Qadrli yurtdoshlar!
Bugun duoga qo'llar ochilar ekan, albatta, vaboning boshimizdan daf bo'lishi so'ralmoqda. II jahon urushi davrida esa har bir yurtdoshimiz o'z duosida noming o'chgur urushning tezroq tugashi, yorug' kunlar tezroq kelishini so'ragani bor gap. 9-may sanasi ayni shu duolar ijobat bo'lgan kundir. 9-may - bobolarimiz, momolarimizning ko'zi xursandchilikdan, shukronalikdan namlangan kun. 9-may - qora xat kelishi xavfidan simillayotgan qalblarni diydor umidi yoritgan kun.
Men uchun Sho'ro davri - qora kunlar.
Lekin shu qaroliklar ichida ham yorug'liklar bo'lgan. Ota-onamiz tug'ilishgan, biz tug'ilganmiz. Bu sanalarni quvonch bilan nishonlar ekanmiz, ajdodlarimizni quvontirgan kunga hurmat bilan qaramaslik adolatdan emas deb bilaman.
Urush bo'lmasin.
Bolalar yig'lamasin.
Ayollar yoridan, onalar farzandidan judo bo'lmasin.

Forwarded from Edu.uz
#ДИҚҚАТ_ЭЪЛОН
Хурматли талабалар!
▶️ Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги томонидан 2020/2021 ўқув йилида ўтказилаётган талабалар ўртасидаги Республика онлайн фан олимпиадасининг 2-босқичи учун рўйхатдан ўтиш 2021 йил 17 май куни соат 09:00 дан 24 май куни соат 09:00 гача давом этади.
❗️Диққат! Olimpiada.edu.uz тизимидан фақат ОТМларда ташкил этилган олимпиаданинг 1-босқичидан мувафаққиятли ўтган талабаларгина рўйхатдан ўтиб, онлайн олимпиадада қатнаша олади.
☝️ Эслатма! Талаба паспорт серияси орқали фақат бир марта рўйхатдан ўтиш имконига эга. Талаба тизимдан фақат битта фан орқали рўйхатдан ўтиши мумкин ва кейинчалик тест топшириш фанини ҳамда тилини ўзгартира олмайди!
Рўйхатдан ўтишга улгурмаганларнинг эътирозлари кўриб чиқилмайди.
Олимпиада ўтказилиш саналари olimpiada.edu.uz тизимида эълон қилинади.
Тизимдан фойдаланиш йўриқномасини қуйидаги ҳавола орқали юклаб олишингиз мумкин:
👉 Йўриқнома
Обуна бўлинг: 👇👇👇
Telegram | edu.uz | Facebook | YouTube

Hurmatli talabalar!
So'nggi ikki yil - pandemiya davri ko'rsatib berdiki, ta'limimizda qilinadigan ishlar biz o'ylagandan ancha ko'p, yaralari ancha chuqur ekan. Biroq talabalar tushunib yetishyaptiki, oliy ta'lim bu maktab ta'limi emas. Maktabda ustozlar o'quvchilarga baliq tutib berishar edi, oliy ta'limda esa talabalar o'zi ov qiladi, ya'ni mustaqil ishlashadi.
Hech qanday sabab kishini ilm olishdan to'xtatmasligi lozim. Ustozlardan zarur ko'rsatmani olib mustaqil izlanish - bugungi kun talabi.
Biz bosmaxona uskunasini tuyaga ortib bo'lsa ham yurtiga olib kelgan, ilm ishtiyoqida Sharq-u G'arbni kezib chiqqan, bittagina hadis biluvchini izlab ming chaqirim joyga borgan, qamoqxonadan qori bo'lib chiqqan zotlarning avlodimiz. Ilm olishda shiddat ko'rsatish qonimizda bor.
Talabalar! Sizlarga Ramazon hayiti - Iyd al-Fitr muborak bo'lsin. Ajdodlarga munosib bo'lish hammamizga nasib qilsin.
@yusufabsoatov

