Yusuf ABSOATOV
167 subscribers
619 photos
78 videos
11 files
339 links
Download Telegram
Forwarded from Adpi.uz | Rasmiy kanal
ISHCHI GURUH A'ZOLARINING O'RGANISHI DAVOM ETMOQDA

Avval xabar berganimizdek, Andijon viloyatida yoshlar masalalari bo'yicha respublika ishchi guruhi o'rganish olib bormoqda. Bugun, 22-oktabr kuni Andijon davlat pedagogika institutiga ushbu ishchi guruh vakili Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirining o'rinbosari Absoatov Yusuf Qodirovich tashrif buyurdi.

🔰Tashrif doirasida vazir o'rinbosari institut rektori, prorektorlari, bo'lim boshliqlari, dekanlar va kafedra mudirlari bilan suhbatlashdi. Suhbatda ijtimoiy ma'naviy muhitni yaxshilash, ta'lim sifatini oshirish, talabalar istiqomat qilayotgan ijara xonadonlarini tizimli ravishda o'rganib borish va OTMlar oldida turgan muammolarni o'rganishga qaratilgan muhim masalalar yuzasidan takliflarini bildirdi.

Shundan so'ng, institutning talabalar turar joyida yaratilgan sharoitlar va imkoniyatlarni o'rgandi. Talabalar bandligini ta'minlash maqsadida tashkil etilgan "Talabalar tikuvchilik korxonasi" faoliyati bilan tanishgan vazir o'rinbosari talabalarga yaratilgan bunday qulaylikdan mamnun ekanligini bildirdi.

Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring
🕊 Telegram 📱 Facebook 📱 Instagram 📺 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5
Forwarded from Adu.uz | Rasmiy kanali
#Marafon
#Andijon_yoshlari
#Yangi_marralar_sari

🏛ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETINING TALABALARI MARAFON G'OLIB VA SOVRINDORLARI BO'LDI

🔥Andijon shahrida "Andijon yoshlari - yangi marralar sari!" shiori ostida ommaviy yugurish marafoni bo'lib o'tdi.

🫥Marafon Andijon shahar Oʻzbekiston koʻchasining birinchi qismidan start olib, Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi yonida yakunlanadi.

Ushbu marafonda Andijon davlat universitetining bir guruh talabalari faxrli o'rinlarni qo'lga kiritdilar. Jumladan:

ERKAKLAR O'RTASIDA
:

🥇1-o'rin - Nodirbek Mutalipov
🥈2-o'rin - Oybek Mamatkomilov
🥉3-o'rin - Ma'murjon Mamatazizov

AYOLLAR O'RTASIDA:

🥇1-o'rin - Azizaxon Mirzaakbarova
🥉3-o'rin - Maryam Tojiboyeva

🏆Marafonning golib va sovrindorlari bo'lgan sportchi-yoshlarimiz hamda ularning murabbiylari D.O'ktamov, B.Satqulovlarni Andijon davlat universiteti jamoasi nomidan tabriklaymiz.

©️Andijon davlat universiteti axborot xizmati

🌐Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Web-sayt 💬 Telegram 😇 Facebook 📹 Instagram 📹 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7
Ички ишлар органлари ходимлари ва фахрийларига табрик

Поздравление сотрудникам и ветеранам органов внутренних дел

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
👍1
👍11
#XUSHXABAR

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi raqamlashtirish sohasida 2021-yilga nisbatan 16 pogʻonaga yuqorilab, vazirliklar orasida 2-oʻrinda

Davlat boshqaruvi va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanish, raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni rivojlantirish loyihalarining amalga oshirilishini reytingli baholash tizimi (NIS.UZ)ning 2022-yil 2-chorak natijalari eʼlon qilindi.

Baholash natijasiga koʻra, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi vazirliklar orasida 2-oʻrinni, davlat boshqaruvi organlari orasida esa 4-oʻrinni qayd etib, “yashil” roʻyxatga kiritildi.

Bu esa oliy taʼlim tizimiga axborot texnologiyalarini joriy etish, bunda taʼlim jarayonlarida korrupsiyagen holatlar oldini olish, inson omilining har qanday aralashuviga chek qoʻyish, turli hujjatlar tayyorlashning qogʻoz shaklidan butkul voz kechish borasida samarali ishlar qilinganidan darak.

👉Batafsil ushbu havoladi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍7