YURIDIK KLINIKA
199 subscribers
1.67K photos
377 videos
18 files
1.07K links
Assalomu aleykum🤚

👉Ushbu kanalda NamYurTex talabalari tomonidan o'qituvchilar nazorati ostida bepul huquqiy maslahat beriladi.
👉Javoblar ma'lumot xarakteriga ega.
👉Savollar uchun: @Yuridik_klinkbot
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
IJTIMOIY TELEVIZION
LOYIHA.

🎬 29-son


Aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yanada yuksaltirish maqsadida Namangan viloyati yuridik texnikumi hamda Namangan viloyati teleradiokompaniyasining o'zaro hamkorligida tayyorlandi.

🎥 05.04.2022 yil kuni
soat 16:00 da efirga uzatildi.


📥 Murojaat uchun 👇👇👇
@Yuridik_klinkbot
#audio_javob

☝️SO'RAGAN EDINGIZ ...

Assalomu alaykum !
Davlat tashkilotiga 1-mart kuni murojaat qilgandim, shu vaqtgacha murojaatimga javob kelmadi. Meni murojaatimga javob bermagani uchun davlat tashkilotiga qanday chora koʻriladi?

👩‍🎓Yuridik klinikaning faol a'zosi, 103-guruh talabasi Abdullajanova Afruza javob berdi.

Instagram | Facebook | Telegram

📥 Murojaat uchun 👇👇👇
@Yuridik_klinkbot
#glossariy

Davlat muassasalari – bu davlat organlari kabi hokimiyat vakolatiga ega bo‘lmay, davlatning oldida turgan umumijtimoiy vazifalarni bajaruvchi idoralar. Masalan, kasalxonalar, maorif, teatr va boshqalar. Ushbu organlar hokimiyat vakolatiga ega bo‘lmasa-da, lekin jamiyat oldida turgan ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan muhim vazifalarni bajaradi.

Instagram | Facebook | Telegram

📥 Murojaat uchun 👇👇👇
@Yuridik_klinkbot
Tsul Library-1-1.apk
135.6 KB
#tavsiya #elektron_kutubxona

📚 𝗧𝗗𝗬𝗨 𝗲𝗹𝗲𝗸𝘁𝗿𝗼𝗻 𝗸𝘂𝘁𝘂𝗯𝘅𝗼𝗻𝗮𝘀𝗶𝗻𝗶𝗻𝗴 𝗺𝗼𝗯𝗶𝗹 𝗶𝗹𝗼𝘃𝗮𝘀𝗶 𝘆𝗮𝗿𝗮𝘁𝗶𝗹𝗱𝗶.

📖 Mazkur ilova orqali o'zingiz izlagan kitoblarni istalgan joyda topishingiz va mutolaa qilishingiz mumkin.

👨🏻‍💻 Ayniqsa bu ilova Yuridik taʼlim muassasalarida tahsil oluvchi oʻquvchi-talabalar uchun darsliklar, yuridik adabiyotlarni oson topish va oʻqish imkonini beradi.


Instagram | Facebook | Telegram

📥 Murojaat uchun 👇👇👇
@Yuridik_klinkbot
🫂"MANTIQIY BELLASHUV"

Ushbu loyihada qiziqarli va mantiqiy harakterga ega bo'lgan hamda insonni o'ylashga majbur qiladigan huquqbuzarlikga oid muammoli vaziyatlar yuzasidan savol beriladi.

❗️Mazkur belleshuv har haftada 3 marotaba, jami 6 marta o'tkaziladi. Ishtirokchilar tomonidan to'plangan ballar umumiy holatda hisoblanib, loyiha so'ngida e'lon qilinadi.

⚠️ Ushbu bellashuvda barcha to'g'ri javob bergan ishtirokchilarimizning nomlari e'lon qilinadi va birinchi berilgan 10 ta to'g'ri javob qabul qilinib, ularga ball beriladi.

🤝 Eng yuqori natijani qo'lga kiritgan 3 nafar g'olib maxsus diplom bilan taqdirlanadi.

👉 Ko'p sonli insonlarning talablariga binoan BILIMLAR MUSOBAQASIning navbatdagi loyihasi bugun 7-aprel sanasida soat 10:00 da boshlanadi va 13:00 gacha davom etadi.

Javoblar bizning telegram botimizga yuboriladi.

