Audio
#Dayjest

Seshanba - Hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari va yoshlar bilan uchrashuvlar oʻtkazish kuni.

🔘
Yangiyoʻl shahri. Navbatdagi muloqotda sektor rahbarlari hudud yoshlarining bandlik, tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish uchun kredit va yer olish kabi turli murojaatlariga javob berishdi.

🔘Olmaliq shahri. Shahar sektor rahbarlarining yoshlar bilan navbatdagi uchrashuvida “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 17 nafar yoshga bir marotabalik moddiy yordam va shaharda oʻtkazilgan “Hokim kubogi” musobaqalarida qatnashib, oʻrin olganlarga sovgʻalar topshirildi.

🔘Chinoz tumani. “Yovvosh” mahallasilik Toʻrabek Parmonov, Maftuna Toʻlaganova hamda Bibigul Pirmatovalar mahalladagi hokim yordamchisining koʻmagida oʻz tadbirkorlik faoliyatlarini boshladilar.

🔘Toshkent tumani. Mahallalardagi hokim yordamchilari tomonidan oʻtkazilgan xatlov davomida aniqlangan vaqtincha ishsiz hamda oʻzini oʻzi band qilish uchun hunar egallagan ayollarga subsidiya asosida tikuv mashinalari tarqatildi.

🔘Piskent tumani. Tuman hokimining yoshlar vakillari bilan bu galgi uchrashuvi odatdagidan noanʼanaviy shaklda oʻtdi.

🔘Nurafshon shahri. Yangi tizim asosida hududlarni mahallabay rivojlantirish imkoniyati “Chigʻiriq” mahallasidagi hokim yordamchici Odiljon Ataullayev faoliyatida ham aks etmoqda.

🔘Parkent tumani. Tuman hokimi Shohrux Shoahmedov Zarkent qishlogʻidagi uch mahallaning hokim yordamchilari faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

🔘Yuqori Chirchiq tumani. “Taraqqiyot” mahallasining ichki koʻchalari “Tashabbusli byudjet” loyihasi doirasida asfaltlashtirilmoqda.

📹DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RISH
Audio
#dayjest

Juma — Qurilish sohasidagi muammolarni oʻrganish, investitsiya obyektlarida qurilish jarayonlari bilan tanishish kuni. Demak, bugun qisqa xabarlar oqimida shu mavzu tevaragidagi yangiliklar bilan tanishing.

🔘Statistika boshqarmasi. Oʻtgan yilning yanvar-noyabr oylarida shaxsiy fuqarolik obyektlaridagi qurilishlar jami bunyodkorlik ishlari hajmining 21,7 foizini tashkil etib, bu boradagi oʻsish koʻrsatkichi 104,7 foizga yetdi.

🔘Olmaliq shahri. Shahardagi 12 ta mahalla fuqarolar yigʻini idorasi uchun yangi binolar bunyod etilishi belgilangan boʻlib, ayni paytda “Ramazon” mahallasi binosi qurilishi jadal olib borilmoqda.

🔘Parkent tumani. Zarkent qishlogʻidagi “Davlatobod” mahalla fuqarolar yigʻini uchun yangi idora binosi qurilib, foydalanishga topshirildi.

🔘Ohangaron tumani. Oʻtgan 2022-yilda tumandagi 7 ta maktabga yangi qoʻshimcha binolar qurilib, 5 ta maktab kapital taʼmirdan chiqarildi.

🔘Yangiyoʻl tumani. Tumandagi 15 ta mahalla idorasi binosini yangidan qurish rejalashtirilgan boʻlib, masʼullar pudrat tashkilotlari bilan ularni tez va sifatli bunyod etish yuzasidan maslahatlashib oldilar.

🔘Yangiyoʻl shahri. Shaharning “Nov” mahallasi “Obod mahalla” davlat dasturiga kiritilgan boʻlib, Oybek nomli koʻchaning 2,1 kilometr qismi asfaltlandi.

