#Юқори_Чирчиқ
Фуқаролар қабулида ҳар бир мурожаат назоратга олинди

📍Бугун Юқори Чирчиқ тумани ҳокимлигида туман ҳокими У.Атемов, сектор раҳбарлари У.Ғаниев, А.Муллажонов, Д.Йўлдошев ҳамда мутасадди корхона-ташкилотлар раҳбарлари иштирокида фуқаролар қабули бўлиб ўтди.

Қабулда 15 нафар туман аҳолисининг 8 хил турдаги мурожаатлари ўрганилди.

📊Жумладан, бош тўловсиз уй-жой олиш, кадастр юзасидан мавжуд муаммолар бирма-бир тингланиб, керакли тавсиялар ва муаммони бартараф этиш юзасидан қонуний тартибда тавсиялар берилди.

‼️Қабулда ҳар бир мурожаат юзасидан соҳа раҳбарларига вазифалар юклатилди ҳамда натижаси туман раҳбари томонидан назоратга олинди.

Юқори Чирчиқ туман ҳокимлиги Ахборот хизмати
https://t.iss.one/yuqorichirchiq_hokimiyat
Audio
#Dayjest

Juma - Qurilish sohasidagi muammolarni o'rganish, investitsiya obyektlarida qurilish jarayonlari bilan tanishish kuni. Bugungi xabarlarimiz orqali mazkur yoʻnalishda amalga oshirilayotgan ishlar haqida qisqacha toʻxtalib oʻtamiz.

🔘
Statistika boshqarmasi. Viloyatda oʻtgan yil norasmiy sektor hissasiga toʻgʻri kelgan qurilish ishlari ulushi 22,9 foizni tashkil etdi yoki 2784,7 mlrd. soʻm miqdorida qayd etildi.

🔘Qibray tumani. Tuman hokimi va sektor rahbarlari 4-sektor hududidagi mahallalarda belgilangan qurilish ishlarining borishini tahliliy-tanqidiy muhokama qildilar.

🔘Angren shahri. Rossiya Federatsiyasi va Koreya Respublikasi vakillari shahardagi Qurilish sohasi uchun malakali mutaxassislar tayyorlovchi markazda boʻlib, u yerdagi shart-sharoitlar bilan tanishdilar.

🔘Chirchiq shahri. Shahar hokimi fuqarolar murojaati ortidan M.Ulugʻbek hamda V. Haydarov nomli mahallalarda boʻlib, aholi vakillari bilan bu hududlarda qoʻshimcha infratuzilma obyektlari qurilishi imkoniyatlarini muhokama qildi.

🔘Ohangaron shahri. Shaharning “Namuna” mahallasida qad rostlagan yangi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida olib borilayotgan qurilish ishlari yakuniy bosqichga yetdi.

🔘Oʻrta Chirchiq tumani. Tumandagi 20 ta mahallaga toza ichimlik suvi oʻtkazish yuzasidan tuman hokimi boshchiligida loyihachi tashkilotlar hamda tegishli mutasaddilar ishtirokida muloqot oʻtkazildi.

🔘Yuqori Chirchiq tumani. Tuman hokimi va sektor rahbarlari tomonidan “Qoʻrsoy”, “Qangli” mahalla fuqarolari yigʻinida ichimlik suvi inshootlari qurilishidagi muammolar joyiga chiqib oʻrganildi.

📹DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RISH
#Барчаси_инсон_қадри_учун!
Юқори Чирчиқ туманида эҳтиёжманд оила вакилларига  моддий ёрдам пуллари топширилди

☑️Юқори Чирчиқ тумани ҳокими У.Атемов ташаббуси билан туманда  кам таъминланган, ногиронлиги мавжуд оила вакилларидан кўнгил сўраш мақсадида, нақд пул кўринишидаги хайрия маблағлари туман ҳокими ўринбосарлари А.Тастанбеков, Г.Баҳодирова,А. Сайфуддинов, О.Холтоевлар ва бир қатор мутасадди масъуллар томонидан  хонадонларга етказиб берилди.

🔰Хайрия маблағларини олган инсонлар эл тинчлиги, юрт фаровонлиги, халқ фаровонлигини ўйлаб, шундай савобли ишларга бош-қош бўлаётган юртбошимизга, туман ҳокими ҳақларига яхши ниятлар тилаб дуога қўл очдилар.

💯Зеро, ушбу фуқароларнинг ҳолидан хабар олиш, улар билан ҳамсуҳбат бўлиш, қалбига қулоқ солиш, дардини билиш, муаммоларини ечиш учун амалий кўмак бериш балки уларга озгина ширин сўзнинг ўзи ҳам далда, балки жамиятга керакли инсон эканликларини ҳис эттириш ҳам яшашга бўлган иштиёқини янада юксалтиради.

https://t.iss.one/yuqorichirchiq_hokimiyat
#Toshkent_viloyati
#Yuqori_Chirchiq_tumani
#Xaftalik_ish_reja_ijrosi
#taqdimot

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Yuqori Chirchiq tuman bo'linmasining ish rejasiga muvofiq  tuman "Ma'naviyat maskanida"  "Maxmud Toir va zamondoshlari" va "Sharqning yulduzi" kitoblari taqdimoti bo'lib o'tdi. Tadbirda tumanning 40ta umumiy o‘rta ta'lim maktablarining axborot kutubxona markazi rahbarlari va tuman AKM xodimlari ishtirok etishdi

📚Ushbu kitoblarga Yozuvchilar uyushmasi a'zosi Latif Mansurning, "Sharqning yulduzi" kitobiga "Haqiqiy do'st, haqiqiy ustoz" va "Maxmud Toir va zamondoshlari" kitobiga "Parkent tongidan nur emgan shoir" sarlavhasi ostida chop etilgan publisistik maqolalarining taqdimoti o’tkazildi

🖇Unda RMMM tuman bo’linmasi rahbari  D. Nazirova, mutaxassisi M. Aytmatova tuman AKM rahbari D. Abdukarimova,XTBning darsliklrar bo‘yicha mutaxassisi J.Yulchievlar ishtirok  etib, maqolalar yuzasidan o’zlarining samimiy fikrlarini bildirib o’tishd
i.

https://t.iss.one/yuqorichirchiq_hokimiyat