Конституцион ислоҳотларга бағишланган учрашув бўлиб ўтди.

🔰Юқори Чирчиқ туманида «Ўзбекистон Республикаси Конституциясига ўзгартиш ва қўшимчалар киритиш тўғрисида»ги умумхалқ референдумини ўтказишга бағишланган семинар бўлиб ўтди.

Семинарда конституцион ислоҳотларнинг мазмуни, халқимиз ҳаётидаги ўрни ва аҳамияти хусусида сўз борди.

📚Тадбирда даставвал туман ҳокими У. Атемовнинг «Ўзбекистон Республикасининг Конституциясига ўзгартиш ва қўшимчалар киритиш тўғрисида» қонун лойиҳасининг моддалари,  киритилаётган ўзгаришлар ҳақида фикрлари   тингланди.

📌Шунингдек, жойларда аҳолига конституцион ислоҳотларнинг мазмун-моҳиятини етказишда фаолларнинг масъулияти муҳим аҳамият касб этиши ҳамда юқори еайфиятда ўтишини таъминлаш таъкидланди
.

🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook ✉️Telegram
#об_ҳаво

☀️🌥🌧 Бугун Тошкент вилоятида қандай об-ҳаво кузатилади?

Гидрометеорология марказининг хабар беришича, бугун, 30 март куни Тошкент вилоятида ҳаво ўзгариб туради, баъзи жойларда ёмғир ёғади, момақалдироқ бўлиши мумкин. Шамол шарқдан 7-12 м/с тезликда эсади.

Ҳарорат кечаси 9-14 даража, кундузи
20-25 даража илиқ бўлади.

✔️Тезкор янгиликларни биз билан кузатинг!
@haqiqatonline_24
#Yuqori_Chirchiq
#18_maktab
#Konstitutsiya_loyihasi
#Referendum
#Befarq_emasman

"Yangi tahrirdagi Konstitutsiya loyihasi meni, seni, Oʻzbekistondagi har bir insonning kelajagini oʻzgartira oladi!"

 🔰Yuqori Chirchiq tumani 18-umumiy oʻrta taʼlim maktabida maktab direktori G.A.Elibayeva tomonidan yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi haqida referendum oldi oʻqituvchilarga yanada koʻproq maʼlumot berish maqsadida seminar oʻtkazildi.

Barchamizga maʼlumki, 2023-yil 30- aprelda Oʻzbekistonda juda katta siyosiy jarayon - yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilishga bagʻishlangan referendum oʻtkazilishi kutilmoqda.

📌 Mazkur yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning qabul qilinishi uchun Konstitutsiyaviy komissiya tomonidan muhokamalar jarayonida jami 222715 ta taklif kelib tushgan.

Ushbu takliflarning 60% yoshlar tomonidan bildirilgan.

Yuqori Chirchiq tumani hokimligi Axborot xizmati

🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook ✉️Telegram
#Yuqori_Chirchiq
#34_maktab
#Konstitutsiya_loyihasi
#Referendum
#Befarq_emasman

Yangi tahrirdagi Konstitutsiya loyihasi meni, seni, Oʻzbekistondagi har bir insonning kelajagini oʻzgartira oladi!

 🔰Yuqori Chirchiq tumani 34-umumiy oʻrta taʼlim maktabida maktab direktori Sh. Shoyimova tomonidan yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi haqida referendum oldi oʻqituvchilarga yanada koʻproq maʼlumot berish maqsadida seminar oʻtkazildi.

🔰Seminarda umumiy oʻrta taʼlim maktabi direktori Sh.Shoyimovaning "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida» qonun loyihasining moddalari,  kiritilayotgan oʻzgarishlar haqida fikrlari   tinglandi.

