#Yuqori_Chirchiq
#Jarayon

🔰Yuqori Chirchiq tumani Favqulodda vaziyatlar bo'limi, mahalla bo'limi va hamkor tashkilotlar vakillari tomonidan Qorasuv, Darhan, Istiqbol mahallalarida ijtimoiy soha obyektlari va aholi yashash xonadonlariga kirgan holda profilaktika tadbirlari olib borildi.

📃Tadbir jarayonida kuz-qish mavsumini betalofat o'tkazish, isitish vositalaridan foydalanish qoidalari tushuntirilib, aholini ogohlikka chorlovchi  eslatma va qo'llanmalar tarqatilmoqda.

Yuqori Chirchiq tumani hokimligi Axborot xizmati
https://t.iss.one/yuqorichirchiq_hokimiyat
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Байрам_муборак
🇺🇿 10 декабр – Ўзбекистон Республикаси давлат мадҳияси қабул қилинган кун!

Ўзбекистон Республикаси мадҳияси 1992 йил 10 декабр куни қабул қилинган. Мадҳия Мутал Бурхонов мусиқаси, Абдулла Орипов шеъри асосида яратилган.

Юқори Чирчиқ тумани ҳокимлиги Ахборот хизмати
https://t.iss.one/yuqorichirchiq_hokimiyat
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Тошкент_вилояти
#Республика_маънавият_маърифат_маркази
#Юқори_Чирчиқ_тумани
#Шухратинг_порласин_токи_бор__жахон


1992 йил 10-декабрда Ўзбекистон   Республикаси Давлат мадҳияси қабул қилинган кун.

"Ҳар саҳар янграган
Улуғ мадҳиям,
Ҳар сатри ҳикматга
Тўлиқ мадҳиям.
 Энг гўзал қўшиғи
Озод элимнинг
Муқаддас мадҳиям
Қутлуғ мадҳиям."

РМММ Юқори Чирчиқ туман бўлинмаси
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Тошкент_вилояти
#Республика_маънавият_маърифат_маркази
#Юқори_Чирчиқ_тумани
#Шухратинг_порласин_токи_бор__жахон

10-декабрь Ўзбекистон Республикаси мадҳиясининг қабул қилинган кун муносабати билан "Бом-барам" Корейс Маданият маркази жамоаси томонидан Давлат Мадхияси ижро этилади.

РМММ Юқори Чирчиқ туман бўлинмаси
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⭕️⭕️⭕️

📣O‘zbekiston energetika vaziri o‘rinbosari Sherzod Xodjayev energo resurslari taqchilligi bo‘yicha eng muhokama qilinayotgan savollarga javob qaytardi.

Energetika sohasidagi mavjud muammolar bo‘yicha davlat rahbari xabardor qilinayaptimi? Bu borada Prezident qanday topshiriqlar bermoqda?

Energetika sohasidagi vaziyat bo‘yicha har soatda davlat rahbariga hisobot kiritib borilmoqda. Prezidentimiz tomonidan masalaga jiddiy yondashgan holda, maxsus shtablar faoliyatini yo‘lga qo‘yish, har bir hududda, har bir vazirlik va idorada maxsus ishchi guruhlarni tuzgan holda, bor resurslarni aholi va ijtimoiy soha obʼektlari o‘rtasida odilona taqsimlash bo‘yicha topshiriqlar berib borilmoqda.

🤔Shu bilan birga, tabiiy gaz ishlab chiqarish va import hajmini oshirish bo‘yicha ham alohida topshiriqlar berilgan.

https://t.iss.one/AOKBToshvil

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
#kasb_bayramlari

Xabar berganimizdek, Chirchiq shahridagi “Kimyogarlar” tantanalar majmuasida dekabr oyining ikkinchi yakshanbasi – Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi xodimlari kuni munosabati bilan tantanali tadbir boʻlib oʻtmoqda.

Sana munosabati bilan yozilgan toʻkin dasturxon atrofiga nuroniylar, klasterlar vakillari, fermerlar, mirishkor bogʻbonlar taklif etildi.

Tadbirda soʻz olgan viloyat hokimi Zoyir Mirzayev soha xodimlarini samimiy tabrikladi hamda rizq-roʻzimiz manbai boʻlgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishda samarali faoliyat yuritib kelayotgan bir guruh soha fidoyilariga qimmatbaho sovgʻalar topshirdi.

Tantanali tadbir el suygan sanʼatkorlar ijrosidagi kuy-qoʻshiqlar hamda viloyat madaniyat boshqarmasi tomonidan tayyorlangan badiiy dasturlarga ulanib ketdi.

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон қишлоқ хўжалиги ходимларига табрик

Поздравление работникам сельского хозяйства Узбекистана

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter