#3_декабр_Халқаро_ногиронлар_куни!

Бугун “3 декабр- Халқаро ногиронлар куни" муносабати билан туманда хайрли тадбирлар амалга оширилмоқда.

🔰Хусусан, ҳар бир маҳаллаларда мутасадди раҳбарлар томонидан ногиронлиги бўлган фуқароларнинг уйларига бориб ҳолидан хабар олинмоқда . Меҳрга ташна фуқароларимизга озиқ-овқат маҳсулотлари, совға-саломлар улашилмоқда.

💯Туманимизда хайрли тадбирлар давом этмоқда.
———————
#3_dekabr_Xalqaro_nogironlar_kuni!

Bugun “3-dekabr- Xalqaro nogironlar kuni" munosabati bilan tumanda xayrli tadbirlar amalga oshirilmoqda.

🔰Xususan, har bir mahallalarda mutasaddi rahbarlar tomonidan nogironligi boʻlgan fuqarolarning uylariga borib holidan xabar olinmoqda . Mehrga tashna fuqarolarimizga oziq-ovqat mahsulotlari, sovgʻa-salomlar ulashilmoqda.

💯Tumanimizda xayrli tadbirlar davom etmoqda.

https://t.iss.one/yuqorichirchiq_hokimiyat
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Янгиликлар 24 | Ижтимоий соҳа объектлари фойдаланишга топширилди
#3dec #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Махсус репортаж | Таълимдаги ислоҳотлар самараси
#3деc #узбекистон24

📍Юқори Чирчиқ туманида бешта ижтимоий соҳа объектлари фойдаланишга топширилди.

Юқори Чирчиқ туманининг «Қўрсой» маҳалласида 14 чи, «Иттифоқ» маҳалласида 15 чи, «Навбаҳор » маҳалласида 16-Давлат мактабгача таълим ташкилоти, Ободон маҳалласида 32 чи ҳамда «Уччинор» маҳалла фуқаролари йиғинида эса 37-умумий ўрта таълим мактаблари фойдаланишга топширилди.
_

📍Yuqori Chirchiq tumanida beshta ijtimoiy soha obyektlari foydalanishga topshirildi.

Yuqori Chirchiq tumanining “Qoʻrsoy” mahallasida 14 chi, “Ittifoq” mahallasida 15 chi, “Navbahor ”mahallasida 16-Davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti, Obodon mahallasida 32 chi hamda “Uchchinor” mahalla fuqarolari yigʻinida esa 37-umumiy oʻrta taʼlim maktablari foydalanishga topshirildi.

Yuqori Chirchiq tuman hokimligi Axborot xizmati
https://t.iss.one/yuqorichirchiq_hokimiyat
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
FVV OGOHLANTIRADI!
IS GAZI HAYOT UCHUN XAVFLI!
- - - - - - - - - - - - - -
МЧС ПРЕДУПРЕЖДАЕТ!
УГАРНЫЙ ГАЗ ОПАСЕН ДЛЯ ЖИЗНИ!

Boshqa
yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Forwarded from MINENERGY.UZ
“O‘zbekneftgaz” AJ gaz konlarida tabiiy gaz qazib chiqarish hajmlari kamayishi kuzatilmoqda. Uning hajmlarini oshirish yuzasidan zarur choralar ko‘rilmoqda

“O‘zbekneftgaz” AJga qarashli gaz konlarida tabiiy gaz qazib chiqarish hajmlari yildan-yilga kamayib borayotgani kuzatilmoqda.

Misol uchun, 2021-yilda belgilangan rejaga nisbatan 200 mln metr kub kam tabiiy gaz qazib chiqarilgan, 2022-yilning 11 oyida rejaga nisbatan 5 foizga kam tabiiy gaz qazib chiqarildi.