📥 Murojaat uchun 👇👇👇
@Yuridik_klinkbot
UYISHTIRILGAN AVTOHALOKAT

XX asrning eng kuchli izquvari hisoblangan Dueyn Pinkerton dam olish kuni togʻ yoʻli boʻylab mashinasida muhim ishni hal qilish uchun ketarkan, bir jarlikka tushib ketgan eski mashinani koʻrib, mashinani to'xtatdi. Shu payt qayerdandir bir odam tayoqga suyanib, choʻloqlangancha kelib qoldi. U chuqurga tushib ketgan mashinaning egasi ekanini, yoʻl belgisi boʻlmagani uchun mashinasi jarga tushib ketgani, va mashina qulayotganida oʻzi arang sakrab tushganini aytdi.

Dueyn Pinkerton chuqurlikga tushib, pachoqlangan mashinaning hamma tomonini koʻzdan kechirdi. Mashina ancha eski ekanligini payqagan edi. Pakana haydovchi mashinani katta pulga sugʻurta qildirganini, shu bois sugʻurta hujjatlarini rasmiylashtirishda
Dueyn Pinkerton guvoh sifatida ishtirok etishni soʻradi.

– Bu mening vazifam, – dedi Dueyn Pinkerton
– Faqat mashinaningiz yukxonasini koʻrsam boʻladimi?
– Boʻlmasam-chi, – pakana choʻntagidan kalitni olib uzatdi. – Bemalol koʻrishingiz mumkin.

Dueyn Pinkerton avval mashinining salonini koʻzdan kechirdi. Keyin yukxonani ochdi. Yukxonada boʻsh kanistr, himoya nimchasi, mashinaning ehtiyot qismlari va asbob-uskunalar saqlanadigan chamadondan boshqa hech nima yoʻq edi. Lekin unga nimadir kamdek tuyuldi.

-Tinchlikmi dedi shu payt haydovchi

– Yaxshi, – deya Dueyn Pinkerton yukxonani yopdi.
– Qoyil ! Hammasini puxta oʻylabsiz, lekin sizga sugʻurta hujjatini rasmiylashtirishda emas, sudda yengilroq jazo olishingizga yordam berishim mumkin.
-Shu payt mashina egasi bu nima deganiz deya jaxl bilan Dueyn Pinkertonga gapirdi
-Chunki eski mashinangiz uchun sugʻurta kompaniyasidan kattagina pul undirish maqsadida avtohalokatni qasddan uyushtirganingiz koʻrinib turibdi.

Shu payt Dueyn Pinkerton ko'rsatib bergan dalillardan keyin mashina egasi hech narsa deya olmadi.

Savol:
Izquvar uning nayrangini qanday fosh qilgan boʻlishi mumkin?

⚠️ Javoblar soat 13:00 ga qadar telegram botimiz orqali qabul qilinadi.

📥 Murojaat uchun 👇👇👇
@Yuridik_klinkbot

Instagram | Facebook | Telegram
🏆 “MANTIQIY BELLASHUV" loyahasining bugungi bosqichida 27 nafar ishtirokchi qatnashdi.

Ushbu mantiqiy bellashuvda to'g'ri javob yo'llagan bilimdonlar bilan tanishing;


🥇Saida'lo Ahmedov - 201-gurh
🥈Boqijanov Azamat- 101-guruh
🥉Ismoilova Dilnavo -102-guruh
4. Abdullajanova Afruza- 103-guruh
5. Qoraboyev Azizbek - 103-gruh
6. Abdurasulov Abdulaziz - 102-guruh
7. Abdulxoshim Turg'unboyev -103-guruh

☑️ To'g'ri javob:

Haydovchi kalitni choʻntagidan olib, izquvarga tutqazadi. Mashina salonida kalitning ikkinchi nusxasi yoʻq edi. Mashina haydovchi aytgandek, kutilmaganda jarga qulaganida kalit mashinaning oʻzida qolishi kerak edi. U shu kalitni ko'rish uchun mashina saloniga qaraydi.


⚠️ Eslatib o'tamiz, o'rinlarni aniqlashda javoblarni yuborish vaqti (birinchilardan javob bergan) va to'g'riligi e'tiborga olindi. Shuningdek birdan ko'proq javob varianti berganlarni javobi qabul qilinmadi.


🎉 Bugungi sinov g'oliblarini tabriklaymiz!

Siz bilan shanba 9-aprel kuni soat 10:00 da "Mantiqiy bellashuv" loyihasining navbatdagi bosqichida Yuridik klinikaning telegramdagi rasmiy kanalida UCHRASHAMIZ🖐



📥 Murojaat uchun 👇👇👇
@Yuridik_klinkbot

Instagram | Facebook | Telegram
Savol : Assalomu alaykum. Davlat idorasida ishlaydiganlarga bola puli berilmaydimi?

