#Bildirish

1-YANVARDAN NIMALAR O'ZGARADI?

Pensionerga hisoblangan, ammo o'z vaqtidan olinmagan pensiyani to'lash muddati uzaytiriladi;

ma'muriy sudlarda davlat boji ishni ko'rib chiqish natijasiga ko'ra aybdor tarafdan undiriladi;

bir necha shaharlarda yo'lovchilarni tashish brutto-shartnoma asosida tashkil etiladi;

garov bilan ta'minlangan talablarni qanoatlantirish tizimi yanada takomillashtiriladi;

pedagogik kasbga birinchi marta ishga qabul qilinganlar kasbiy sertifikatlanadi;

ayrim pedagog kadrlarga malaka toifasini berishning yangi tartibi joriy qilinadi;

maktab direktorlari har 5 yilda kasbiy sertifikatsiyalanadi;

ichimlik suvidan foydalanish bo'yicha “Tejamkor uy” reyting tizimi ishga tushiriladi;

yangi obyektlarni loyihalashtirishda chang-gaz tozalash uskunalari o'rnatilishi ko'zda tutilmagan loyihalar ekologik ekspertizadan o'tkazilmaydi;

uy sharoitida daraxt ko'chatlarini yetishtirish o'zini-o'zi band qilish hisoblanadi;

mikroqarzlarning eng yuqori miqdori 100 million so'mgacha oshiriladi;

ayrim poyezdlarda yo'lovchilarni tashish xizmati tariflari davlat tomonidan tartibga solinmaydi;

professional futboldagi faoliyatini yakunlagan futbolchilarga imtiyozli kredit ajratiladi;

maktablarning qabul rejasi my.maktab.uz elektron platformasi orqali shakllantiriladi;

kichik tadbirkorlarga o'zlari ishlab chiqargan tovarlarni davlat buyurtmachilariga to'g'ridan-to'g'ri sotishga ruxsat beriladi;

ayrim tibbiy xizmatlar davlat byudjeti hisobidan nodavlat tibbiyot tashkilotlari tomonidan ko'rsatilishiga ruxsat beriladi;

baliqchilik loyihalari uchun garovsiz kredit ajratiladi;

ko'p kvartirali uylardagi ko'chmas mulk uchun majburiy badallarning eng kam miqdori vazirlik tomonidan belgilanadi;

“Jarima maydonchasi” axborot tizimi ishlab chiqiladi;

kredit qarzdorligini undirish bo'yicha sudning hal qiluv qarori chiqarilganda, foizlar va neustoyka hisoblanishi to'xtatiladi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bildirish

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 1-iyundagi PF-82-son Farmoniga muvofiq, 2024-yil 1-yanvardan boshlab ijtimoiy to‘lovlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tasarrufiga o‘tkazildi.

Bunda, ijtimoiy to‘lovlar uchun ariza berish, ularni ko'rib chiqish, tayinlash va to'lashning amaldagi taribi saqlab qolingan holda, endilikda mazkur ijtimoiy to'lovlar bilan bog'liq barcha savollaringizga Toshkent viloyatida joylashgan "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazlariga murojaat qilishingiz mumkin.

Shahar va tumanlardagi "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazlarining manzili:

Angren shahri "Inson" ijtimoyi xizmatlar markazi

Bekobod shahri "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi

Nurafshon shahri "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi

Ohangaron shahri "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi

Olmaliq shahri "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi

Yangiyo'l shahri "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi

Chirchiq shahri "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi

Bo‘ka tumani "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi

Bo‘stonliq tumani "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi

Bekabod tumani "Inson" ijtimoyi xizmatlar markazi

Ohangaron tumani "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi

O‘rtachirchiq tumani "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi

Quyi Chirchiq tumani "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi

Yangiyo‘l tumani "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi

Oqqo'rg'on tumani "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi

Yuqori Chirchiq tumani "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi

Qibray tumani "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi

Chinoz tumani ‘‘Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi

Piskent tumani "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi

Zangiota tumani "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi

Parkent tumani "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi

Toshkent tumani "Inson"  ijtimoiy xizmatlar markazi


🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
#Bildirish

Yurtimizda 16-18 mart kunlari umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi

Mamlakatimizda “Navro'z” umumxalq bayramini nishonlash hamda muborak Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish, atrofni obodon holga keltirish, sog‘lom turmush tarzi, sanitariya-gigiyenik madaniyatni targ‘ib qilish, shuningdek, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini qo‘llab-quvvatlash maqsadida, joriy yilning 16-17-18 mart kunlari “Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostidagi umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi.