🔘Bekobod tumani. Tumanning eng olis hududlaridan boʻlgan “Dehqonobod” mahallasida 5,5 mlrd soʻm mablagʻ evaziga barpo etilgan 120 oʻrinli maktabgacha taʼlim tashkiloti viloyat hokimligi ishchi guruhi tomonidan oʻrganildi.

🔘Yuqori Chirchiq tumani. Tumanda buyrak yetishmovchiligi boʻlgan bemorlarga tibbiy yordam koʻrsatuvchi gemodializ boʻlimi, Ayollar reabilitatsiya markazi hamda 25-umumiy oʻrta taʼlim maktabi foydalanishga topshirildi.

🔘Quyi Chirchiq tumani. Tumandagi 8-umumtaʼlim maktabining davlat dasturi asosida ajratilgan 12 mlrd soʻm mablagʻ hisobidan barpo etilgan 330 oʻrinli yangi oʻquv binosi foydalanishga topshirildi.

📹DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RISH
Audio
#Dayjest

Dushanba — viloyat hokimligida hamda hududlarda korxona va tashkilotlarda ijro intizomining ahvolini oʻrganish va muhokama qilish kuni.Shuningdek mazkur sanada “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” bilan ishlab, muammolar oʻrganiladi va amaliy yordam koʻrsatiladi.

🔘
Olmaliq shahri. “Mustaqillikning 27 yilligi” koʻchasida hokim yordamchisi Bunyod Xayitovning tavsiyasi bilan 33 million soʻm kredit olgan yosh tadbirkor Shahzod Iltanov hududda sport zali ochishga muvaffaq boʻldi.

🔘Yuqori Chirchiq tumani. “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” va “Temir daftar” roʻyxatida turuvchi 181 nafar fuqaroga subsidiya asosida 1 095,1 mln soʻmlik ish anjomlari topshirildi.

🔘Parkent tumani. Tuman hokimi olis Zarkent va Soʻqoq qishloqlarining “Davlatobod”, “Chashma” hamda “Hurriyat” mahallalaridagi hokim yordamchilari faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

🔘Quyi Chirchiq tumani. “Ayollar daftari”ning hozirda olib borilayotgan xatlov jarayonlarini tizimli tashkil etish yuzasidan mutasaddilar ishtirokida muloqot oʻtkazildi.

🔘Yangiyoʻl shahri. Shahar hokimligida viloyat hokimi oʻrinbosari Z.Mirgaziyeva ishtirokida “Ayollar daftari”ning 4-bosqichini shakllantirish, kelajakdagi rejalar, mavjud muammolarni bartaraf etishga bagʻishlangan tanqidiy va tahliliy yigʻilish boʻlib oʻtdi.

🔘Chinoz tumani. “Ayollar daftari” bilan ishlashda mutasaddilar oldida turgan galdagi vazifalar ijrosini samarali taʼminlash maqsadida seminar tashkil etildi.

🔘Bekobod tumani. Tuman hokimligi mutasaddilari yangi haftaning ilk ish kunini hududda ijro intizomining ahvolini tahlil qilishdan boshlashdi.

🔘Oqqoʻrgʻon tumani. “Zarbdor” mahallasi yoshlar yetakchisi tashabbusi bilan ijtimoiy koʻmakka muxtoj Babarahimovlar xonadonida hashar tashkil etildi.

🔘Piskent tumani. “Ayollar daftari”ning toʻrtinchi bosqichi uchun xatlov jarayonlarida mahalla fuqarolar yigʻini masʼul xodimlari alohida faollik koʻrsatishmoqda

📹DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RISH
Audio
#Dayjest

Seshanba – Hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari bilan muloqot va yoshlar bilan uchrashuvlar o‘tkazish kuni. Bugun hokim yordamchilari va yoshlar yetakchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar xususida toʻxtalamiz.

