Yusuf ABSOATOV
163 subscribers
619 photos
78 videos
11 files
339 links
Download Telegram
Forwarded from TDTU | RASMIY KANAL
🌐 Ma'naviyat hayotimizda yangi kuch, yangi harakatga aylanishi kerak

✍️ Joriy yilning 22-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida o‘tkazilgan Respublika ma’naviyat va ma’rifat kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida Ma’naviyat, ma’rifat, madaniyat, san’at va ijod sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlar natijadorligi va kelgusidagi ustuvor yo‘nalishlarni belgilash vazifasi sifatida belgilangan.

Shu munosabat bilan, ushbu yig‘ilishdagi ustuvor vazifalarning mazmun-mohiyatini keng targ‘ib qilish maqsadida 29-dekabr kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetida seminar bo'lib o'tdi.

🤝 Seminarda universitet Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektor Y.Absoatov, Talabalar orasida ijtimoiy ma'naviy muhit barqarorligiga ma'sul rektor maslahatchisi F.Abduvaliyev, Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi direktori R.Xudayberganov, O'zbekiston tarixi kafedrasi mudiri R.Xoliqova, fakultet dekanalari, dekan muovinlari, kafedra mudirlari, professor-o'qituvchilar hamda tyutorlar ishtirok etishdi.

TDTU Matbuot xizmati:

Telegram 📸 Instagram 💬Facebook 🌍 tdtu.uz 📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8
👍11
👍6
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bolaga kitob bering...

P.S. o'g'lim Muhammad Sodiq (6 yosh)
👍17
Forwarded from TDTU | RASMIY KANAL
👨‍💻👩‍💻🧠

🟥 Ma'naviyat hayotimizda yangi kuch, yangi harakatga aylanishi kerak!

Universitetda "Ma'naviy-ma'rifiy tadbirlarni samarali tashkil etish metodikasi" mavzusida seminar-trening bo'lib o'tdi.

Seminar-treningda universitet Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektor Y.Absoatov, O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi o'rinbosari, shoir B.Ergashev, universitet ma'naviy-ma'rifiy faoliyatiga ma'sul bo'lgan barcha ma'sullar ishtirok etishdi.

Ma'naviy-ma'rifiy tadbirlarni samarali tashkil etish metodikasi, bugungi kundagi yoshlar tarbiyasi va yoshlar tarbiyasidagi ma'sullarning o'rni kabi masalalar muhokama etildi.

TDTU Matbuot xizmati:

✝️ Telegram 💟 Instagram ☮️ Facebook 🌎 tdtu.uz ☸️ YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
Forwarded from TDTU | RASMIY KANAL
🟥 Diniy ekstremizm- yoshlar kelajagiga tahdid

Bugun, Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetida “Diniy ekstremizm- yoshlar kelajagiga tahdid” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbiri oʼtkazildi.

Unda Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektor Y.Absoatov, Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning mas’ul xodimi M.Xidirov, O'zbekiston xalqaro islom akademiyasi islomshunos mutaxassislari Y.Axmadxonov, M.Hakimov, universitet profilaktika inspektorlari, dekan o'rinbosarlari, universitet tyutorlari hamda barcha fakultetlardan talabalar ishtirok etishdi.

Tadbirda mehmonlar tomonidan talaba-yoshlarga bugungi kunda dunyoning turli mintaqa va hududlarida avj olayotgan qarama-qarshiliklar, qonli toʻqnashuvlar, musulmon dunyosidagi turli oqimlar oʻrtasida kuchayib borayotgan nizo va ziddiyatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar taqdimot hamda videorolik orqali tushuntirib berildi.

Shu bilan bir qatorda talabalarga tinch va osuda hayotimizni tinchligini asrash har bir insonning burchi ekanligi va doimo ogoh boʻlishimiz zarurligi haqida tushuncha berildi. Uchrashuv davomida talaba – yoshlar o’zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.

TDTU Matbuot xizmati:

✝️ Telegram 💟 Instagram ☮️ Facebook 🌎 tdtu.uz ☸️ YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Vatanparvarlik...

Men bir shaxsiy kuzatuvim haqida gapirib o'tmoqchiman. Ba'zan ust kiyimiga xorij davlatining nomi yoki "Men falon davlatni sevaman" deb yozilgan yigitlarga ko'zimiz tushadi. Shularni suhbatga tortadigan odatim bor. Suhbat orasida harbiy xizmatga borgan-bormaganini so'rab olaman. Hozirgacha birortasi harbiy xizmatga bormagan degan shaxsiy statistikam bor.

To'g'ri, vatanparvar shaxs kamolida biz allani, oilaviy muhitni, ta'limning rolini, ayniqsa, Adabiyot, Tarix, Tarbiya fanlarining o'rnini muhim deb bilamiz. Biroq harbiy xizmatning ahamiyati bir kalla ustunroq, albatta. Birinchidan, harbiy xizmatga borgan yigit jismonana va aqlan ulg'aygan bo’ladi, hammasini ongli ravishda qabul qiladi. Ikkinchidan, u ilk bor o'zini vatanga kerakli inson sifatida his qiladi, burchning muqaddasligini anglaydi.

"Vatan" filmida bir epizod menga juda yoqadi. Bir oyog'i biroz kalta bo'lgani uchun bir yigitni harbiy xizmatga va u orqali urushga olib ketishmaydi. Lekin anavi yigit poyabzali ostiga qo'shimcha poshna qo'ydirib bo'lsa ham harbiyga ketishga harakat qiladi.     Men har bir yigit harbiy xizmatga borishga ana shunday tirishishini xohlayman.

@YusufAbsoatov
👍6