Shuningdek, umumxalq hasharida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi ko‘kalamzorlashtirish tadbirlarini davom ettirish, respublika boʻylab mahallalar, aholi turar joylari, xiyobonlar, ziyoratgohlar, qabristonlar hamda bolalar maydonchalarini obodonlashtirish koʻzda tutilgan.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
#Bildirish

Viloyatning 20 mingga yaqin ko‘chmas mulk obyektlari Yangi Toshkent hududiga o‘tmoqda

Toshkent viloyatidan Yangi Toshkent hududiga o‘tayotgan umumiy obyektlar soni jami 19 723 tani tashkil etmoqda. Shundan:

🔹Turar joylar - 18 773 ta;
🔹Noturar joylar - 891 ta;
🔹Ko‘p qavatli uylar - 52 ta
;

Jumladan, Yuqori Chirchiq tumanidan 6 556 ta, O'rta Chirchiq tumanidan jami 3 167 ta obyekt o`tkazilmoqda.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitte‌‌
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bildirish

Ehtiyojmand xotin-qizlarga grantda o‘qish uchun qo`shimcha tavsiyanoma berish boshlandi

👉 Batafsil

Telegram🌐Website📹YouTubeFacebook🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bildirish
#yoshlar_oyligi

⚡️Toshkent viloyatidagi tuman va shaharlar bo‘ylab Yoshlar festivallari bo‘lib o‘tadi!

Yoshlar oyligi doirasida joylarda turli madaniy-maʼrifiy tadbirlar, sport bellashuvlari, intellektual o‘yinlarni tashkil etiladi.

Shuningdek, yoshlar uchun sayillar, qiziqarli badiiy dasturlar namoyish etiladi.

Jumladan, joriy yilning 24-iyun  soat 19:00 da Yuqori Chirchiq tumanida “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!" shiori ostida Yoshlar sayli o‘tkaziladi.

SOAT 10:00 – 18:00 gacha:

-Shaxmat bahslari;
- Sport musobaqalari;
- Interaktiv o'yinlar;
-
Ustoz AI";
- "Ibrat farzandlari";
- “Mutolaa”;
-"Uz Chess"
kabi loyihalar doirasida uchrashuvlar tashkil etiladi.

Shuningdek, soat 19:30dan boshlab gala konsert dasturi bo‘lib o‘tadi.

Festival doirasidagi tadbirlarda barchangiz ishtirok etishingiz mumkin.
#Bildirish

❗️Hurmatli viloyatimiz aholisi va mehmonlari!

Joriy yilning 16-iyun kuni masjidlarda o'qiladigan Hayit namozini yuqori saviyada va tartibli oʻtkazish, fuqarolarga zarur shart-sharoit yaratish va ularning xavfsizligini taʼminlash maqsadida soat 00:00 dan 7.00 gacha quyidagi manzillarda avtotransport vositalarining harakati toʻliq cheklanadi.

⛔️ Toshkent tumani:

"Bahor" MFY Hasanboy koʻchasi,
"Fayzobod" MFY Keles yoʻli koʻchasi,
"Koʻkterak" MFY Anorboyev koʻchasi,
"Zah ariq" MFY Bobur koʻchasi,
"Oltintepa" MFY Shifobaxsh suvlar.

⛔️ Chirchiq shahri:

"Gulzor" MFY Ellik yillik koʻchasi,
"Hamza" MFY Zakovat koʻchasi,
"Maʼrifat" MFY Billur koʻchasi.

⛔️ Boʻstonliq tumani:

"S.Rahimov" MFY A.Ikromov koʻchasi,
"Tovoqsoy" MFY Pargos koʻchasi,
"Chorbog" MFY Xoʻjakent koʻchasi,
"Iskandar" MFY Furqat koʻchalari.