Javob: Va aleykum assalom. “Kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomning 2-bandida “Nizomning fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan bola parvarishi boʻyicha nafaqa tayinlash .....

Batafsil

👨‍🎓 Savolga yuridik klinikaning faol a'zosi hamda yuridik texnikumning 103 -guruh o'quvchisi Abdulxoshim Turg'unboyev javob berdi.

Instagram | Facebook | Telegram

📥 Murojaat uchun 👇👇👇
@Yuridik_klinkbot
#audio_javob

☝️SO'RAGAN EDINGIZ ...

Assalomu alaykum!
Men 3 уil bo'ldi davlat tashkilotida qorovul bo'lib ishlayman.Raxbarimizni
singlisining turmush o‘rtog‘iman. Qarindoshligimiz uchun rahbar meni ishdan bo‘shatmoqchi. Shu to'g'rimi?



👨‍🎓
Yuridik klinikaning faol a'zosi, 101 -guruh talabasi Nosirxonov Abdumo'minxo'ja javob berdi.


📥 Murojaat uchun 👇👇👇
@Yuridik_klinkbot

Instagram | Facebook | Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
IJTIMOIY TELEVIZION
LOYIHA.

🎬 30-son

Aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yanada yuksaltirish maqsadida Namangan viloyati yuridik texnikumi hamda Namangan viloyati teleradiokompaniyasining o'zaro hamkorligida tayyorlandi.

🎥 06.04.2022 yil kuni
soat 16:00 da efirga uzatildi.


📥 Murojaat uchun 👇👇👇
@Yuridik_klinkbot
☝️Amir Temur shaxsini idrok etish–tarixni idrok etish demakdir!

🤴Buyuk ajdodlar hayotini oʻrganish, ularning boy madaniy merosini targʻib qilish va bu orqali yoshlarning bilim va tafakkurni oshirish maqsadida 
"Ommaviy va huquqiy fanlar" kafedrasi tashabbusi bilan
buyuk davlat arbobi, ilm-fan va bunyodkorlik homiysi Sohibqiron Amur Temur tavvaludining 686 yilligiga bag'ishlab
, Namangan viloyati yuridik texnikumining
1 va 2-bosqich talablari o'rtasida BUGUN soat 15:30da "TEMUR TUZLUKLARI"ga oid o'zaro bellashuv bo'lib o'tadi.

Barchani ushbu bellashuvga taklif etamiz!


📥 Murojaat uchun 👇👇👇
@Yuridik_klinkbot
🫂"MANTIQIY BELLASHUV"

Ushbu loyihada qiziqarli va mantiqiy harakterga ega bo'lgan hamda insonni o'ylashga majbur qiladigan huquqbuzarlikga oid muammoli vaziyatlar yuzasidan savol beriladi.

❗️Mazkur belleshuv har haftada 3 marotaba, jami 6 marta o'tkaziladi. Ishtirokchilar tomonidan to'plangan ballar umumiy holatda hisoblanib, loyiha so'ngida e'lon qilinadi.

⚠️ Ushbu bellashuvda barcha to'g'ri javob bergan ishtirokchilarimizning nomlari e'lon qilinadi va birinchi berilgan 10 ta to'g'ri javob qabul qilinib, ularga ball beriladi.

🤝 Eng yuqori natijani qo'lga kiritgan 3 nafar g'olib maxsus diplom bilan taqdirlanadi.

👉 Ko'p sonli insonlarning talablariga binoan BILIMLAR MUSOBAQASIning navbatdagi loyihasi bugun 9-aprel sanasida soat 10:00 da boshlanadi va 13:00 gacha davom etadi.

Javoblar bizning telegram botimizga yuboriladi.

📥 Murojaat uchun 👇👇👇
@Yuridik_klinkbot

Instagram | Facebook | Telegram
Dono Vazir

Voqea oʻrta asrlarda roʻy bergan. Qirol juda olijanob inson boʻlib, bu yurtda jinoyatga kamdan-kam qoʻl urilardi. Eng ogʻir jinoyatni sodir etgan kimsa umrbod qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin edi.

Qirolning yoshi oʻtib qolganiga qaramay, oʻgʻli yoʻq edi. Kunlarning birida uning xotini pahlavondek oʻgʻil tugʻdi. Mamlakatning shahar va qishloqlarida valiahd tugʻilgani sharafiga ziyofatlar berildi.

