Yusuf ABSOATOV
163 subscribers
619 photos
78 videos
11 files
339 links
Download Telegram
Edu.uz
Самарқанд давлат университетида Ўзбекистон талабалари ассоциацияси ташкил этилди Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев 2020 йил 25 декабрда Тошкентда бўлиб ўтган Ёшлар форумида самарқандлик талабаларнинг Ўзбекистон талабалари ассоциациясини ташкил…
So'nggi oylarda "Talabalar uchun uni qilish kerak, talabalarga buni qilish kerak" degan gaplar ko'p aytildi. Ajabmas, talabalar o'z assotsiatsiyalariga ega bo'lishsa-yu, "Biz - talabalar uni qilishimiz kerak, buni qilishimiz kerak" deb o'z so'zlariga, o'z takliflariga ega bo'lishsa. Oddiy misol: so'nggi voqealar ichida talabalarni yotoqxona bilan ta'minlash masalasi ham bor. Butun O'zbekistonda qurilishlar avj olgan paytda assotsiatsiya yotoqxonalar qurish taklifi bilan otilib chiqsa, aytish mumkinki, bu masala oson hal bo'ladi.
Yana bir misol: butun O'zbekiston OTMlarida intellektual o'yinlar o'tkaziladi, biroq ularning hammasi poytaxtdagi klublar soyasida qolib ketadi, saviya jihatidan ortda qolaveradi. Agar Toshkentda har shanba kuni o'tkaziladigan Bosh reyting bahslari butun O'zbekistonda bir paytda - tarmoq ko'rinishida o'tkazilganida, hamma birdek o'sardi.

Albatta, bular - shunchaki misol. Aktual masala bo'lgani uchun aytdik. Assotsiatsiyadan biz juda katta loyihalar va natijalarni kutamiz. Loyiha tashabbuskorlari va tashkilotchilariga o'z tashakkurimizni bildiramiz va imkonimiz doirasidagi yordamlarimizni berishga tayyormiz.
Forwarded from Edu.uz
​​🏛Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги танлов эълон қилади!

Қадрли ёшлар!

✔️Олий ва ўрта махсус таълим вазирлигининг логотипини яратиш бўйича вазир буйруғи имзоланди.

📱Ўз ижодингиз ва креатив ғояларингиз билан Apple iPhone 12 Pro Max смартфонига эга бўлишни қўлдан бой берманг!

👉 Танловда техникум, академик лицейлар ўқувчилари ва талабалар ҳамда 30 ёшгача бўлган тадқиқотчиларимиз иштирок этишлари мумкин.

📌 Танлов шартлари:
-вазирликнинг фаолияти ва аҳамиятини фалсафий ифода этиш;
-бетакрор бадиий ечим ва креатив ёндашувга эга бўлиши ҳамда ундан рамз сифатида фойдаланиш мумкинлиги;
-замонавий, ўзига хос, осон таниб олинадиган ва ноанъанавий шаклга эга бўлиши лозим.

Танловга лойиҳалар тақдим этиш тартибига кўра:
🔸 ҳар бир иштирокчи танловда фақат битта лойиҳа тақдим этиши мумкин;
🔸логотип лойиҳаси формати – 10 Мб гача, икки кўринишда – PNG ва JPG форматда [email protected] электрон почта манзилига юборилиши талаб этилади.

👉 Логотип Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги ҳузурида ташкил этилган Ҳакамлар ҳайъати томонидан кўриб чиқилади.

🔰 Танловда лойиҳалар бир босқичда 2021 йил 1 февралдан 25 февраль соат 23:59гача қабул қилинади.

🏆 Ғолиб 2021 йил 2 мартда эълон қилинади.

Вазирлик телеграм каналига
уланиш👇
👇👇
https://t.iss.one/joinchat/AAAAAEX5-AsADEDumdCB6g
Forwarded from Edu.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Сарҳисоб

Олий ва ўрта махсус таълим вазирининг ахборот технологиялари ва ёшлар бўйича ўринбосари Юсуф Aбсоатовнинг бир йиллик фаолиятига чизгилар.

Вазирлик телеграм каналига уланиш👇👇👇
https://t.iss.one/joinchat/AAAAAEX5-AsADEDumdCB6g
Forwarded from Edu.uz
ОЛИЙ ТАЪЛИМ РАҚАМЛАРДА

Вазирликнинг телеграм канали:
👉https://t.iss.one/joinchat/AAAAAEX5-AsADEDumdCB6g
Forwarded from Edu.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Соҳа_ислоҳотлари

Факт 24 | Талабаларнинг рейтинг дафтарчаси электрон шаклга ўтади.

Vazirlik rasmiy sahifalari:👇👇👇
Telegram | Facebook| You Tube
Juda ko'p tadbirlarda nutq so'zlaganmiz, lekin Navoiy haqidagi tadbirlarda ikki og'iz gap gapirish juda qiyin. Bunga sabab Navoiyning salobatimi yoki unga munosib avlod emasligimdanmi - bilmayman.

Shaxsan men uchun Navoiy ko'p jihatlar bilan ustoz sanaladi.

