#Hayrli_tong

Tabassum qiling, chunki yangi kun boshlandi.

Inson tabassum qilganda ong buni baxt deb o‘ylab endorfin, ya’ni baxt gormonini ishlab chiqarishni boshlaydi. O‘n daqiqalik tabassum natijasida, endorfin tanaga tarqaydi va siz chindan ham o‘zingizni baxtiyor his qila boshlaysiz...

Hayrli tong, azizlar!

Yuqori Chirchiq tumani hokimligi Axborot xizmati
https://t.iss.one/yuqorichirchiq_hokimiyat
#ob_havo

❗️Bugun Toshkent viloyatining baʼzi hududlarida yomgʻir yogʻib, chang-toʻzon boʻlishi kutilmoqda

Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, bugun, 18-oktyabr kuni Toshkent viloyatida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang toʻzonlar kuzatilishi mumkin.

Harorat kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 15-20 daraja issiq boʻladi.

Respublikaning togʻli hududlarida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8 daraja, kunduzi 10-15 daraja iliq boʻladi.
Yuqori Chirchiq tumani 2-sektor hududidagi Qangli maxallasi hokim yordamchisi tomonidan yana bir yangilik!

Joriy yilning oktyabr oyining dastlabki kunlarida hokim yordamchisi Otabek Toshov tomonidan ushbu maxalladagi moddiy extiyojmand oilalardan yana turttasiga, yaʼni “Daxolar” koʻchasida istiqomat qiluvchi Mirzakulova Diloromga, Serikova Jarkinoyga,“Oydinbuloq” kuchasida Djanibekova Muborakga, Muruvvat kuchasida Umarkulova Baxtigulga tikuvchilik faoliyatini boshlash maqsadida, har biriga 2 tadan zamonaviy tikuv mаshinasi olib berildi.

🔰Ushbu fuqarolar mahallaning “Ayollar daftari” ro`yxatida boʻlib, jarayondan soʻng tikuvchilik faoliyatini boshlaganidan mamnun ekanligi hamda oilaviy daromad manbaiga ega boʻlganliklaridan minnatdor boʻlishdi.

Yuqori Chirchiq tumani hokimligi Axborot xizmati
https://t.iss.one/yuqorichirchiq_hokimiyat
Kasanachilikni tashkil etgan tadbirkorlik subyektlarini yanada qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Hukumat qarori (596-son, 14.10.2022 y.) qabul qilindi

talabgorga har bir kasanachining dastlabki 3 oy davomidagi kasanachilik faoliyati uchun bir oylik o‘rtacha daromadi miqdorida bir martalik subsidiya ajratiladi;

tadbirkorlik sub’yektiga har bir kasanachiga asbob-uskunalar xarid qilib berish xarajatlarining 50 foizgacha bo‘lgan qismi, biroq BHMning 15 baravarigacha miqdorida subsidiya ajratiladi.

📝 Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi va tadbirkorlik sub’yekti o‘rtasida ijtimoiy kontrakt tuziladi.


Aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari davlat buyurtmasi asosida nodavlat ta’lim tashkilotlarida kasbga o‘qitilgan fuqarolarning malakasini baholash choralarini ko‘radi va u bilan bog‘liq xarajatlarni har bir band bo‘lmagan shaxs uchun BHMning 4 baravaridan ortiq bo‘lmagan miqdorda qoplab beradi.

➡️
BATAFSIL⬅️

https://t.iss.one/yuqorichirchiq_hokimiyat
Айни пайтда Президент Шавкат Мирзиёев "Тошкентбошплан" лойиҳа-изланиш институтига ташриф буюриб, пойтахтнинг бош режаси, Ўзбекистон амалий санъат ва ҳунармандчилик тарихи давлат музейини реконструкция қилиш ҳамда Сурхондарё вилояти Денов тумани марказининг архитектура қиёфасини замонавийлаштириш лойиҳалари билан танишмоқда.

В эти минуты Президент Шавкат Мирзиёев посещает проектно-изыскательский институт "Тошкентбошплан", где знакомится с проектами генерального плана столицы, реконструкции Государственного музея прикладного искусства и истории ремесленничества Узбекистана, а также модернизации архитектурного облика центра Денауского района Сурхандарьинской области.

Facebook|Instagram|Twitter
#Yuqori_Chirchiq_tumani
“Yoshlar balansi” nima beradi?

Yoshlarning boʻsh vaqtiga mazmun olib kirish ustuvor vazifa sifatida belgilab olingan boʻlib, hozirda yoshlar bilan ishlashning mahalla-tuman-viloyat-respublika tizimi yaratildi.

📊Ayni kunlarda ushbu tizim asosida eng birinchi oʻrinda yoshlar yetakchilari tomonidan uyma-uy yurib, “Yoshlar balansi”ni toʻliq shakllantirish, ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarni “Yoshlar daftari”ga kiritish hamda mahallalarda uyushmagan yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etishga alohida ahamiyat qaratilmoqda.

🔰Yetakchilar tomonidan birinchi bosqichda taʼlim va mehnat bilan qamrab olinmagan yaʼni uyushmagan, 16-30 yosh oraligʻidagi yoshlar xatlovdan oʻtkazilib, 5 muhim toifa: bandlik, taʼlim, oilaviy, ijtimoiy va salomatlik holatlari asosida “Yoshlar balansi” shakllantirilmoqda.

Yuqori Chirchiq tumani hokimligi Axborot xizmati
https://t.iss.one/yuqorichirchiq_hokimiyat
#Yuqori_Chirchiq_tumani
Aholi bilan ochiq muloqot

Ayni kunlarda “Yuksalish” umummilliy harakati, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati, YUNICEF, JSST hamda USAID hamkorlikda hududlarda COVID-19 infeksiyasiga qarshi emlanish boʻyicha jamoatchilik bilan muloqotlar oʻtkazmoqda.

💯Bu kabi tadbirlar Toshkent viloyatida ham “Yuksalish” umummilliy harakatining hududiy boʻlinmasi hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati viloyat hududiy boshqarmasi mutaxassislari ishtirokida grafik asosida davom etmoqda.

🔰Xususan, bugun Yuqori Chirchiq tumani “Qorasuv” hamda “Ittifoq” mahalla faollari yigʻinida hudud faollari, tibbiyot xodimlari va fuqarolik jamiyati instituti vakillari ishtirokida jamoatchilik muloqotlari bӯlib ӯtdi. Bu tadbirlar davomida tuman aholisi pandemiyaga qarshi emlash borasidagi bilimlarga ega bo`lib, o`zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.

Yuqori Chirchiq tumani hokimligi Axborot xizmati
https://t.iss.one/yuqorichirchiq_hokimiyat