Yusuf ABSOATOV
163 subscribers
619 photos
78 videos
11 files
339 links
Download Telegram
Forwarded from Edu.uz
#Universiada2020

“Универсиада”-2020”: волейбол бўйича эркаклар ўртасида ўтказилган баҳслар ғолиблари тақдирланди

2020 йилнинг 29 ноябрь - 1 декабрь кунлари Наманган муҳандислик-қурилиш институтида волейбол (эркаклар) спорт тури бўйича финал “Универсиада”-2020” спорт мусобақалари ўтказилди.

Унда Қорақалпоғистон Республикаси, Самарқанд, Тошкент, Наманган вилояти талаба-ёшларидан иборат бўлган жамоалар ўзаро финал босқичда куч синашдилар.

Ўтказилган финал баҳслари натижалари:

👉 1-ўрин - Наманган вилояти талаба-ёшларидан иборат жамоа;

👉 2-ўрин - Тошкент вилояти талаба-ёшларидан иборат жамоа;

👉 3-ўрин - Қорақалпоғистон Республикаси талаба-ёшлари жамоаси;

👉 4-ўрин - Самарқанд вилояти талаба-ёшлари жамоаси.

Вазирлик телеграм каналига уланиш👇👇👇
https://t.iss.one/joinchat/AAAAAEX5-AsADEDumdCB6g
Forwarded from Edu.uz
#Malaka_oshirish

Талабалар учун халқаро стантдартларга мувофиқ АССА курслари ташкил этилмоқда

Ўзбекистон Респуликаси Президентининг ПҚ-4611 қарорига асосан 2021 йил 1 январдан йирик солиқ тўловчи юридик шахслар Молиявий Ҳисоботнинг Халқаро Стандартларига (МҲХС) ўтиши белгиланган.

Президент қарорига асосан талабаларни ҳам мазкур стандртлар асосида ўқитиш ва улар ўқув курсини муваффақиятли якунлаган тақдирда ўқитиш харажатлари Молия вазирлиги томонидан аккредитациядан ўтган ўқув марказларига қисман қоплаб берилади.

Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги талабалар учун курсларни ташкил этиш мақсадида АССА томонидан халқаро аккредитациядан ўтган "Tashkent Institute of Business Administration" (ТИБА) билан ҳамкорликни йўлга қўйди.

Имзоланган меморандумга кўра, ОТМ талабаларини МҲХС бўйича тайёрлаш мақсадида Тошкент давлат иқтисодиёт университети қошидаги ТИБА ўқув марказида АССА курсларини ташкил қилишга келишиб олинди.

Курслар 2021 январь ойидан бошланиши режалаштирилмоқда, ҳозирда курсларга қабул жараёни кетмоқда.

👉 ТИБА билан боғланиш учун @ifrs_uz

📞 Мурожаат учун: (99) 029-29-59

Маълумот учун, Association of Chartered Certified Accountants (ACCA) — бу молия ва ҳисоб-китоб соҳасидаги профессионал мутахассисларнинг глобал уюшмаси бўлиб, 1904 йилда ташкил этилган. Уюшма 227 000 аъзога, 179 мамлакатда 544 000 талабага эга. ACCA бош қароргоҳи Лондонда жойлашган.

Вазирлик телеграм каналига уланиш👇👇👇
https://t.iss.one/joinchat/AAAAAEX5-AsADEDumdCB6g
Forwarded from Edu.uz | Lotin
​​#Соҳа_ислоҳотлари

O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalari soni 129 taga yetdi

Hukumatning 2020 yil 2 dekabrdagi 762-son qaroribilan Toshkent shahrida Yaponiya raqamli universiteti tashkil etildi va yurtimizdagi OTMlar soni 129 taga yetdi.

Bugungi kunda respublikada jami 129 ta oliy ta’lim muassasasi faoliyati yo‘lga qo‘yilgan:

👉 davlat oliy ta’lim muassasalari – 96 ta;
👉 nodavlat oliy ta’lim muassasalari – 9 ta;
👉 xorijiy OTMlar va ularning filiallari – 24 ta.