Jamiyatga qarashli gaz konlarida rejaga nisbatan sutkasiga o‘rtacha 7,1 foizga kam tabiiy gaz qazib chiqarilmoqda. Buning asosiy sabablari gaz konlarida tabiiy gaz zaxiralarining kamayib borayotganligi va konlarda avariyalar kelib chiqayotganligidir.

Bugungi kunda ko‘rilayotgan choralarga qaramasdan havo haroratining keskin sovib ketishi sababli quvurlarda gaz bosimining pasayishi kuzatilmoqda. Qazib chiqarilayotgan tabiiy gaz to‘liq ichki isteʼmol uchun, xususan aholi va ijtimoiy soha obyektlari hamda issiqlik elektr stansiyalariga yo‘naltirilmoqda.

Bundan ko‘zlangan maqsad – birinchi navbatda aholi va ijtimoiy soha obyektlarini (maktabgacha taʼlim tashkilotlari, maktab, o‘quv yurtlari, shifoxonalar va boshqalar) energiya resurslari bilan barqaror taʼminlash hisoblanadi.

Hozirgi kunda tabiiy gaz qazib chiqarish hajmlarini oshirishning zarur chora-tadbirlari ishlab chiqilmoqda. Shu munosabat bilan isteʼmolchilardan ushbu holatni to‘g‘ri tushungan holda energiya resurslaridan imkon qadar oqilona va tejamkorlik bilan foydalanishlarini so‘raymiz.

Energetika vazirligi Matbuot xizmati

▶️
@minenergy_uz
Gaz va elektr energiyasi bugun internetda kun mavzusi boʻlib turibdi.

Toʻgʻri, shu kunlarda poytaxtda ham viloyatlarda ham gaz taʼminoti borasida yetishmovchilik kuzatilmoqda.

Buning sababi oʻlaroq, Oʻzbekiston energetika vazirligi, yer osti gaz konlarida qazib chiqariladigan tabiiy gaz xajmi kamayganligini va uni oshirish choralari koʻrilayotganligini maʼlum qildi.

Unga koʻra, hozirda qazib chiqarilayotgan tabiiy gaz toʻliq ichki isteʼmol uchun, xususan aholi uchun va ijtimoiy sohaga hamda issiqlik stansiyalariga yoʻnaltirilmoqda.

Hurmatli Toshkent viloyati fuqarolari!

Tashqarida qish, havo sovuq, agar Siz, shu vaziyatda ogʻir ijtimoiy ahvolda boʻlsangiz, “1055 Toshkent viloyati boʻyicha Markaziy dispetcherlik xizmati” telegram guruhi orqali mavjud vaziyat haqida xabar bering.

Yoki +998951432056, +998951462056 raqamlari orqali, 7/24 tartibda ishlovchi aloqa markazi (call center)ga murojaat qiling.

Ushbu shtabda – Viloyat IIBB, Elektr, Gaz, Koʻmir va Suv taʼminoti, Maktabgacha va oʻrta taʼlim tashkilotlari hamda favqulodda vaziyatlar va sogʻliqni saqlash boshqarmasi vakillari faoliyat yuritib, murojaatlarni tegishliligi boʻyicha ijobiy hal etish choralarini koʻrishmoqda.

Toshkent viloyati boʻyicha Markaziy dispetcherlik xizmati

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Эътибор

💫 Уйда таълим олувчи ўқувчилар холидан хабар олинди

✳️ 3 декабрь – «Халқаро ногиронлар куни» деб эълон қилинган. Ушбу сана дунё бўйлаб кенг нишонланади ва жисмонан нуқсони бор замондошларимиз ҳар томонлама қўллаб-қувватланади.

♻️ Шу муносабат билан туман Халқ таълими бўлими мудири У.Урунбоева бошчилигида саховатли инсонлар, устозлар якка тартибда уйда таълим олувчи ўқувчилар холидан хабар олдилар.

