
Бахтидан доимо қалби шод бўлсин.

Кўзларида акс этсин, севги қувончи,
Юзларида барқ урсин, бахт нишонаси.

Севгининг тафтидан икки қўш юрак,
Доимо уриб турсин, бериб хуш дарак.

Муаллиф: С. Ташева

@AIFU_Mushoira
Yurakka ko‘milar asl shoirlar...

O‘zbek xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 70 yilligiga bag'ishlab, fotoko‘rgazma tashkillashtirilmoqda. Sizlarni ushbu fotoko'rgazmaga taklif etamiz!

2025-yil 4-fevral kuni soat 15:00 da bo'lib o'tadi.

https://t.iss.one/AIFU_Mushoira
Ona, borgunimcha siz qolmang qarib...

🎙Bugungi she‘r audiosini Filologiya: o'zbek tili yo'nalishi talabasi Oygul Komilova o‘qigan.

O'z audiolarini yubormoqchi bo'lgan talabalar ushbu manzilga murojaat qilishlari mumkin: Surayyo Tasheva

@AIFU_Mushoira
UMR

Umr o‘tib borar misoli ertak,
Ertaning ketidan kelib qolar shom.
Faqat g‘aflat ichra yotmagin, yurak,
Qaytib kelmas sira bu yoshlik ayyom.

Payt kelar, va’daning qimmati qolmas,
Muhlat  bermas u dam to‘lgan paymona.
O‘tgan bir oningni qaytara olmas
Na ko‘zyosh, na afsus va na bahona...

Abdulla ORIPOV

@AIFU_Mushoira
Audio
Bugungi Abdulla Qahhorning "Ming bir jon" hikoyasinii Filologiya: rus tili yo'nalishi talabasi Bibiamina Karimova o‘qigan.

O'z audiolarini yubormoqchi bo'lgan talabalar ushbu manzilga murojaat qilishlari mumkin: Surayyo Tasheva

@AIFU_Mushoira
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#qiziqarli

🚂 Deyarli 200 yil (1829-2025) ichida yo‘lovchi tashuvchi poyezdlarning taraqqiy etishi tasvirlangan video.

®internet
@AIFU_Mushoira
Audio
Bugungi O' Genri "So'nggi yaproq" hikoyasinii Filologiya: rus tili yo'nalishi talabasi Bibiamina Karimova o‘qigan.

O'z audiolarini yubormoqchi bo'lgan talabalar ushbu manzilga murojaat qilishlari mumkin: Surayyo Tasheva

@AIFU_Mushoira
​​O’ZBEKISTON BAYROG‘I

Har qanday lashkarning ham
O’z tug‘i, yalovi bor,
Sen qaysi saltanatdan,
Sen qaysi davlatdan kam.
Qo‘rg‘onlar qatorida
Bir qo‘rg‘onsan ustuvor,
Vallamat, tug‘dor yurtim,
Muhtasham Respublikam.

O’ylayman, ha, olamda
Nisbiy erur ko‘p holat,
Zamona g‘alviridan
Har narsa o‘taverar.
Tarix uchun va lekin
Kim ham bergay kafolat,
Yakka inson bir yo‘lchi:
Kelaru ketaberar.

Qadim-qadim zamonda
Yunonlik haykaltarosh,
Bir san’at yaratibdi,
Maqsadi - bir burda non.
Haykal esa asrlar
Sinoviga bermish dosh,
Bugun uni ko‘klarga
Ko‘tarar butkul jahon.

Ko‘zni kattaroq ochib
Boqsang bu muammoga,
Alam qilgulik qadar
Kam yashar inson zoti,
Faqatgina xalq sohib
Bardavom bu dunyoga,
Asragay har kas nomin
Faqat xalqning hayoti.

Sanasang hodisot mo‘l
O’zbekning tarixida,
Har biriga bir noma
Yoki doston bitgulik.
Ne zotlar oqmagan bu
Asrlar arig‘ida,
Har biri bitta xalqning
G‘ururiga yetgulik.

Barchaga ayon erur
Men aytgan ushbu gaplar,
To hanuz asablarni
Ezg‘ilar bu shum o‘tmish.
Moziyga o‘qtin-o‘qtin
Sochsak hamki g‘azablar,
Lekin ayting, o‘zbekning
Qo‘lidan kim ham tutmish?

Bir kuni yovqur shoir
Ya’ni Turdi Farg‘oniy,
Bo‘ltak bo‘lgan bu xalqqa
Birlash deb qildi xitob.
Bejavob qolaberdi
Uning dardli so‘rog‘i,
O’sha-o‘sha zamin kar,
O’sha-o‘sha gung oftob.

Bugun zimdan nazar sol
Sen mana bu bayroqqa,
Mayliga bir daqiqa
Unutgin turfa kekni.
Shu bayroq nomimizni
Eltdi yiroq-yiroqqa,
Shu bayroq birlashtirdi
Parokanda o‘zbekni.
1984

Abdulla Oripov

@AIFU_Mushoira
— Ona yurtning yomoni bo‘lmaydi, do‘stim. Ona yurtini yomonlagan xor bo‘ladi, odamning pachog‘i yurtiga til tegizadi.
— Lekin shunaqa odam ham bo‘lar ekan! — dedi Bogun, keyin bir tarixni hikoya qilib berdi.
— Unaqalar "Yurtimga nima nafim tegdi" deyish o‘rniga "Yurtim menga nima qilib berdi" deb qarashadi. Ular uchun dunyoda hech narsa muqaddas emas, qorin tashvishidan boshqa ilinjlari yo‘q.
— Hayvon degin.
— Farqi — gapirishida, — qat'iy dedi Sodiq.

"Oltin zanglamas" asaridan


"O‘zbekiston tengdur O‘zbekistonga" deyayotgan "vatanparvar"larga ataldi!

@AIFU_Mushoira
Kumush Razzoqova - Yomg'ir ___ Кумуш Раззоқова - Ёмғир
<unknown>
💦💦💦

Qiynaladi oftobni kutib,
yomg’irlardan charchagan shahar…


Usmon Azim
🎤Kumush Razzoqova


https://t.iss.one/AIFU_Mushoira
Xudbinman...

🎙Bugungi she‘r audiosini Filologiya: o'zbek tili yo'nalishi talabasi Oygul Komilova o‘qigan.

O'z audiolarini yubormoqchi bo'lgan talabalar ushbu manzilga murojaat qilishlari mumkin: Surayyo Tasheva

@AIFU_Mushoira
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон аскарларнинг Ғалабага қўшган ҳиссаси ҳақидаги архивлар махфийликдан чиқарилди

@AIFU_Mushoira