Ushbu ro‘yxatga harbiy va diniy OTMlar kiritilmagan.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/joinchat/AAAAAFczx0DBI6Hy5OPafg
Ham savob, ham daromad

Kuni kecha tushlik payti ovqatlanish uchun bir kafega kirib, ofitsiantga buyurtma berdim. Taom kelishini kutib o‘tirarkanman, xayolimga bir fikr keldi: qani hozir bir kitob bo‘lsayu, harid qilsam. Davlat, oila ishlaridan ortib, kitob do‘koni bo‘ylab yurish, tanlab, saralab harid qilishga har kimning ham imkoni yo‘q.
Qolaversa, hozir kitob topishdan ko‘ra, yaxshi kitobni tanlay bilish ham qiyin bo‘lib qoldi. Lekin ovqatlanish joylari, xususan, kafelarda shunday imkoniyat yaratilsa, qanday bo‘larkin, deb o‘ylab qoldim. Bu ishga nashriyotlar, onlayn kitob savdosi bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar va ko‘ngilli talabalar jalb etilsa, ham savob ham daromad olishardi.
Xalqimiz, ayniqsa yoshlarga maʼnaviy ozuqa berishga qaratilgan ushbu jarayonga kafe va restoranlar rahbarlari ham befarq bo‘lishmaydi, nazarimda. Bu mening o‘ta shaxsiy qarashlarim. Sizning ham bu boradagi fikrlaringiz men uchun muhim!
Maqsadim yagona – kitob mutolaasiga nisbatan ishtiyoq hissini yurtdoshlarimiz orasida keng yoyilishiga kichik bo‘lsada hissa qo‘shish.
Maʼlumki, jahonda har kuni yarim milliondan ziyod kitob bosilib chiqadi. Internet, axborot texnologiyalari jadal rivojlanib, virtual kitoblar ommalashgan axborot asrida yashamoqdamiz. Аmmo insonning ong va tafakkurini charxlaydigan, maʼnaviy olamini boyitib, hamisha ezgulikni targ‘ib etadigan bosma kitoblarning o‘rni bundan keyin ham saqlanib qolaveradi.
O‘ylaymanki, ushbu yangi loyiha zamon to‘lqinlarida suzib, qimmatbaho duru-gavharlar – ulug‘ donishmandlar fikrlarini avloddan-avlodga yetkazuvchi tafakkur kemalari bo‘lgan kitoblarni targ‘ib qilishda katta xissa qo‘shadi.

Sizda qanday taklif bor?
Kitobxonlik va kitob savdosini rivojlantirish uchun nima qilish mumkin deb o'ylaysiz?

@yusufabsoatov
Noyabr va dekabr oylarida Buxoro, Qashqadaryo, Xorazm, Samarqand va Jizzax viloyatlariga xizmat safarlarida ko’rishishga ulgurmagan hamda Respublikamizdagi barcha talabalarga murojaatim bor edi.
Afsuski, bugun yurtimizda asosan nazariy bilimlar qolgan. Ilmning eng zarur qismlarini egallash, uni amaliyot bilan bog'lashni o'rganish uchun chetga chiqishga majburmiz. 20 yildan keyin ham "afsuski" demaslik uchun bugun biz harakat qilishimiz kerak.
Reja qilyapmiz: sayt va telegram kanallari orqali xalqaro tanlovlar, tenderlar, loyiha va grantlarni doimiy e'lon qilib turamiz. Ozgina faol bo'lsak, ishonaman, tezda tilga tushamiz. Avvaliga "Eng ko'p ishtirokchi talabalar" statusini, keyinroq "Eng ko'p g'olib bo'lgan talabalar" maqomini egallaymiz. "Bir urinib ko'ray-chi" deb yeng shimarsak, bizni to'xtatadigan kuch yo'q.
Barchangizga omad tilayman.
Pedagoglarimizning oyligi tezroq 1000$ dan oshishini, talabalarimiz xalqaro maydonda Ulug'bek yulduzlaridek porlab turishini tilab qolaman.
@yusufabsoatov
Андижонда Иқтисодиёт ва қурилиш институти иш бошлади

👉 Андижон иқтисодиёт ва қурилиш институтининг очилишига бағишланган тадбир бўлиб ўтди. Кенг жамоатчилик вакиллари, институт профессор-ўқитувчилари ҳамда талабалари иштирок этган тадбирда сўз олганлар Президентимиз ташаббуси билан мамлакатимизда ёшларнинг ўқиб, билим олиши, хусусан, иқтисодиёт тармоқлари, қурилиш соҳаси учун олий маълумотли, малакали кадрлар тайёрлаш масалаларига алоҳида эътибор қаратилаётганлиги таъкидланди.