Qirol shu kuniyoq mamlakat hududidagi barcha qamoqxonalarda saqlanayotgan mahbuslarning jazo muddatini shu kungacha oʻtalmagan qismini teng yarmiga qisqartirish haqida farmon chiqardi.

Mahbuslarga oid hujjatlar qayta koʻtarilib, ularning jazo muddati qisqartirila boshladi: oʻn yili qolganlar uchun besh yil, bir yili qolganlar uchun olti oy...

Faqat birgina keksa mahbusning jazo muddatini qisqartirish masalasini koʻrib chiqishda muammo yuzaga keldi. Mahbuslar orasida faqat ugina umrbod ozodlikdan mahrum etilgandi.

U umrining 27-yilini hibsda oʻtkazgandi. Xoʻsh, unga belgilangan jazoning oʻtalmay qolgan qismi qanday aniqlanadi? Axir uning qancha umri qolganini hech kim bilmasa?

Bu masalaga uzoq muhokamalardan soʻng nihoyat yechim topildi. Uning dono bosh vaziri gʻayrioddiy usulni taklif etdi va shu bilan mahbus cholga nisbatan antiqa qaror chiqarildi. Bu qaror haqiqatdan ham adolatli bo'ldi.


Savol:
Oʻylab koʻring-chi, vazir qanday usul taklif etgan?

⚠️ Javoblar soat 13:00 ga qadar telegram botimiz orqali qabul qilinadi.

📥 Murojaat uchun 👇👇👇
@Yuridik_klinkbot

Instagram | Facebook | Telegram

📥 Murojaat uchun 👇👇👇
@Yuridik_klinkbot
☝️MUROJAATLAR BILAN
QANDAY ISHLAYMIZ!


Namangan viloyati yuridik texnikumining Yuridik klinikasi rahbari I.Sobirova tomonidan
1-bosqich talabalari uchun "Murojaatlar bilan ishlash" mavzusida seminar-trening o'tkazildi.

Unda murojaatlar bilan ishlash qoidalari va mijozlarga huquqiy maslahat berishda huquqiy manbalardan foydalanish tartibi hamda kazus echimini topishda qo'llaniladigan usullar haqida amaliy tushuncha berildi.


📌 Mashg'ulotdan ko'zlangan asosiy maqsad, Yuridik klinikaning 1-kurslardan iborat a'zo o'quvchilarni sohaga oid bilimlarini mustahkamlashdan t iborat.

🤝 Oquv mashg'ulotlari davom etadi...

Instagram | Facebook | Telegram

📥 Murojaat uchun 👇👇👇
@Yuridik_klinkbot
#bu_kun

🎉 Bugun, 2022-yil 9-aprel kuni, yurtimizda ikkita muhim sana nishonlanmoqda:

▫️
Buyuk sarkarda Amir Temur tavalludining 686 yilligi;

▫️ Qoraqalpogʻiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 29 yilligi
.

📥 Murojaat uchun 👇👇👇
@Yuridik_klinkbot

Instagram | Facebook | Telegram
🏆 “MANTIQIY BELLASHUV" loyahasining bugungi bosqichida 34 nafar ishtirokchi qatnashdi.

Ushbu mantiqiy bellashuvda to'g'ri javob yo'llagan bilimdonlar bilan tanishing;

🥇Boqijonov Azamat - 101-guruh
🥈 Abdullajanova Afruza - 103 - guruh
🥉Nosirxonov Abdumo'minxo'ja- 101- guruh
4. Qoriyev Rahimjon - 201- guruh
5. Ismoilova Dilnavo - 102-guruh
6. Abdulxoshim Turg'unboyev- 103-guruh
7. Iqboljon Xabibullayev - 101 - guruh

☑️ To'g'ri javob:

Keksa mahbusni to vafot etguniga qadar bir kun hibsda, bir kun ozodlikda saqlash haqida taklif bergan.


⚠️ Eslatib o'tamiz, o'rinlarni aniqlashda javoblarni yuborish vaqti (birinchilardan javob bergan) va to'g'riligi e'tiborga olindi.

🎉 Bugungi sinov g'oliblarini tabriklaymiz!

Siz bilan payshanba 12- aprel kuni soat 10:00 da "Mantiqiy bellashuv" loyihasining navbatdagi bosqichida Yuridik klinikaning telegramdagi rasmiy kanalida UCHRASHAMIZ🖐


📥 Murojaat uchun 👇👇👇
@Yuridik_klinkbot
Savol: Assalomu aleykum. Otam Afg'on urushi qatnashchisi. Afg'on urushi qatnashchilariga hozirgi kunda qanday imtiyozlarga ega? Iltimos shu haqida to'liqroq ma'lumot bersangiz.