Jomiy vafot etganda Navoiy nutq so'zlay olmaydi, bu ishni Voiz Koshifiyga topshiradi.
Umrining oxirida Navoiy ustozi Ansoriyning qabrida jorubkashlik - tozalovchilik qiladi. Ustozlarga hurmat, ularni chin dildan sevish shunaqa bo'lsa kerak.

Navoiy talabalarga uch xil darajadagi stipendiyalarni berishni joriy qilgan. Yoshlar ta'liminning haqiqiy jonkuyari shunaqa bo'lsa kerak.

Biz ham ta'lim sohasida faoliyat yuritarkanmiz, ustozlarni hazrat Navoiy kabi e'zozlay olsak, yoshlarni hazrat Navoiy kabi rag'batlantira olsak, bugun o'ylantirayotgan muammolarni tezroq, osonroq hal qila olamiz deb o'ylayman.

Barchamizga Navoiyga munosib avlod bo'lish nasib qilsin deb qolaman.

@yusufabsoatov
Forwarded from Mass-media fondi
Билимдон ёшлар, китобдан бошингизни кўтаринг ва бизнинг «Заковат» клубига аъзо бўлинг. Zakovat.tv веб-сайти орқали ариза топширинг ҳамда ўйин иштирокчисига айланинг. Биринчи ўйиннинг илк соврини 100 млн сўм. Барча билимдонлар «Заковат» клубида тўпланмокда.
Бир чеккада қолиб кетманг. Трендда бўлинг!

#uzbekpower
#ZakovotdaKuch

___

Интеллектуалы, отвлекитесь от книг и станьте членом нашего клуба «Заковат». Подайте заявку через сайт Zakovat.tv и примите участие в игре. Приз пилотной игры — 100 миллионов сумов. Все умы стекаются в клуб «Заковат». Не будьте в стороне! Будьте в тренде!
#uzbekpower
#ZakovotdaKuch

@massmediauz
Forwarded from Edu.uz
ОЛИЙ ТАЪЛИМ РАҚАМЛАРДА

Вазирликнинг расмий саҳифалари:
👉 Telegram | edu.uz | Facebook | You Tube
Forwarded from Edu.uz
ОЛИЙ ТАЪЛИМ РАҚАМЛАРДА

Вазирликнинг расмий саҳифалари:
👉 Telegram | edu.uz | Facebook | You Tube
Forwarded from Edu.uz
ОЛИЙ ТАЪЛИМ РАҚАМЛАРДА

Вазирликнинг расмий саҳифалари:
👉 Telegram | edu.uz | Facebook | You Tube
Forwarded from Edu.uz
ОЛИЙ ТАЪЛИМ РАҚАМЛАРДА

Вазирликнинг расмий саҳифалари:
👉 Telegram | edu.uz | Facebook | You Tube
Biz ham talaba bo’lganmiz. Lekin “Yil talabasi” bo’lmaganmiz. Chunki bunaqa nominatsiyaning o’zi yo’q edi.

Bizga doim ustozlar: “Sizlar baxtli avlodsizlar”, - deyishardi.
Lekin men sizga qo’rqmay ayta olamanki: “Sizlar bizlardan baxtliroq avlodsiz”.

Abduqayum Yo’ldoshning “Puankare” hikoyasi bor. O’qiganlar bo’lsa kerak. Bir o’zbek Puankare teoremasini isbotlashga kirishadi. Orada to’y, oila, boshqa tashvishlar bilan bo’lib yurganda Perelman degan olim uni isbotlagani ma’lum bo’ladi. O’zbek haligi isbot bilan tanishib chiqqach, tushunadiki, 99% ishni o’zi ham qilib bo’lgan ekan, 1 qadam qolgan ekan. Afsus.
Nima demoqchiman: dabdaba, odamlarning ko’ziga deb yashash, orzu-havas – bu narsalar bizning ilm-fanda yuz yil ortda qolib ketganimiz faktorlaridan biri.
Siz unday bo’lmang demoqchiman. Siz bugun O’zbekistonda eng zo’rsiz, ertaga jahonning oldi bo’lishga harakat qiling.


Hammangizga omad tilayman.

@yusufabsoatov
Forwarded from Edu.uz
ОЛИЙ ТАЪЛИМ РАҚАМЛАРДА

Вазирликнинг расмий саҳифалари:
👉 Telegram | edu.uz | Facebook | You Tube
Ali muallim hikoyasidan…

Mening ustozlikdan o‘rgangan 2 shiorim bor:

1) O‘qituvchilikni gul yetishtirish deb bilaman. Agar gulingiz o‘sib, ko‘zingiz quvnashini istasangiz, faqat tuprog‘iga ahamiyat bering. Shoxini, yaprog‘ini tortish uni o‘stirmaydi, aksincha to‘zitadi.

2) Agar oynada ko‘ringan aksingiz sizga yoqmasa, ust-boshingizni to‘g‘irlaysiz. Ko‘zguni sindirish masalani hal qilmaydi, aksincha, qo‘lingizni kesadi…

P.S. Bolalar o‘sadigan tuproq ham oynada ko‘ringan aksning asli ham o‘qituvchi.

@yusufabsoatov