#Yuqori_Chirchiq
Ayollar bandligi ta'minlanmoqda

🍀Yuqori Chirchiq tuman Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi direktori G.S.Aytekova "Ayollar daftari"ning 3-bosqichi 1-toifasiga kiritilgan tumandagi xotin-qizlarni bandligini ta'minlash maqsadida, ularni bo‘sh ish o‘rinlari bilan tanishtirdi.

қори Чирчиқ тумани ҳокимлиги Ахборот хизмати
https://t.iss.one/yuqorichirchiq_hokimiyat
⚡️Toshkent viloyat hokimligi Oila va xotin-qizlar boshqarmasi tomonidan Yuqori Chirchiq tumanida “Ijtimoiy xizmatlarni koʼrsatishda ijtimoiy ish amaliyotini qoʼllash va keys-menejment asoslari” mavzusida boshqarma, shahar-tuman boʼlimlari masʼul xodimlari ishtirokida 3 kunlik oʼquv seminari boshlandi.

🗒Seminar-trening ishtirokchilari Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahallalarda ijtimoiy xizmatlarni koʼrsatish va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga yordam berish tizimini yangi bosqichga koʼtarish hamda xotin-qizlarni kasbga oʼrgatish ishlarini yanada jadallashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida” gi 300-sonli qarori, ijrosi, “Аyollar va bolalar ehtiyojlari.Bolalar ehtiyojlarining huquqlar bilan bogʼliqligi”, “Ijtimoiy ish xodimlarining ro'l va vazifalari”, “Bola huquqlari boʼyicha, ayollar va nogironligi boʼlgan insonlar haqidagi Konvensiyalar xususida” kabi mavzular yuzasidan bilim va koʼnikmalarga ega boʼlishadi.

Yuqori Chichiq tumani hokimligi axborot xizmati
https://t.iss.one/yuqorichirchiq_hokimiyat
#Yuqori_Chirchiq
⭕️Online
Tuman hokimi U.Atemov “Uchchinor” mahallasida fuqarolar bilan ochiq muloqot oʻtkazmoqda.

📍Ayni damda Yuqori Chirchiq tumani “Uchchinor” mahalla fuqarolari yigʻinida tuman hokimi U.Atemov, tuman hokimi oʻrinbosarlari D.Asqarov, Sh.Hudoyberganov, O.Xoltoyev, korxona-tashkilot rahbarlari hamda hudud aholisi ishtirokida ochiq muloqot oʻtkazilmoqda.

📈Sayyor qabulda mahalla fuqarolarining mavjud muammolari, kamchiliklari tinglanib, yordam berish choralari, muammolarni bartaraf etishga doir vazifalar tegishli tashkilot rahbarlariga topshirildi.

🤲Muloqot yakunida mahalla nuroniylari el tinchligi, yurt farovonligi, farzandlar kamolini tilab duoga qoʻl ochdilar.

Yuqori Chirchiq tumani hokimligi Axborot xizmati
https://t.iss.one/yuqorichirchiq_hokimiyat
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yuqori_Chirchiq
#Rasmiy_munosabat

Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumani “Iyk ota” hududida qurilish, yo‘l yoqasidagi uylarning pullari toʻlanmasdan buzilish ishlari olib boriliyotganligini aks ettirgan videolavha mahalla fuqarosi K.Saxarova tomonidan ijtimoiy tarmoqqa joylandi.

Ushbu holat yuzasidan quyidagilarni maʼlum qilamiz.

📌Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlariga asosan, Yuqori Chirchiq tumani Iyk ota hududidan oʻtuvchi 4 R 12 Bektemir-Gʻazalkent yoʻlining 1-6 kmlarida qurilish ishlari rejalashtirilgan.

‼️📈Shu bois, ayni kunlarda ushbu yoʻl yuzidagi 36 ta turar va 14 ta noturar joylarga komрensatsiya pullari toʻliq ajratilgan boʻlib, notarial idoralar orqali rasmiylashtirilib, fuqarolar roziligi bilan xonadonlarda buzilish olib borilmoqda.

🎥Batafsil lavhada kuzatishgiz mumkin.

Yuqori Chirchiq tumani hokimligi Axborot xizmati
https://t.iss.one/yuqorichirchiq_hokimiyat
❗️NOYABR-DIABET OYLIGI DAVOM ETMOKDA!

24-noyabr kuni Toshkent viloyati Endokrinologiya dispanserida faoliyat yuritayotgan 40 yoshdan oshgan xodimlar tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi!

🩺Tibbiy koʻrikda dispanserning 57 nafar 40 yoshdan oshgan xodimlari dispanserdagi endokrinolog shifokori tomonidan koʻrikdan oʻtkazildi.

Xodimlarda
🩸qonda qand mikdori tekshirildi, vazn, buy va bel aylanalari oʻlchandi.

♦️2 nafar xodimda qandli diabet oldi holati aniqlandi.

🚭🥒🍅 Shuningdek, xodimlar orasida tugʻri ovkatlanish, sogʻlom turmush tarziga rioya etish, yod tanqisligi va qandli diabet kasalliklari profilaktikasi buyicha suhbat oʻtkazildi!

Yuqori Chirchiq tumani hokimligi Axborot xizmati
https://t.iss.one/yuqorichirchiq_hokimiyat