Javob: "Davlat boji to'g'risida"gi qonuning11-moddasiga muvofiq Afg'on urushi qatnashchilari Notarial harakatlar amalga oshirilganda davlat bojini to‘lashdan ozod etilgan....

Batafsil

Savolga yuridik klinikaning faol a'zolari hamda yuridik texnikumning 103 - guruh o'quvchilari Abdulxoshim Turg'unboyev, Abdullajonova Afruza ,
102-guruh o'quvchisi Abdurasulov Abdulaziz va 101-guruh o'quvchisi Tursunova Marg'ubaxon o'zaro hamkorlikda javob berishdi

Instagram | Facebook | Telegram

📥 Murojaat uchun 👇👇👇
@Yuridik_klinkbot
☝️ SO'RAGAN EDINGIZ

Assalomu aleykum. Bir savol bilan murojaat qilmoqchiman. Yaqinda dorixona dan bir talay dori olgandim. Doktorlarning xatosi tufayli dorilarning yarmini qaytarishga toʻgʻri keldi. Ammo Dorixona xodimlari dorilarni qaytarib olishmayapti. Nima qilsam boʻladi.

Javob

Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi qonunning 18-moddasiga asosan:

Iste’molchi maqbul sifatli nooziq-ovqat tovarini xarid qilgan kunidan e’tiboran oʻn kun ichida ushbu tovar sotib olingan joydagi sotuvchidan uni ayni shunday tovarga almashtirib olishga bunday tovar sotuvda boʻlmasa, pulini qaytarib olishga haqli.
Almashtirib olish tartibi va almashtirib berilmaydigan tovarlar roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tasdiqlaydigan qoidalar bilan belgilanadi.

Etibor bering! Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi 185-son Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni ulgurji realizatsiya qilish tartibi toʻgʻrisida Nizomning 39- bandiga asosan . Dorixonalardan realizatsiya qilingan dori vositalari va tibbiy buyumlar qaytarib olinmaydi va shunga oʻxshash dori vositalari va tibbiy buyumlarga almashtirilmaydi
.

Demak, yuqorida keltirilgan asoslarga koʻra, siz dori vositalarini qaytarib olishga haqli emassiz.

👨‍🎓👨🏻‍🎓Savolga yuridik klinikaning faol a'zolari hamda yuridik texnikumning 103 - guruh o'quvchisi Abdulxoshim Turg'unboyev va 102-guruh o'quvchisi Abdurasulov Abdulaziz hamkorlikda javob berishdi.

Instagram | Facebook | Telegram

📥 Murojaat uchun 👇👇👇
@Yuridik_klinkbot
#malumot

⁉️ O'zbekiston Respublikasi vazirliklari haqida ma'lumot

,,Yangi O'zbekiston'' davrida 3 ta vazirlik yangilandi, 11 ta vazirlik yangitdan tashkil qilindi, 10 ta vazirlik oldingi epoxa davridan beri mavjud.

🔹Avvaldan mavjud boʻlgan vazirliklar:


1. Tashqi ishlar vazirligi

2. Adliya vazirligi

3. Mudofaa vazirligi

4. Ichki ishlar vazirligi

5. Moliya vazirligi

6. Sogʻliqni saqlash vazirligi

7. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

8. Xalq taʼlimi vazirligi

9. Favqulodda vaziyatlar vazirligi

10. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

🔹Yangilangan vazirliklar:

11. Iqtisodiyot va sanoat vazirligi

12. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

13. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

🔹Yangi tashkil etilgan (boʻlingan, ajralib chiqqan) vazirliklar:

14. Qishloq xoʻjaligi vazirligi

15. Suv xoʻjaligi vazirligi

16. Maktabgacha taʼlim vazirligi

17. Madaniyat vazirligi

18. Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

19. Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi

20. Innovatsion rivojlanish vazirligi

21. Qurilish vazirligi

22. Transport vazirligi

23. Energetika vazirligi

24. Mahalla va oila masalalari vazirligi (endi tuziladi)

🔹Bundan tashqari, 10 ta davlat qoʻmitasidan 3 tasi yangi tashkil qilindi.

🔹Shuningdek, 6 ta davlat inspeksiyasi, 4 ta oddiy inspeksiya, 9 ta agentlik, 4 ta qoʻmita, 3 ta markaz faoliyat yuritadi.

Instagram | Facebook | Telegram

📥 Murojaat uchun 👇👇👇
@Yuridik_klinkbot