Yusuf ABSOATOV
163 subscribers
619 photos
78 videos
11 files
339 links
Download Telegram
Forwarded from Talaba_VUZ (Гавҳар Рахматуллаева)
#ZAKOVAT
#rektor_kubogi

"Rektor kubogi" g'olibi aniqlandi
___________________

🏆 12.02.2021 kuni boshlangan "Rektor kubogi" zakovat o'yinlari bugun nihoyasiga yetdi. O'yinlar juda ham qiziqarli va ajoyib tarzda bo'lib o'tdi.
1-turdan beri "Erudit" jamoasi yetakchilikni qo'ldan bermayotgan edi va turnir so'nggigacha yuqori o'rinni saqlab qoldi.

====================

G'oliblar munosib taqdirlandilar.
🥇1-orinni "Erudit" (Qurilish fakulteti)jamoasi 8 410 000 so'm.
🥈2-o'rinni" BeverOne" (Kimyo-texnologiya fakulteti) jamoasi 5 640 000 so'm
🥉3-o'rinni "Smile" (Energetika fakulteti) 2 820 000 so'm pul mukofotlari bilan taqdirlandilar.

"Zakovat" turnirini tashkil etishda yaqindan yordam bergan talabalar kengashi jamoasi va "Zakovat" klubi rahbari Sheroziy Sherzodovichga minnatdorchilk bildiramiz.

🎓Bizni kuzatishda davom eting
https://t.iss.one/joinchat/VZX_cqKETDhbBG9i
Forwarded from KHISO olimpiada
🏆Talabalar uchun moliyaviy savodxonlik chempionati

💰“Umumjahon pul haftaligi”
(Global Money Week) doirasida oʻtkazilayotgan navbatdagi Moliyaviy savodxonlik chempionatini ochiq deb e'lon qilamiz!

👩🏻‍🎓Chempionat oliy ta'lim muassasalarining 1-4 bosqich talabalari oʻrtasida oʻtkaziladi. Chempionatda ishtirok etish uchun khiso.uz platformasida roʻyxatdan oʻting.

📌Chempionatning uchala bosqichida gʻalaba qozonish uchun kurashing:

Saralash bosqichi - www.khiso.uz platformasida 15-mart kuni
Yarimfinal (saralash bosqichi ishtirokchilaridan eng yaxshi 20 nafari oʻrtasida) - khiso.uz saytida 20-mart kuni
Final (yarimfinal ishtirokchilaridan eng yaxshi 6 nafari oʻrtasida) – Markaziy bankda 26-mart kuni

🤝Sizni Chempionatda kutib qolamiz!

⛔️Chempionatning saralash bosqichini oʻtkazib yubormang!

👉
@khiso
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
«Заковат» клуби ташкил қилган брейн-ринг турнири финалчиси Фурқат Қурбонов – «Заковат» ва TikTok ҳақида

Kun.uz Telegram каналлари👇

Ўзбекча | O‘zbekcha | Русская
Bir yillik ish faoliyatimdan bir narsani payqadimki, biz – yoshlardan yumushlarni “5” bahoga bajarish talab qilinar ekan-u, lekin “6” baho kutilarkan. “Marvel” komikslarida “Ichingdagi Halkni qo’yvor” deydi-yu, shunga o’xshab, bizdan ham yashirin quvvatni, o’tni ko’rsatish kutilar ekan, yonish kutilar ekan. Nozim Hikmat yozganidek, “Men yonmasam, Sen yonmasang, Biz yonmasak, Zulmat qanday yorishar?!”
Ilm olish – tuganmas jarayon. Biroq ilmning asli yigitlikda egallanadi. Mana, davlatimiz yoshlarga maydonni ko’rsatyapti, sharoit yaratib beryapti. Biroq, nazarimda, ikkinchi tomon oqsayotgandek. Ya’ni ota-onalarimiz ham yoshlarni aynan oltin pallasida ilm olishlariga qo’yib berishlari kerak, deb o’ylayman.

@yusufabsoatov
Hazrat Navoiy yozadi:

Ulus chehrayi olam afro'zidin,
"Bilur yil kelishini Navro'zidin".

Bugun ko'chaga chiqib bildikki, havoyi jahon ham, yurtdoshlarimiz kayfiyati ham o'zgacha. Yil kelishini Navro'zidan bilish to'g'ri bo'lsa, demak, oldinda bizni yanada yorqinroq damlar kutyapti.

Yilimiz xayrli kelsin.
Bayram muborak!