🔘
Ohangaron tumani. Tumanda ishsiz fuqarolarning bandligini taʼminlash, ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlashga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

🔘Piskent tumani. “Istiqlol”, “Gʻayrat” va “Birlik” mahallalarida hokim yordamchilarining 2022-yilda amalga oshirgan ishlari tahlil qilinib, 2023-yilgi rejalari mahalla faollari hamda aholi vakillari ishtirokida belgilab olindi.

🔘Yuqori Chirchiq tumani. Tuman mahallalarida ish yuritayotgan hokim yordamchilarining bir yillik faoliyati natija va samaradorlik mezonlari asosida tahlil etilmoqda.

🔘Boʻstonliq tumani. Tumandagi 59 ta mahallada ish olib borayotgan hokim yordamchilari yil yakuni boʻyicha hisobot berib, 2023-yilgi vazifalarini taqdimot qilmoqdalar.

🔘Olmaliq shahri. Soʻfi Olloyor nomli mahalla ahli shu huddudda faoliyat yuritayotgan hokim yordamchisining hisobotini tingladi hamda joriy yilda amalga oshirilishi lozim boʻlgan vazifalar yuzasidan fikr almashdi.

🔘Toshkent tumani. Tuman hududlarida hokim yordamchilarining faoliyat samaradorligi muhokama qilinmoqda.

🔘Parkent tumani. Tuman hokimi 62 ta mahallalardagi hokim yordamchilari, yoshlar yetkchilari hamda xotin-qizlar faolari bilan uchrashdi.

🔘Nurafshon shahri. “Yangi Oʻzbekiston” gazetasida “Chigʻiriq” mahallasi hokim yordamchisi Odiljon Ataullayevning “Eng maqbul yechim — muqobil energiyani qoʻllashni koʻpaytirish” maqolasi chop etildi.

📹DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RISH
Audio
#Dayjest

Juma - Qurilish sohasidagi muammolarni o'rganish, investitsiya obyektlarida qurilish jarayonlari bilan tanishish kuni. Bugungi xabarlarimiz orqali mazkur yoʻnalishda amalga oshirilayotgan ishlar haqida qisqacha toʻxtalib oʻtamiz.

🔘
Statistika boshqarmasi. Viloyatda oʻtgan yil norasmiy sektor hissasiga toʻgʻri kelgan qurilish ishlari ulushi 22,9 foizni tashkil etdi yoki 2784,7 mlrd. soʻm miqdorida qayd etildi.

🔘Qibray tumani. Tuman hokimi va sektor rahbarlari 4-sektor hududidagi mahallalarda belgilangan qurilish ishlarining borishini tahliliy-tanqidiy muhokama qildilar.

🔘Angren shahri. Rossiya Federatsiyasi va Koreya Respublikasi vakillari shahardagi Qurilish sohasi uchun malakali mutaxassislar tayyorlovchi markazda boʻlib, u yerdagi shart-sharoitlar bilan tanishdilar.

🔘Chirchiq shahri. Shahar hokimi fuqarolar murojaati ortidan M.Ulugʻbek hamda V. Haydarov nomli mahallalarda boʻlib, aholi vakillari bilan bu hududlarda qoʻshimcha infratuzilma obyektlari qurilishi imkoniyatlarini muhokama qildi.

🔘Ohangaron shahri. Shaharning “Namuna” mahallasida qad rostlagan yangi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida olib borilayotgan qurilish ishlari yakuniy bosqichga yetdi.

🔘Oʻrta Chirchiq tumani. Tumandagi 20 ta mahallaga toza ichimlik suvi oʻtkazish yuzasidan tuman hokimi boshchiligida loyihachi tashkilotlar hamda tegishli mutasaddilar ishtirokida muloqot oʻtkazildi.

🔘Yuqori Chirchiq tumani. Tuman hokimi va sektor rahbarlari tomonidan “Qoʻrsoy”, “Qangli” mahalla fuqarolari yigʻinida ichimlik suvi inshootlari qurilishidagi muammolar joyiga chiqib oʻrganildi.

📹DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RISH