Болалар кўзларидаги қувонч ва ота-оналарнинг миннатдорчиликлари ҳар бир инсонни саховатли бўлишга ундайди. Зеро, кўнгли ярим юртдошларимизга моддий ва маънавий жиҳатдан ёрдам бериш ҳар бир юртпарвар инсоннинг бурчидир.
___
💫 Uyda taʼlim oluvchi o‘quvchilar xolidan xabar olindi

✳️ 3-dekabr – "Xalqaro nogironlar kuni" deb eʼlon qilingan.

♻️ Shu munosabat bilan tuman Xalq taʼlimi bo‘limi mudiri U.Urunboyeva boshchiligida saxovatli insonlar, ustozlar yakka tartibda uyda taʼlim oluvchi o‘quvchilar xolidan xabar oldilar.

Yuqori Chirchiq tuman hokimligi Axborot
https://t.iss.one/yuqorichirchiq_hokimiyat
2022-йилнинг 29-ноябрь – 4-декабрь кунлари Санкт-Петербургдаги “Комета” универсал спорт мажмуасида Николай Гениевич Никитин хотирасига бағишланган стол тенниси бўйича ёшлар ўртасида 22-Халқаро турнир бўлиб ўтади.

Николай Никитин
хотирасига бағишланган стол тенниси бўйича ёшлар ўртасидаги халқаро турнир узоқ ва шонли тарихга эга. Санкт-Петербург 22-марта Россиянинг энг кучли ёш спортчилари ва хорижий давлатлардан келган спортчиларни қабул қилмоқда.

Мазкур нуфузли турнирда 🇺🇿 ўзбекистонлик ёш спортчилар ҳам иштирок этмоқда. Унда Тошкент, Бухоро ва Тошкент вилоятидан келган ёш ракетка усталари турли ёш тоифаларида совринли ўринлар учун кураш олиб боради. Спортчиларимиз делегациясининг таркиби қуйидагича:

1. Дильшодов Диёрбек
2. Насиров Азаматхон
3. Нурманов Тимур
4. Камалов Алихан
5. Абдурашидов Рахматилло
6. Еркебаева Асель
7. Камалова Аружан
8. Ташпулатова Диёра
9. Давлетова Дилёра
10. Кодирова Самира

Каналга обуна бўлиш: 👇
@uzttnews
#об_ҳаво

☀️🌥🌧 Бугун Тошкент вилоятида қор ёғиши кутилмоқда

Гидрометеорология марказининг хабар беришича, бугун, 5 декабрь куни Тошкент вилоятида ҳаво ўзгариб туради, баъзи жойларда қор ёғади. Туман тушиши мумкин. Шамол шимоли-шарқдан 7-12 м/с тезликда эсади.

Ҳарорат кечаси 2-7° илиқ совуқ, кундузи 0-5° илиқ, баъзи жойларда 3° совуқгача бўлади.


@haqiqatonline
#Юқори_Чирчиқ
Ҳокимлик соатида муҳим масалалар ўрганилди

🔰Бугун Юқори Чирчиқ туман ҳокими У. Атемов раҳбарлигида, сектор раҳбарлари, ҳоким ўринбосарлари, барча корхона-ташкилот рахбарлари, маҳалла раислари, мактаб директорлари, ҳоким ёрдамчилари, хотин-қизлар фаоллари, ёшлар етакчилари иштирокида ҳокимлик соати ўтказилди.

📍Йиғилиш кун тартибида куз-қиш мавсумини беталофат ўтказиш, мавсум муаммоларини имкон қадар бартараф этиш, яшил макон умуммиллий дастури асосида қилинган ишлар, бажарилиши лозим бўлган режалар тахлил қилинди.

📊Шунингдек, туманда 2022 йил 4-чорак бўйича Маҳаллий солиқ тушумлари, ер-мулк солиғини ундириш сингари муҳим масала туман ДСИ раҳбари Д.Йўлдошев томонидан тахлил қилиниб, муаммолар ўрганилди.

Юқори Чирчиқ тумани ҳокимлиги Ахборот хизмати
https://t.iss.one/yuqorichirchiq_hokimiyat