👉 Келгусида институтда талабалар сони ошишини инобатга олиб, 2022 йилга ва келгуси йилларга мўлжалланган инвестиция дастурларига 1 минг 200 ўринли ўқув биноси ва 400 ўринли талабалар турар жойини қуриш лойиҳаларини киритиш назарда тутилган.
Хабар берилишича, ҳозирга қадар Олий ва ўрта махсус таълим вазирлигининг «Олий таълим муассасаларини ривожлантириш маблағлари жамғармаси» маблағлари ҳисобидан ўқув биноларини жорий таъмирлаш ва жиҳозлаш ишлари учун 2 миллиард 485 миллион сўм маблағ ажратилган.

Бино фасади зўр чиқипти омалекин 👍
Танқидни ҳам айтиб қўяверайлик, институт номини бир қаторда ёзилса яхши чиқарди (шрифтни ҳам ўйлаб кўриш керак бизнингча).

➡️ @otm_info
Bilamizki, hozirda barcha davlatlar iqtisodiy jihatdan 4 ta bosqichdan birida: yo agrar, yo industrial, yo post-industrial va yoki informatsion davlatlar. Agrar davlatlar uchun pul - bu yerosti va yerusti boyliklari; industrial davlatlarda esa pul bu sanoat mahsulotlari; post-industrial davlatlar uchun pul bu bilim; informatsion bosqichda esa pul manbayi - malumot, axborot hisoblanadi. Bugungi kunda eng rivojlangan davlatlar 3-bosqichdan 4-bosqichga, yani informatsion bosqichga o'tmoqda. Biz esa agrar davlatlar safidan industrial davlatlar qatoriga o'tyapmiz. Bu bosqichga o'tishda katta zavodlarimiz, xususan, Uzbekistan GTL hamda Sho'rtan gaz-kimyo majmuasi kabi zavodlar ko'prik vazifasini o'tamoqda. Biroq agar biz tezroq rivojlangan davlatlar qatoriga qo'shilmoqchi bo'lsak, industrial bosqichdan sakrab post-industrial bosqichga qadam qo'yishimiz, yani o'z ixtirolarimiz hisobiga daromad qilishimiz kerak.
Buning uchun eng muhim narsa bilim hisoblanadi.
Imom Buxoriy "Najot ilmda" degan edilar. Biz bu haqiqatning bugungi tirik guvohlarimiz. Oltinimiz, uranimiz, gazimiz - erta-indin bizni tark etadigan sochlarimiz va tishlarimizga o'xshaydi. Ularga suyana olmaymiz. Ertaga korimizga faqat ilm-fan yaraydi.

@yusufabsoatov
Forwarded from Talaba_VUZ (Гавҳар Рахматуллаева)
⚡️ Institut talabasi «MDHning eng yosh olimi-2020» xalqaro tanlovida g‘alaba qozondi

Nukus davlat pedagogika instiuti turkiy tillar fakulteti 3-bosqich talabasi Ixtiyorbek Norov Qozog‘istonning Nursulton shahrida o‘tkazilgan «MDHning eng yosh olimi-2020» xalqaro tanlovida 14 mamlakat ichidan «Filologiya fanlari» yo‘nalishi bo‘yicha ishtirok etib, faxrli I o‘rinni egalladi.

Bizni kuzatishda davom eting
https://t.iss.one/talaba_vuz
Forwarded from Yoshlar.edu.uz
Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi “Ma’naviyat va ma’rifat” markazi tasarrufida faoliyat yuritayotgan telegram sahifalar
👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇
Салимов_М_Т_Абсоатов_Ю_К_вестник_ТМА_5_2020.pdf
2.4 MB
Hozirgi davr ta'lim jarayonida yoshlar ongida axborot iste'moli madaniyatini shakllantirish

Salimov M.T., Absoatov Y.Q.
«Ўзбекнефтгаз»: Нефть-газ соҳасида ўқиётган 12 нафар иқтидорли талаба «Uzbekneftegaz GTL» стипендиясини қўлга киритди

👉 https://kun.uz/05703475

Kun.uz Telegram каналлари👇

Ўзбекча | O‘zbekcha | Русская
Forwarded from Edu.uz
#Rasmiy

Талабалар жорий йил 28 декабрдан қишки таътилга чиқади

Олий таълим муассасалари талабалари, академик лицей ва касб-ҳунар мактаблари ўқувчилари учун 2020 йил 28 декабрдан 2021 йил 10 январгача қишки таътил этиб белгиланди.

2021 йил 11 январь - ўқишнинг биринчи куни.

ОЎМТВ Ахборот хизмати

📍
Lotin alifbosida o'qing.

Вазирлик телеграм каналига уланиш👇👇👇
https://t.iss.one/joinchat/AAAAAEX5-AsADEDumdCB6g