@yusufabsoatov
Forwarded from Edu.uz
Қўқон университетида 500 ўринли 2 та Талабалар турар жойи фойдаланишга топширилди

📌 Ҳукуматнинг тегишли қарори билан 2019 йилда нодавлат олий таълим муассасаси сифатида ўз фаолиятини бошлаган Қўқон университетида, куни кеча, университетнинг ўз маблағлари ҳисобидан замонавий талаблар бўйича қурилган 2 та 3 қаватли Students Hostel (Талабалар турар жойи) талабалар ихтиёрига топширилди.

Йигитлар ва қизлар учун мўлжалланган талабалар турар жойлари 500 ўринли бўлиб, барча қулай шарт-шароитларга эга.

✔️ Ёшларнинг бўш вақтларини мазмунли ўтказишларига кўмаклашиш мақсадида талабалар турар жойларида юқори тезликдаги Wi-Fi, компьютерлар билан жиҳозланган 4 та ижтимоий зона, барча керакли адабиётлар билан таъминланган “Маънавият хонаси” ташкил этилган.

Вазирликнинг расмий саҳифалари:
Telegram | edu.uz | Facebook | YouTube
#Ҳамкорлик

Тўрт томонлама ўзаро ҳамкорлик

Давлат хизматлари агентлиги, Мактабгача таълим вазирлиги, Халқ таълими вазирлиги ҳамда Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги ўртасида ўзаро ҳамкорлик тўғрисида меморандумлар имзолаш маросими бўлиб ўтди.

Маълумот учун, 2020 йилда тақдим этилган 8,2 миллион давлат хизматларининг атиги 16 фоизидан онлайн форматда фойдаланилган.

Ушбу меморандумларда ҳамкорлик доирасида 590 мингдан зиёд талаба ва 41 мингдан ортиқ профессор-педагоглар, 504 мингга яқин ўқитувчи ҳамда 439 минг мактаб битирувчиси, шунингдек мактабгача таълим соҳасининг 100 мингга яқин ходимини электрон хизматлардан фойдаланишга ўқитиш назарда тутилмоқда.

Батафсил 👈🏼📰

🔗Алоқада қолинг:
Telegram · Instagram · Facebook · Youtube · DXA_lotinda
Davlat xizmatlari yangiliklari
#Ҳамкорлик Тўрт томонлама ўзаро ҳамкорлик Давлат хизматлари агентлиги, Мактабгача таълим вазирлиги, Халқ таълими вазирлиги ҳамда Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги ўртасида ўзаро ҳамкорлик тўғрисида меморандумлар имзолаш маросими бўлиб ўтди. Маълумот…
Biz raqamli iqtisodiyotga o'tyapmiz.
Bu aniqlik, vaqt tejalishi degani.

Bugun davlat xizmatlari onlayn rejimda ishlayotganiga qaramay hali ham fuqarolarning ko'pchiligi elektron imzodan foydalanayotgani yo'q. Joylardagi tushuntirish ishlari ham katta effekt bermayotganini ko'ryapmiz.

Shu bois ishni eng faol qatlam bo'lmish talabalardan boshlash eng maqbul yo'l deb o'ylaymiz. Agar talabalarimiz hozirdanoq onlayn xizmatlardan foydalanishni bilsa, hozirdanoq elektron raqamli imzoga ega bo'lsa, ertaga ish boshlashi oson bo'ladi. Bir kishining vaqti, kuchi tejalsa, buni yuz minglab fuqarolar darajasida olib qarasak, qancha vaqt, qancha kuch boshqa foydali ishlarga sarf bo'lishi mumkin.

Bugungi hamkorlik shu jihati bilan ahamiyatli.

@yusufabsoatov
Forwarded from IT Park Uzbekistan
​​ Joriy yilning 31-mart kuni IT Park ko‘magida O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida inkubatsiya markazi ochildi.

Tadbirda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari Yusuf Absoatov, OTM rektori Ulug‘bek Azizov, Mintaqaviy rivojlanish bo‘yicha direktor o‘rinbosari Abdulahad Qo‘chqorov, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi vakillari, “Iman”, “Visit Uzbekistan” va “Media Design” startap loyihalari asoschilari ishtirok etdi.

Eslatib o‘tamiz, inkubatsiya markazida dastlabki bosqichlardagi tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan dasturlar ishga tushiriladi.

Ochilish haqida batafsil ma’lumot:https://clck.ru/U3m8r
Hurmatli muslim va muslimalar!

Ramazon oyi buyuk fazilatlari bilan yurtimizga kirib keldi. Bu oyning fazlidan yurtimizdan dardlar chekinishini, xalqimiz qalbida ilmga mehr yanada oshishini, xalqlar orasida hamjihatlik mustahkamlanishini Allohdan so'rab qolamiz. Shaytonlarga kishan, muslimlarga nur muborak!

Assalomu alaykum va rohmatulloh va barokatuh.