Zakovat intellektual klubi
38.1K subscribers
8.42K photos
1.32K videos
86 files
4.36K links
RASMIY KANAL. "Zakovat" Intellektual klubiga oid yangiliklar, qiziqarli savollar, turli tanlovlar oʻtkazishga moʻljallangan.

Barcha videolar:
youtube.com/c/ZAKOVATTV

Sayt: zakovatklubi.uz
Download Telegram
Hududlarda bo‘lib o‘tgan Chempionlar kubogi o‘yinlaridan lavhalar

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Chempionlar kubogi g‘oliblari aniqlandi!

6 ta hududda bo‘lib o‘tgan “Zakovat” intellektual o‘yini bo‘yicha Chempionlar kubogining kuzgi mavsumida quyidagi jamoalar g‘olib bo‘ldi:

Toshkent shahri va Toshkent viloyati jamoalari o‘rtasidagi Toshkent kubogini Jobir Ahmedov (Toshkent shahri) jamoasi;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati jamoalari o‘rtasidagi Amudaryo kubogini Idrok (Xorazm) jamoasi;

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari jamoalari o‘rtasida Vodiy kubogini Alfraganuz (Farg‘ona) jamoasi;

Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlari jamoalari o‘rtasida Voha kubogini Google (Qashqadaryo) jamoasi;

Buxoro va Navoiy viloyatlari jamoalari o‘rtasidagi Zarafshon kubogini Maestro Academy (Buxoro) jamoasi;

Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlari jamoalari o‘rtasidagi Afrosiyob kubogini Se7en (Sirdaryo) jamoasi.

Turnirda har bir mintaqada 1-o‘rinni olgan jamoalarga maxsus kubok topshirildi.

Kuboklarga g‘olib jamoalarning nomlari kiritib boriladi.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
“Til - bilim kaliti” onlayn “Zakovat” viktorinasining 5-savoli e’lon qilinishiga 10 daqiqa qoldi!

Bugun soat 15:00da kanalimizda viktorinaning 5-savoli joylanadi.

Javob variantingizni savol ostidagi izohlarda qoldiring.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Audio
“Til - bilim kaliti” onlayn “Zakovat” viktorinasining 5-savoli

Javob variantingizni savol ostidagi izohlarda qoldiring.

O‘zgartirilgan (tahrirlangan) javoblar qabul qilinmaydi.

❗️Diqqat! Viktorinada g‘olib bo‘lgan ishtirokchi bilan tashkilotchilar shaxsiy chat orqali bog‘lanadi. Shaxsiy chatda uzoq vaqt davomida javob berilmasa, undan keyingi to‘g‘ri javob egasi g‘olib deb topiladi.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Zakovat: Toshkent shahri
3-fevral kuni o‘tkazilgan Professional liganing navbatdagi o‘yinida Zakovat arena binosida harorat sovib ketishi hamda elektr ta’minoti uzilishi kuzatildi.

Ushbu holat turnir ishtirokchilariga va o‘sha kuni binoda bo‘lgan barchaga noqulaylik tug‘dirdi. Ishtirokchilarga qulaylik yaratish — bu bizning asosiy vazifalarimizdan biri, shuning uchun keltirilgan noqulaylik uchun uzr so‘raymiz.

Biz bunday holatlar sodir bo‘lmasligi uchun avval ham harakat qilganmiz va bundan keyin ham ishlashda davom etamiz. Lekin, afsuski, ayni holatda hammasi ham bizning urinishlarimizga bog‘liq emas. Gap shundaki, hozirda binoning elektr ta’minoti butun tumandagi juda ko‘plab binolarga xizmat ko‘rsatayotgan transformator orqali keladi. Shu sababdan havo sovib ketgan vaqtlarda ba‘zan binoga keladigan elektr ta’minoti barcha texnikalarni bir vaqtda ta’minlashga yetmay qoladi.

Kelgusidagi ehtimoliy zo‘riqishlardan saqlash maqsadida hozirda binoning elektr ta’minotini ushbu transformatordan alohida qilish choralarini ko‘ryapmiz. Ammo buni sifatli va qonuniy tarzda amalga oshirishimiz, faqatgina urinishlar va pul mablag‘lariga bog‘liq emas. Buning uchun ma’lum vaqt ham talab etiladi. Lekin shunga qaramasdan ushbu muammo hali ham o‘z yechimini topmagani to‘liq bizning javobgarligimizda ekanini yaxshi tushunamiz.

Biz o‘yinga befarq bo‘lmagan barchadan bizni to‘g‘ri tushunish va sabr qilish orqali qo‘llab-quvvatlashlarini so‘raymiz.

O‘yinga sodiq qolayotganingiz uchun minnatdorchilik bildiramiz hamda o‘yinni rivojlantirishga qaratilgan shikoyat va takliflaringiz bilan [email protected] manziliga yoki ijtimoiy tarmoqlardagi shahifalarimizga murojaat qilishingiz mumkinligini eslatamiz. Rahmat!

@zakovatklubi
Audio
“Til - bilim kaliti” onlayn “Zakovat” viktorinasi 5-savolining javobi

Viktorinaning navbatdagi savoliga ishtirokchilardan to‘g‘ri javoblar kelib tushdi. Ushbu savolga eng birinchi bo‘lib to‘g‘ri javob bergan ishtirokchi tez orada e’lon qilinadi.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
O‘quvchilar ligasi 2023/24-o‘quv yili qishki mavsumining 3-turidan keyingi reyting jadvali

3-turda jamoalar egallagan o‘rni va qo‘lga kiritgan ballarini, shuningdek umumiy jadvalning qolgan qismini ko‘rmoqchi bo‘lsangiz, ushbu havola ustiga bosing.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Talaba-o‘quvchilar ligasi 2023/24-o‘quv yili qishki mavsumining 3-turidan keyingi reyting jadvali

3-turda jamoalar egallagan o‘rni va qo‘lga kiritgan ballarini, shuningdek umumiy jadvalning qolgan qismini ko‘rmoqchi bo‘lsangiz, ushbu havola ustiga bosing.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Talabalar ligasi 2023/24-o‘quv yili qishki mavsumining 7-turidan keyingi reyting jadvali

7-turda jamoalar egallagan o‘rni va qo‘lga kiritgan ballarini, shuningdek umumiy jadvalning qolgan qismini ko‘rmoqchi bo‘lsangiz, ushbu havola ustiga bosing.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
“Til - bilim kaliti” onlayn “Zakovat” viktorinasining navbatdagi g‘olibi aniqlandi!

Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumanidan Safarmurod Ro‘zatov viktorinamizning 5-savoliga eng birinchi bo‘lib to‘g‘ri javob yo‘lladi.

Viktorina g‘olibi bo‘lgan ishtirokchimiz “Zakovat intellektual klubi” NNT tomonidan kitob bilan taqdirlanadi.

Viktorinaning keyingi savoli 6-fevral (seshanba kuni) soat 15:00da e'lon qilinadi.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok