zokirov.dev
1.29K subscribers
164 photos
63 videos
3 files
97 links
SWE @ Google, Waymo. Ex-Affirm
Download Telegram
🎰 Do’stlarim bilan Kazinoga bordik.

Odamlar ishonmay qolmasin deb, o’zim bilan 999ta do’stimni olib bordim. Qoidalar oson har birimizda 100$dan 10,000$gacha qanchadir pul bor. Kazinodagi rulet o’yiniga borib faqat qizil rangga pul tikamiz. Lekin juda ochko’z bo’lish yo’q. Eng ko’pi bilan o’zimizda bor pulning 30%ini tikishimiz mumkin. Ishchi ruletni aylantiradi: qora yoki qizil. 50% ehtimollik bilan tikkan pulimizni 2 baravar qilib qaytarib olamiz, yoki uni butunlay yo’qotamiz. Juda adolatli o’yin. Shunday qilib butun tunni kazinoda o’tkazib, har birimiz 400 martta shu o’yinni o’ynadik. Natijalar esa juda ayoyib: 600 kishi bor pulini yo’qotganiga qaramay, 40ta odam foyda bilan chiqdi. Bir do’stim 5 ming dollar bilan kirib, 3.5 Million dollar bilan chiqib ketti. Umumiy hisobda 5 Million dollarni 5.6 Million dollarga aylantirdek.

Keyin o’yg’onib kettim. 999ta odam topib, tushimda ko’rgan narsalarni takrorladik. Lekin bu safar, 5 Million dollar bilan kirib, bor yo’g’i 150 ming dollar bilan chiqib kettik. 850 kishi bor pulini yo’qotti. Atiga 4ta odam foyda ko’rdi va 5 ming dollar pulini 3.5 Million emas, balki 125 ming dollar qila oldi xolos. Lekin bu tush emas. Foyda ko’rganlar o’zini boshqalardan omadliroqman deb o’ylab, yana 200 martta o’ynashdi va bor pulini yo’qotishdi.

Xo’sh, nima o’zgardi? Gap shundaki Rulet o’yini biz o’ylaganchalik adolatli emas. Bizga faqat qora va qizil ranglar ko’rinadi, lekin ruletta yashil rang ham bor. Ha o’sha bor yo’g’i 2 dona 0 va 00 raqamlari berilgan yashil ranglar. Ularga e’tibor ham bermaymiz. Lekin ular yutish ehtimolligimizni 50%dan 47.4% ga tushirib qo’yadi.

Tushimda, faqat qora va qizil ranglar, yutish ehtimolligimizni 50% qilib bergandi. Rostan ham omadimiz kelib, 600 ming dollar yutishga muvaffaq bo’ldik. O’yg’onib borganimizda esa yashil rang yutish ehtimolligimizni 47.4% qilib qo’yganligi 4.85 Million yo’qotishimizga sabab bo’ldi.

P.s: Kazinoga borganim yo’q :( Randomness’ni iloji boricha kamaytirish uchun, yuqoridagi holatni 1000ta odam bilan 400ta round ustida 100 martta simulatsiya qilib, ushbu raqamlar topildi.
618👍12🔥2
🕵️‍♂️ Jonli efirda FBI'ga birgalikda ishga kirishga harakat qilib ko'ramiz.

Asosiy maqsad, jonli efir formatini test qilib ko'rish. Yevropada yashash va o'qish, FAANGga ishga kirish va u yerdagi hayot, yoki shu kabi har qanday savolingiz bo'lsa javob berishga yaxshi imkoniyat bo'ladi. Savollarni shu post ostidayam qoldirishingiz mumkin.

Ertaga Toshkent vaqti bilan 18:00da ko'rishamiz.

Yozib olingaan jonli efir
👍22🔥95😨1
Dasturlashni tahminan 7-8 yil oldin o'zim o'rganishni boshlab, har bir soniyasidan zavq olganman.

Keyin universitetda o'rganishni boshladim...