Qadrli ustozlar!
Biror sportchi, biror olimpiadachi muvaffaqiyat qozonsa, bilamizki, uning ortida ustozi, "kadr ortidagi rejissor" bo'ladi. Har oyning, albatta, quyoshi bor.
Ustozlarni qog'ozga ko'mganimizda, qadri va maoshini pasaytirganimizda, paxta terdirib, ko'cha tozalatganimizda nima bo'lganini ko'rdik: mardikorlar ko'paydi, korrupsiya urchidi, taraqqiyot to'xtadi. Shukurlar bo'lsinki, bugun vaziyat yaxshi tomonga o'zgarmoqda. Hali qilinishi kerak ishlar ko'p bo'lsa-da, dillarga umid qaytgani rost.
Biz ustozlarimizni - "payg'ambarlarning merosxo'rlari"ni Ramazon hayiti bilan tabriklaymiz. Jamiyatda eng martabali inson kim desa, o'qituvchi deydigan; yoshlardan kim bo'lishni istaysan desa, o'qituvchi bo'laman deydigan kunlarni ko'rish barchamizga nasib qilsin.

Forwarded from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Давлатимиз раҳбари Тошкент шаҳрининг Учтепа туманидаги Тепақўрғон маҳалласи ҳаёти билан танишди.
Яқинда бу ерда яна бир ишлаб чиқариш корхонаси - “Euroasia print” босмахонаси қуриб битказилди. Унда 60 дан ортиқ иш ўрни яратилди. Шавкат Мирзиёев ушбу корхонадаги иш жараёнини кўздан кечирди.
Шу ерда Тошкент шаҳрида хизмат кўрсатиш соҳасини ривожлантириш, иш ўринларини кўпайтириш режалари тақдимоти ўтказилди. Президент хорижий тилларни ўргатиш маркази фаолияти билан ҳам танишди.
—
Глава государства ознакомился с жизнью махалли Тепакургон Учтепинского района Ташкента.
Недавно здесь было построено еще одно производственное предприятие - типография «Euroasia print», в которой создано более 60 рабочих мест. Шавкат Мирзиёев ознакомился с работой предприятия.
Здесь же прошла презентация планов развития сферы услуг в городе Ташкенте. Президент также ознакомился с деятельностью центра обучения иностранным языкам.
#Mirziyoyev #tanishuv #mahalla #muloqot
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter

Президент Республика онкология ва радиология тиббиёт марказига ташриф буюрди.
Марказнинг ҳозирги имкониятлари етарли эмаслиги таъкидланиб, Тошкент тиббиёт академияси клиникасининг бўш турган ҳудудида янги бино барпо этиш бўйича топшириқ берилди.
Шу ерда онкология тизимини такомиллаштириш чора-тадбирлари бўйича видеоселектор йиғилиши ўтказилди, онкологик ёрдам кўламини кенгайтириш ва даволаш сифатини яхшилаш бўйича аниқ вазифалар белгилаб олинди.
—
Президент посетил Республиканский медицинский центр онкологии и радиологии.
Отметив недостаточность нынешних возможностей центра, глава государства поручил построить для него новое здание на свободной территории клиники Ташкентской медицинской академии.
Здесь же состоялось видеоселекторное совещание по мерам совершенствования системы онкологической помощи, определены конкретные задачи по расширению охвата онкологической помощи и улучшению качества лечения.
#Mirziyoyev #sogliqnisaqlash #onkologiya #yigilish

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
15-may - Xalqaro oila kuni.
Biz oilaparvar xalqmiz. Oilam, bolam-chaqam deymiz. Vatan ostonadan boshlanadi deb bilamiz. Doim oshiqadigan manzilimiz - oilamiz bag'ri. Bog'imizdan nishona hosilni otam yesin, eng shirini bolamga bo'lsin deydigan xalqmiz. Bu borada bizdaqasini topish mushkul.
Biz uchun oila shunchaki muhim emas, u muqaddas. Salomlashganda "Oilang tinchmi?" deymiz. Bilamizki, bugungi kayfiyatimiz ham, ishimizdagi unum ham shunga bog'liq.
Lekin ishga sho'ng'ib oilaga qanchalik vaqt ajrata olyapmiz?
Bugun Xalqaro oila kuni ekan. Kamiga dam olish kuni. Oila davrasida maroqli dam olish uchun zo'r imkon. Keling, bu imkonni qo'ldan boy bermaylik.
So'zimizni oilaning ahamiyatini zargarona yoritib bera olgan "Hayot pulti" filmidan lavha yakunlab beradi.
Ko'rmaganlarga filmni to'liq ko'rib chiqishni tavsiya qilamiz. Albatta, oila bilan.