NAMANGAN VILOYATI YURIDIK TEXNIKUMI
343 subscribers
2.77K photos
405 videos
52 files
1.23K links
Download Telegram
SO'Z MULKINING SULTONI!

🏛 Namangan viloyati yuridik texnikumida hazrat Alisher Navoiy tavalludining 581 yilligiga bag‘ishlangan tadbir bo'lib o'tdi.

🗞 Unda talabalar tomonidan Navoiy qalamiga mansub g‘azal va ruboiylardan namunalar o‘qildi.Tadbirda so‘zga chiqqanlar Navoiy merosining olamshumul ahamiyati, komil shaxs tarbiyasidagi o‘rni haqida so‘z yuritdilar.

📓 E’tirof etish kerakki, Navoiy ijodining yuksak choʻqqisi hisoblangan “Xamsa” asarining o'quvchilar qalbidan chuqur joy olgani, so'z mulkining sultoni xotirasiga ko‘rsatilgan ehtiromning  yorqin bir ifodasi bo'ldi.

@yurkl
@yuridik_klinik
🔰 Namangan viloyat sudining Fuqarolik ishlari bo'yicha sudlov hay'ati raisi  A. Safoyev bilan uchrashuv bòlib òtdi.

Dastlab, texnikum direktorining o'quv ishlari bo'yicha 1-o'rinbosari I.Asqarov so'z olib 1-kurs o'quvchilarini "Korrupsiyaga qarshi kurash-zamon talabi" mavzusida tashkil etilgan mazkur uchrashuvda faol ishtirok etishga chaqirdi.

📌 Shundan so'ng Fuqarolik ishlari bo'yicha sudlov hay'ati raisi A. Safoyev tomonidan korrupsiya qonun ustuvorligiga, demokratiya va inson huquqlariga, samarali davlat boshqaruviga tahdid solishi, tenglik va ijtimoiy adolat prinsipini buzishi, demokratik institutlar faoliyati va jamiyatning ahloqiy normalarini izdan chiqarishi haqida yig'ilganlarga tuchuncha berildi.

❗️O'zaro savol va javoblar asosida o'tkazilgan bugungi tadbir bahs-munozaralarga boy tarzda yakunlandi.


@yurkl
@yuridik_klinik
Navoiyning so‘fiylik falsafiy-estetik qarashlari qaysi asarida aks etgan?
Anonymous Quiz
20%
Lison ut-Tayr
29%
Mahbub ul-qulub
29%
Hayrat ul-abror
23%
Muhokamatu-l-lug‘atayn
Oʼzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi nechta moddadan iborat?
Anonymous Quiz
28%
297 modda
26%
296 modda
22%
295 modda
24%
294 modda
☝️KUN HIKMATI

Kimda-kim ilm sohasida oldinga intilsa-yu, biroq axloqiy jihatdan orqada qolsa, u inson oldinga qaraganda koʻproq orqaga ketadi.


© Aristotel
☝️KUN HIKMATI

Besh yildan keyin qanday odam boʻlishingizni ikkita asosiy omil aniqlaydi: siz muloqot qilayotgan odamlar va oʻqigan kitoblaringiz.

© R.Sharma

@yurkl
📣 “Yilning eng yaxshi oʻqituvchisi” tanlovining viloyat bosqichi bo'lib o'tdi.

🧑‍🏫👩‍🏫 Namangan viloyati adliya boshqarmasida Namangan viloyati yuridik texnikumining pedagog xodimlari ishtirokida
"Yilning eng yaxshi oʻqituvchisi" nominatsiyasi boʻyicha tanlov o'tkazildi.

☝️Xolislik va shaffoflik asosida tashkil etilgan mazkur tanlovda har bir ishtirokchining chiqishi
viloyat adliya boshqarmasi boshligʻi
X. I. Sabirov boshchiligidagi hududiy komissiya a'zolari
tomonidan baholab borildi.

Tanlov natijasiga ko'ra,
1-o'rin Ommaviy-huquqiy fanlar kafedrasi mudiri G.Egamovaga
2-o'rin Xususiy-huquqiy fanlar kafedrasi mudiri N. Raximovga
3-o'rin Yuristlar uchun ingliz tili fani o'qituvchisi
F. Usmonovaga nasib etdi.

🤝 G'oliblar faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.


👍Tanlovning Respublika bosqichida G. Egamovaga omad tilaymiz!

@yurkl