Agar universitetda IT o'qish qiyinlik qilayotgan bo'lsa yoki "bu men uchun emas ekan" degan hayollar o'tayotgan bo'lsa - barchasi tabiiy. Yozgi ta'til paytida universitetdan uy ishilar yo'q. Erkin qushsiz. O'zingiz zavq oladigan loyihalar ustida ishlang. IT'ga mehringiz oshadi.
👍3410❤‍🔥75🔥1
Spoiler: Keyingi 10 kun ichida 4ta crazy stream qilaman.

19-Iyul: 🇺🇸 Amerika orzusiga erishish Toshkentdagi eng yuqori maosh to'lanadigan IT ishni tashlab ketishga arziydimi? @TenxStartuper bilan suhbat.

23-iyul: 🎁 Birthday Stream. Tug'ilgan kunimni nishonlab, streamdagilar bilan o'yinlar o'ynab, yutganlarga 💰 1,000,000 so'm sovg'a qilaman. Agar streamga bitta dona odam kirsa, o'sha odam hamma pulni oladi.

26-27-iyul: 🖥 Kod yozamiz. Stream qilishni boshlaganimdan keyin bir muammoga duch keldim. Shu muammoni kod bilan yechamiz va uni mashxur streamerlarga sotishga harakat qilamiz.

Streamlar uchun zokirov.live telegram guruhini ochib qo'ydim. Savol va takliflaringizni yoki meme'laringizni qoldirishingiz mumkin.
1👍12🔥9😁4🐳431
Muhammadyusuf bilan Amerika orzusi haqidagi streamimiz boshlandi: youtube.com/watch?v=u3TaKGiPoDk
👍116🔥1🐳1
1,000,000 so'm yutvolishiz mumkin bo'gan tug'ilgan kun streami bugun 18:00da bo'ladi. Hech qanaqa dasturlash bilimlari kerakmas. Yaxshi energiyayiz bo'sa bo'ldi :)
👍23😱63🔥3
🔫 Ishxonadagilar bilan Counter Strike o’ynashga bordik.
2🔥40😁7🌭43🤣31🐳1😭1👾1
Bedjik’im 2 oy deganda yetib keldi
1👍50148👏4🦄4😍2🌭2🔥1
Bro, DoTA is built different.

2013-yilda DoTA o'yiniga BattlePass qo'shildi. Pulli qo'shimchani sotib olasiz va o'yinda har xil kosmetik skinlar olasiz. Kelgan pulni 25%i yillik DoTA chempionati g'oliblariga yutiq qilib beriladi.

2021-yilda raqamlar peak'ka chiqdi. O'yinlardagi eng qimmat battlepass'lardan biri umumiy hisobda $160,000,000 dollarga sotildi va chempionat g'oliblariga $40 million berildi.

Kelasi yil esa... DoTA BattlePassni to'xtatti. Shunga qaramasdan odamlar "Bizni pulimiz bor, iltimos BattlePass chiqar. Sotib olaylik" deb internetta yozishdan charchashmadi.

1 oydan keyin yillik DoTA chempionati bo'lib o'tadi. Hamma shu kunlarda sotib olsa bo'ladigan narsa chiqishini kutayotgan edi. Va nihoyat bugun yangilanish chiqdi. Yangilik esa, "Shunchaki o'ynashda davom eting, va TEKINga kosmetikalarni qo'lga kiriting"

Tushunayapsizmi? Jamiyat shunchalik och ediki, istalgan pulli narsa chiqarilganda DoTA millionlab dollar foyda qilgan bo'lar edi. Lekin ular, tekin kosmetik skinlar berishni tanladi.
17👍5
Telegramda har bir odamni rating’i bo’larkan endi. Hozircha faqat telegramda ishlatgan pulingizga qarab o’zgaradi. Yaqin orada boshqa odamlarni fikriga qarab o’zgarishni boshlasa hayron qolmayman.

Black Mirror serialining 3-sezon 1-qismiga juda yaqinmiz.
😁254👍2🔥1