Yusuf ABSOATOV
163 subscribers
619 photos
78 videos
11 files
339 links
Download Telegram
Noyabr va dekabr oylarida Buxoro, Qashqadaryo, Xorazm, Samarqand va Jizzax viloyatlariga xizmat safarlarida ko’rishishga ulgurmagan hamda Respublikamizdagi barcha talabalarga murojaatim bor edi.
Afsuski, bugun yurtimizda asosan nazariy bilimlar qolgan. Ilmning eng zarur qismlarini egallash, uni amaliyot bilan bog'lashni o'rganish uchun chetga chiqishga majburmiz. 20 yildan keyin ham "afsuski" demaslik uchun bugun biz harakat qilishimiz kerak.
Reja qilyapmiz: sayt va telegram kanallari orqali xalqaro tanlovlar, tenderlar, loyiha va grantlarni doimiy e'lon qilib turamiz. Ozgina faol bo'lsak, ishonaman, tezda tilga tushamiz. Avvaliga "Eng ko'p ishtirokchi talabalar" statusini, keyinroq "Eng ko'p g'olib bo'lgan talabalar" maqomini egallaymiz. "Bir urinib ko'ray-chi" deb yeng shimarsak, bizni to'xtatadigan kuch yo'q.
Barchangizga omad tilayman.
Pedagoglarimizning oyligi tezroq 1000$ dan oshishini, talabalarimiz xalqaro maydonda Ulug'bek yulduzlaridek porlab turishini tilab qolaman.
@yusufabsoatov
Андижонда Иқтисодиёт ва қурилиш институти иш бошлади

👉 Андижон иқтисодиёт ва қурилиш институтининг очилишига бағишланган тадбир бўлиб ўтди. Кенг жамоатчилик вакиллари, институт профессор-ўқитувчилари ҳамда талабалари иштирок этган тадбирда сўз олганлар Президентимиз ташаббуси билан мамлакатимизда ёшларнинг ўқиб, билим олиши, хусусан, иқтисодиёт тармоқлари, қурилиш соҳаси учун олий маълумотли, малакали кадрлар тайёрлаш масалаларига алоҳида эътибор қаратилаётганлиги таъкидланди.

👉 Келгусида институтда талабалар сони ошишини инобатга олиб, 2022 йилга ва келгуси йилларга мўлжалланган инвестиция дастурларига 1 минг 200 ўринли ўқув биноси ва 400 ўринли талабалар турар жойини қуриш лойиҳаларини киритиш назарда тутилган.
Хабар берилишича, ҳозирга қадар Олий ва ўрта махсус таълим вазирлигининг «Олий таълим муассасаларини ривожлантириш маблағлари жамғармаси» маблағлари ҳисобидан ўқув биноларини жорий таъмирлаш ва жиҳозлаш ишлари учун 2 миллиард 485 миллион сўм маблағ ажратилган.

Бино фасади зўр чиқипти омалекин 👍
Танқидни ҳам айтиб қўяверайлик, институт номини бир қаторда ёзилса яхши чиқарди (шрифтни ҳам ўйлаб кўриш керак бизнингча).

➡️ @otm_info
Bilamizki, hozirda barcha davlatlar iqtisodiy jihatdan 4 ta bosqichdan birida: yo agrar, yo industrial, yo post-industrial va yoki informatsion davlatlar. Agrar davlatlar uchun pul - bu yerosti va yerusti boyliklari; industrial davlatlarda esa pul bu sanoat mahsulotlari; post-industrial davlatlar uchun pul bu bilim; informatsion bosqichda esa pul manbayi - malumot, axborot hisoblanadi. Bugungi kunda eng rivojlangan davlatlar 3-bosqichdan 4-bosqichga, yani informatsion bosqichga o'tmoqda. Biz esa agrar davlatlar safidan industrial davlatlar qatoriga o'tyapmiz. Bu bosqichga o'tishda katta zavodlarimiz, xususan, Uzbekistan GTL hamda Sho'rtan gaz-kimyo majmuasi kabi zavodlar ko'prik vazifasini o'tamoqda. Biroq agar biz tezroq rivojlangan davlatlar qatoriga qo'shilmoqchi bo'lsak, industrial bosqichdan sakrab post-industrial bosqichga qadam qo'yishimiz, yani o'z ixtirolarimiz hisobiga daromad qilishimiz kerak.
Buning uchun eng muhim narsa bilim hisoblanadi.
Imom Buxoriy "Najot ilmda" degan edilar. Biz bu haqiqatning bugungi tirik guvohlarimiz. Oltinimiz, uranimiz, gazimiz - erta-indin bizni tark etadigan sochlarimiz va tishlarimizga o'xshaydi. Ularga suyana olmaymiz. Ertaga korimizga faqat ilm-fan yaraydi.