Yuqori Chirchiq tumani hokimligi Axborot xizmati

🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook ✉️Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#befarqemasman

Hilola Nazirova, Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi direktori:

— Ta'lim — har bir davrda taraqqiyotning poydevori bo‘lib xizmat qilgan. Hozirda O‘zbekistondagi ta'lim islohotlari kelajagimiz bo‘lgan yoshlar istiqboli uchun eng to‘g‘ri qadamdir. Ayni paytda nafaqat rahbar, balki oddiy ayol sifatida bo‘layotgan o‘zgarishlarga befarq emasman. Xususan, yangilanayotgan Konstitutsiyaning 52-moddasida davlat o‘qituvchilarning sha'ni va qadr-qimmatini himoyalashi, ularning ijtimoiy va moddiy farovonligiga g‘amxo‘rlik qilishi belgilanayotgani meni quvontirdi. Bu — yurtimiz yangi tarixining yangi sahifasidir. Men o‘qituvchilarning huquqi himoyalanishiga ovoz beraman. Qaysi davlat dunyoni ta'lim bilan ta'minlasa, o‘sha davlat dunyoni ham boshqaradi.

https://t.iss.one/AOKBToshvil
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#befarqemasman

Абдурашид Йўлдошев, хонанда:

— 30 апрель куни бўлиб ўтадиган референдумда оила аъзоларим билан қатнашамиз. Сизларни ҳам фаолликка чақирамиз. Азиз юртдошлар, Ватанимиз, фарзандларимиз келажаги учун бефарқ бўлманг!

@menbefarqemasman
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#befarqemasman

Furqat Qurbonov:Men Vatanim kelajagiga befarq emasman, Siz ham befarq bo‘lmang!”.

@menbefarqemasman
5_млн_сўмлик_устама_олувчилар_рўйхати.pdf
2.6 MB
езкор

⚡️5 млн. сўмлик вазир устамасини олиши мумкин бўлган педагоглар рўйхати тасдиқланди

Айни дамда вазир жамғармаси 2-босқичидан муваффақиятли ўтган педагоглар сони 1697 нафарни ташкил этган. Энди, ана шу рўйхатдаги педагог ходимлар 9 ой мобайнида 5 млн. сўмдан ортиқ бўлган қўшимча маблағни ҳар ой оладилар.

Юқори Чирчиқ тумани ҳокимлиги Ахборот хизмати

🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook ✉️Telegram
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Ish haqi, pensiyalar va nafaqalar miqdori oshadi

“Ish haqi, pensiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi

🔰Farmonga koʻra:

🔸2023-yil 1-apreldan pensiyalar va nafaqalar miqdori 7 foizga oshiriladi.

🔸2023-yil 1-apreldan Oʻzbekiston hududida:

▫️pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – oyiga 347 000 soʻm;

▫️yoshga doir eng kam pensiya miqdori – oyiga 677 000 soʻm;

▫️nogironlik pensiyalari, jumladan ish staji toʻliq boʻlmagan chogʻdagi nogironlik pensiyasining eng kam miqdori – oyiga 747 000 soʻm;

▫️mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nogironlik nafaqasi va bolalikdan nogironligi boʻlgan shaxslarga beriladigan nafaqa miqdori – oyiga 747 000 soʻm;

▫️1941–1945-yillardagi urush oqibatida nogiron boʻlgan shaxslar va uning qatnashchilari, shuningdek, fashistlar konslagerlarining voyaga yetmagan sobiq mahbuslari va Leningrad shahri qamal qilingan davrda ishlagan shaxslarning eng kam pensiya miqdori ustamalarni inobatga olgan holda – oyiga 3 296 000 soʻm;

▫️belgilangan yoshga doir eng kam pensiya miqdoridan (677 000 soʻmdan) 747 000 soʻmgacha pensiya oluvchilarning yoshga doir pensiyalari miqdori – oyiga 747 000 soʻm;

▫️zarur ish stajiga ega boʻlmagan keksa yoshdagi fuqarolarga beriladigan nafaqa miqdori – oyiga 535 000 soʻm;

▫️ish staji toʻliq boʻlmagan chogʻdagi yoshga doir pensiyaning eng kam miqdori qoʻshimcha toʻlovni hisobga olgan holda – oyiga 535 000 soʻm;

