#Yuqori_Chirchiq
Haftaning har payshanba-profilaktika kuni munosabati bilan targʻibot tadbirlari olib borilmoqda

Bugun Yuqori Chirchiq tumani IIB xodimlari tomonidan tumanning Kasb-hunar maktabi hamda 34-umumiy oʻrta taʼlim maktabi yoshlari ishtirokida profilaktik tadbirlar olib borildi.

❗️Profilaktika tadbirida turli jinoyatlarning oldini olish, notinch oila vakillari bilan muntazam suhbatlar olib borish, yoshlar bandligini taʼminlash, boʻsh vaqtini samarali tashkil etish orqali voyaga yetmagan yoshlar va boshqa qatlamlar orasidagi jinoyatchilikni kamaytirishga erishish yuzasidan kerakli tavsiyalar berildi.

Yuqori Chirchiq tumani hokimligi Axborot xizmati
https://t.iss.one/yuqorichirchiq_hokimiyat
#Yuqori_Chirchiq_tumani
Maktabda OTM ga kirish uchun tayyorgarlik

Bugun Yuqori Chirchiq tumani Xalq taʼlimi tasarrufidagi 3-umumiy oʻrta taʼlim maktabining bitiruvchi sinflari uchun Davlat test markazi hodimlari tomonidan test imtixonlari olindi.

📄Yaʼni bunda maktabning 11-sinf oʻquvchilari maktabni tamomlagach oliy taʼlim muassasiga kirish imtihonlari uchun oʻz yoʻnalishlari doirasida 3ta majburiy fanlar (ona tili,matematika, Oʻzbekiston tarixi) va asosiy yoʻnalishlari boʻyicha 2 ta fan doirasida DTM tomonidan tayyorlangan test savollarini yechishdi.

📚Bundan koʻzlangan maqsad, natijalar monitoring qilinishi va oʻquvchilar oʻrtasida oʻqishga qiziqishni oshishiga yordam berishidir.

Yuqori Chirchiq tumani hokimligi Axborot xizmati
https://t.iss.one/yuqorichirchiq_hokimiyat
#Yuqori_Chirchiq
Sayyor qabul

Bugun Yuqori Chirchiq tumani Navbahor mahalla fuqarolar yigʻinida Sayyor qabul oʻtkazildi.

🔰Sayyor qabulda tuman hokimi oʻrinbosari G. Bahodirova, Xalq qabulxonasi rahbari I. Akromov, 2-sektor rahbari U.G`aniyev, tuman Favqulodda vaziyatlar bo`limi rahbari B.Rajabboyev, tuman korxona tashkilotlari rahbarlari hamda mahalla fuqarolari ishtirok etdi.

📊Qabulda fuqarolarning ichimlik suvi ta`minoti, ichki ko`chlarni shag`allashtirish, uy-joy masalalari yuzasidan 15 dan ortiq murojaatlari oʻrganilib, zarur tavsiyalar berildi.

📈Shuningdek, murojaatlarni bartaraf etish yuzasidan tashkilot rahbarlariga kerakli vazifalar topshirildi.

Yuqori Chirchiq tuman hokimligi Axborot xizmati
https://t.iss.one/yuqorichirchiq_hokimiyat
#Yuqori_Chirchiq
Ayollar bandligi ta'minlanmoqda

🍀Yuqori Chirchiq tuman Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi direktori G.S.Aytekova "Ayollar daftari"ning 3-bosqichi 1-toifasiga kiritilgan tumandagi xotin-qizlarni bandligini ta'minlash maqsadida, ularni bo‘sh ish o‘rinlari bilan tanishtirdi.

қори Чирчиқ тумани ҳокимлиги Ахборот хизмати
https://t.iss.one/yuqorichirchiq_hokimiyat