@yusufabsoatov
Forwarded from Talaba_VUZ (Гавҳар Рахматуллаева)
⚡️ Institut talabasi «MDHning eng yosh olimi-2020» xalqaro tanlovida g‘alaba qozondi

Nukus davlat pedagogika instiuti turkiy tillar fakulteti 3-bosqich talabasi Ixtiyorbek Norov Qozog‘istonning Nursulton shahrida o‘tkazilgan «MDHning eng yosh olimi-2020» xalqaro tanlovida 14 mamlakat ichidan «Filologiya fanlari» yo‘nalishi bo‘yicha ishtirok etib, faxrli I o‘rinni egalladi.

Bizni kuzatishda davom eting
https://t.iss.one/talaba_vuz
Forwarded from Yoshlar.edu.uz
Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi “Ma’naviyat va ma’rifat” markazi tasarrufida faoliyat yuritayotgan telegram sahifalar
👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇
Салимов_М_Т_Абсоатов_Ю_К_вестник_ТМА_5_2020.pdf
2.4 MB
Hozirgi davr ta'lim jarayonida yoshlar ongida axborot iste'moli madaniyatini shakllantirish

Salimov M.T., Absoatov Y.Q.
«Ўзбекнефтгаз»: Нефть-газ соҳасида ўқиётган 12 нафар иқтидорли талаба «Uzbekneftegaz GTL» стипендиясини қўлга киритди

👉 https://kun.uz/05703475

Kun.uz Telegram каналлари👇

Ўзбекча | O‘zbekcha | Русская
Forwarded from Edu.uz
#Rasmiy

Талабалар жорий йил 28 декабрдан қишки таътилга чиқади

Олий таълим муассасалари талабалари, академик лицей ва касб-ҳунар мактаблари ўқувчилари учун 2020 йил 28 декабрдан 2021 йил 10 январгача қишки таътил этиб белгиланди.

2021 йил 11 январь - ўқишнинг биринчи куни.

ОЎМТВ Ахборот хизмати

📍
Lotin alifbosida o'qing.

Вазирлик телеграм каналига уланиш👇👇👇
https://t.iss.one/joinchat/AAAAAEX5-AsADEDumdCB6g
Sinovli kunlar ham universiadamiz o'tkazilishiga soya solmaganidan xursandman.
Universiada talabalarni , OTM larni do'stlashtiradi.
Universiada yoshlarning qobiliyatlarini ochishda, shakllantirishda muhim rol o'ynaydi.
Universiada ishtiyoqni, yuraklarda dovni uyg'otadi.

Bugun shu yerda bo'lajak qit'a, jahon va olimpiada g'oliblari turganiga shubham yo'q.
Barcha ishtirokchilar, ustozlar va tashkilotchilarga rahmat.
G'oliblarni samimiy tabriklab qolamiz.

Nutqimiz qisqa, lekin niyatlar ulkan.
Hamma niyatiga yetib yursin.
Forwarded from Yoshlar.edu.uz
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari Yusuf Absoatovning Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutiga tashrifi
👉 Batafsil: https://vuz24.uz/2020/12/18/yusuf-absoatovning-farjstiga-tashrifi/

🎓 Bizni kuzatishda davom eting
https://t.iss.one/joinchat/AAAAAFZ8ajtSAWW4btns1A
Forwarded from Erasmus+ in Uzbekistan
📣 Erasmus Mundus Qo’shma Magisterlik stipendiya dasturiga (EMJMD) hujjat topshiruvchilar diqqatiga!

👉 Ayni paytda tahsil olayotgan EMJMD stipendiantlari Akramjon Fozilov va Abdulaziz Daniyarovlar tomonidan EMJMD dasturida ishtirok etish, hujjatlarni muvafaqqiatli tayyorlash tartibi va topshirish jarayoni va albatta Yevropa Ittifoqi universitetlarida ta’lim olish tajibalari va fikr-mulohazalari bilan bo’lishishni rejalashtirmoqda.

🔸 Uchrashuv 2020 yil 19 dekabr soat 16:00 da Zoom platformasi orqali bo’lib o’tadi

❗️https://us02web.zoom.us/j/89910849543?pwd=bExwSWlrNXduVmhmWEliN3Vib0VTdz09
Meeting ID: 899 1084 9543
Passcode: 19122020

✈️Shoshiling va qulay imkoniyatni qo'ldan boy bermang!