▫️oʻzgalar parvarishiga muhtoj nogironligi boʻlgan 18 yoshgacha bolalarning parvarishi bilan band boʻlgan bolaning qonuniy vakiliga beriladigan nafaqa miqdori – oyiga 535 000 soʻm;

▫️boquvchisini yoʻqotganlik nafaqasi oluvchilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila aʼzosi uchun nafaqa miqdori – oyiga 535 000 soʻm etib belgilandi va keyingi har bir mehnatga qobiliyatsiz oila aʼzosi uchun – 198 000 soʻmdan qoʻshiladi;

▫️boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi oluvchilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila aʼzosi uchun pensiyaning eng kam miqdori – oyiga 535 000 soʻm etib belgilandi va keyingi har bir mehnatga qobiliyatsiz oila aʼzosi uchun amaldagi tartibga muvofiq pensiya toʻlanadi.

🔸Shuningdek, 2023-yil 1-maydan byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi miqdori 7 foizga oshiriladi.

🔸 2023-yil 1-maydan Oʻzbekiston hududida:

▫️mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori – oyiga 980 000 soʻm;

▫️bazaviy hisoblash miqdori – oyiga 330 000 soʻm etib belgilandi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
МEНИНГ КОНСТИТУЦИЯМ – МEНИНГ КEЛАЖАГИМ!

📌Юқори  Чирчиқ тумани марказий  ўйингоҳида туман ҳокимининг ташаббуси билан  "Конститутция меники, сеники,бизники, барчамизники! "шиори остида  Конституциявий қонун лойиҳасига бағишланган тарғибот тадбири бўлиб ўтди.

📊Унда Юқори Чирчиқ туманининг  мутасадди ташкилот раҳбарлари, ёшлар етакчилари, маҳалла фаоллари, ҳоким ёрдамчилари, маҳалла раислари, ўқитувчилар ва кенг жамоатчилик вакиллари иштирок этишди.

Тадбир аввалида туман ҳокими  У. Атемов сўз олиб,  янгиланаётган конституциямизнинг мазмун-моҳияти, ундаги ўзгартириш ва қўшимчаларнинг нечоғлик зарур эканлиги ва бу ўзгаришлар келгусида мамлакатимизни ҳар жиҳатдан юксалтиришга хизмат қилиши, шунингдек, олдинда кутилаётган референдумнинг аҳамияти тўғрисида сўз юритди.

🔰Тадбир давомида собиқ раҳбарлар, Адлия бўлими вакиллари ҳам янгиланаётган конституция ҳақидаги ўзига хос фикр-мулоҳазаларини билдириб ўтишди.

Юқори Чирчиқ тумани ҳокимлиги Ахборот хизмати
.

🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook ✉️Telegram
#Ифторлик

Нурли йўл маҳалласида ифторлик дастурхони ёзилди

🤲Муборак Рамазон ойида эзгу амаллар бажарилади, хайр-саховатли кишилар меҳр-мурувват кўрсатиб, етим-эсир, бева-бечоралар ҳолидан хабар оладилар, ўз хонадонларида ифторлик қилиб, рўзадорларни меҳмон қиладилар. Албатта, бу ишлар мақтовга сазовордир. Сабаби ҳадисларнинг бирида: «Ким бир рўзадорга ифторлик қилиб берса, унга ўша рўзадор эга бўлган савобдан бирон нарса камайтирилмаган ҳолда берилади», дейилган.

📊Юқори Чирчиқ тумани Нурли йўл маҳалласида туман ҳокими ташаббуси билан туман ҳокимлиги, Маҳалла жамоат фонди ҳамкорлигида ташкил қилинган ифторликка ижтимоий ҳимояга муҳтож аҳоли вакиллари, нуроний отахон-онахонлар ва фаол вакиллар меҳмон сифатида таклиф қилиндилар.

📸Жараён фотолавҳаларда.

Юқори Чирчиқ тумани ҳокимлиги Ахборот хизмати


🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook ✉️Telegram