⛔️ Parkent tumani:

"Beshkapa" MFY Tanovar koʻchasi,
"Markaziy" MFY Parkent koʻchasi,
"Chinorli" MFY Kattabogʻ koʻchasi,
"Boyqozon" MFY M.Yusupov.

⛔️ Yuqori Chirchiq tumani:

"Fayzobod" MFY Tinchlik koʻchasi,
"Ittifoq" MFY Mustaqillik koʻchasi,
"Qizilsoy" MFY Buyuk ipak yoʻli.

⛔️ Angren shahri:

"Bogʻisurg" MFY Maʼrifat koʻchasi.

⛔️ Olmaliq shahri:

"Ramazon" MFY Ipak yoʻli koʻchasi,

⛔️ Ohangaron tumani:

"Oʻzbekiston" MFY Maktab koʻchasi,
"Koʻksaroy" MFY Koʻksaroy koʻchasi.

⛔️ Piskent tumani:

"Moʻminobod" MFY Avlaviya koʻchasi,

⛔️ Nurafshon shahri:

"Oppoq" MFY Toshkent koʻchasi,
"Gulzor" MFY Oxunboboyev koʻchasi.

⛔️ Bekobod tumani:

"Boʻston" MFY Al-Buhoriy koʻchasi,
"Bobur" MFY Mustaqillik koʻchasi.

⛔️ Bekobod shahri:

"Buloq ariq" MFY Istiqlol koʻchasi,
"Muqumiy" MFY Muqumiy koʻchasi.

⛔️ Oqqoʻrgʻon tumani:

"Birlik" MFY Oybek koʻchasi.

⛔️ Zangiota tumani:

"Eski qala"MFY Amir Temur koʻchasi,
"Eshonguzar" MFY Mustaqillik koʻchasi,
"Gulbog" MFY Amir Temur koʻchasi,
"Abdujalilbob" mahallasi Amir Temur.

⛔️ Quyichirchiq tumani:

"Xoʻja" MFY Nodirabegim koʻchasi,
"Tinchlik" MFY Аzimov koʻchasi,
"Yilqichi" MFY Yilqichi koʻchasi.

⛔️ Yangiyoʻl shahari:

H.Alimjanov koʻchasi,
Oltinobod koʻchasi.

⛔️ Yangiyoʻl tumani:

"Yoshlik" MFY Samarqand koʻchasi,
"Gʻalaba" MFY Qorasuv koʻchasi.

⛔️ Chinoz tumani:

"Yaxshi niyat" MFY Samarqand koʻchasi,
"Hoʻja" MFY Ohunboboyev koʻchasi.

❗️Shu bilan bir qatorda sharoit taqozo etganda viloyatimizdagi boshqa koʻchalar ham qisman yopilishi mumkinligini maʼlum qilamiz.

Telegram🌐Website📹YouTubeFacebook🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bildirish #Notification #Уведомление

Parkent. 23-24-avgust. Uzum sayliga marhamat!
_____

PARKENT. August 23-24.
Welcome to the grape festival!
______

Паркент. 23-24 августа. Добро пожаловать на фестиваль виноградарства!

Telegram🌐Website📹YouTubeFacebook🕊Twitter
#Bildirish #Объявление

Jurnalist va blogerlar hamda Oʻzbekistonda akkreditatsiyadan oʻtgan xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari diqqatiga!

Sizlarni Toshkent viloyatining Parkent tumani Zarkent qishlog`ida joriy yil 23-24-avgust kunlari oʻtkaziladigan “Uzum sayli” xalqaro vinochilik festivaliga taklif etamiz.

Xalqaro darajadagi tadbirga qiziqish kattaligini inobatga olib, turli noqulayliklarning oldini olish maqsadida akkreditatsiyadan oʻtgan jurnalistlarga maxsus ruxsatnomalar beriladi.

Tadbirda ishtirok etish uchun jurnalist va blogerlar bugun roʻyxatdan oʻtishlari mumkin.

Qoʻshimcha maʼlumot uchun telefonlar:

📞 95 160 44 06

Toshkent viloyati hokimligi Axborot xizmati.

________________

Вниманию журналистов и блогеров, а также аккредитированных в Республике Узбекистан представителей иностранных средств массовой информации!

Приглашаем вас на Международный фестиваль виноградарства и виноделия “Uzum sayli”, который пройдёт 23-24 августа сего года в кишлаке Заркент Паркентского района Ташкентской области.

Учитывая тот факт, что внимание к этому мероприятию международного уровня высок, а также в целях избежать различные неудобства, получившим аккредитацию журналистам будут выдавать специальные пропуска.

Для участия в этом фестивале журналисты и блогеры должны пройти регистрацию сегодня.

Номер телефона для получения дополнительной информации:

📞 95 160 44 06

Пресс-служба хокимията Ташкентской области.

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
#Bildirish #Announcement #Уведомление

Toshkent viloyatidan yana 14 ta mahalla qisman Yangi Toshkent hududiga o‘tkazilmoqda

👉 Batafsil
__

Another 14 mahallas from Tashkent Region are being partially transferred to the Yangi Tashkent area

👉 In detail
___

Ещё 14 махаллей Ташкентской области частично переходят под юрисдикцию «Нового Ташкента»

👉 Подробно

Telegram 🌐Website 📹YouTube 📸 InstagramFacebook 🕊Twitter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Bildirish #Announcement

Bugundan subsidiya uchun arizalar berish boshlanadi!

Subsidiya uchun kimga murojaat qilinadi?

Subsidiya olish uchun davlat xizmatlari markazi yoki Yagona intaraktiv davlat xizmatlari
portali orqali ariza beriladi.
__________

Starting today, applications for subsidies will be accepted

To whom to apply for Subsidy?!

To obtain a subsidy, applications can be submitted via the State Services Center or the Unified Interactive State Services
Portal.

Telegram 🌐Website 📹YouTube 📸 InstagramFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bildirish #Уведомление

15-noyabrdan 15-dekabrgacha “Yongʻin havfsizligi oyligi” etib belgilandi

Toshkent viloyati hududida sodir boʻlishi
mumkin boʻlgan yongʻinlarni oldini olish, aholi xavfsizligini taʼminlash va profilaktik tadbirlarni tashkil etish maqsadida joriy yilning 15-noyabrdan 15-dekabrgacha “Yongʻin havfsizligi oyligi” oʻtkaziladi.

Aytish mumkin, viloyat hududida joriy yil boshidan buyon 845 ta yongʻin sodir boʻlganini qayd etish mumkin. Oqibatida 4 nafar fuqaro turli xildagi tan jarohatlari va 6 nafar fuqaroning vafot etdi. Tahlillarga asosan, sodir boʻlgan yongʻinlarning asosiy qismi aholi yashash uylariga toʻgʻri kelib, fuqarolar tomonidan yongʻin xavfsizligi qoidalariga rioya qilmasliklari oqibatida kelib
chiqmoqda.

Shunday ekan, barchani ogohlikka chaqirib qolamiz!
__________

С 15 ноября по 15 декабря пройдёт "Месячник пожарной безопасности"

В целях предотвращения возникновения возгораний и пожаров, обеспечения безопасности населения и организации профилактических мероприятий с 15 ноября по 15 декабря текущего года в Ташкентской области объявлено о проведении "Месячника пожарной безопасности".

Стоит отметить, что на территории Ташкентской области в текущем году зафиксировано 845 пожаров. В результате которых телесные повреждения различной степени получили 4 человека, 6 человек погибли.

Анализ показал: основная часть возгораний произошла в жилых домах и стала результатом нарушений гражданами правил пожарной безопасности.

Учитывая эти факты, призываем сограждан проявлять бдительность!

Telegram 🌐Website 📹YouTube 📸 InstagramFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bildirish #Announcement #Уведомление

Toshkent viloyati chiqindi poligonlarining xizmat
narxi oshirildi
_____

The service fees of waste landfills in the Tashkent region
are increased
____

Увеличена плата за услуги, предоставляемые мусоросборными полигонами Ташкентской области

Telegram 🌐Website 📹YouTube 📸 InstagramFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM