⭕️⭕️⭕️⭕️
#muhokama

Yuqori Chirchiq tumani hokimi U.Atemov raisligida tumandagi ijtimoiy soha muassasalari rahbarlari ishtirokida kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish masalasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

📎Unda mavsum davomida mavjud binolarni isitish bilan bog‘liq masalalar, elektr energiyasini tejab ishlatish, binolar ichida nosoz, qo‘lbola isitish moslamalaridan foydalanmaslik, dudbo‘ronlarni tozalash, is gazidan zaharlanishning oldini olishga qaratilgan masalalar atroflicha muhokama etildi.

📎Mavjud kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish yuzasidan tegishli mas'ullarga vazifalar qo‘yilib, ijrosi nazoratga olindi.

✔️Tadbirda, shuningdek, tumanda o`z faoliyatini olil boruvchi tadbirkor, "Oftob nur" quyosh panellerini ishlab chiqaruvchi korhona hahbari ham ishtirok etib, elektr-energiyani tejash borasida fikr va mulohazalarini bildirib o`tdi.

Yuqori Chirchiq tumani hokimligi Axborot xizmati
https://t.iss.one/yuqorichirchiq_hokimiyat
#Yuqori_Chirchiq
#34_maktab
#Tabiiy_fanlar

"Tabiiy fanlar - inson va tabiat bilan uyg‘unlashganda!"

Joriy yilning 23-noyabr kuni Yuqori Chirchiq tumani XTB tasarrufidagi 34-umumiy o‘rta ta'lim maktabida Biologiya fani o‘qituvchisi Topganova Mushtariy 8-sinfning iqtidorli o‘quvchilari bilan birgalikda "Tabiiy fanlar - inson va tabiat bilan uyg‘unlashganda!" mavzusida tadbir o‘tkazishdi.

📚Mazkur tadbir davomida fan o‘qituvchisi va o‘quvchilar tomonidan tadbir qatnashchilariga inson salomatligi va sog‘lom turmush tarzini taminlashga oid bir qancha malumotlar sahna ko‘rinishlari orqali namoyish etildi.

Yuqori Chirchiq tumani hokimligi Axborot xizmati
https://t.iss.one/yuqorichirchiq_hokimiyat
#Yuqori_Chirchiq
Haftaning har payshanba-profilaktika kuni munosabati bilan targʻibot tadbirlari olib borilmoqda

Bugun Yuqori Chirchiq tumani IIB xodimlari tomonidan tumanning Kasb-hunar maktabi hamda 34-umumiy oʻrta taʼlim maktabi yoshlari ishtirokida profilaktik tadbirlar olib borildi.

❗️Profilaktika tadbirida turli jinoyatlarning oldini olish, notinch oila vakillari bilan muntazam suhbatlar olib borish, yoshlar bandligini taʼminlash, boʻsh vaqtini samarali tashkil etish orqali voyaga yetmagan yoshlar va boshqa qatlamlar orasidagi jinoyatchilikni kamaytirishga erishish yuzasidan kerakli tavsiyalar berildi.

Yuqori Chirchiq tumani hokimligi Axborot xizmati
https://t.iss.one/yuqorichirchiq_hokimiyat
#Yuqori_Chirchiq_tumani
Maktabda OTM ga kirish uchun tayyorgarlik

Bugun Yuqori Chirchiq tumani Xalq taʼlimi tasarrufidagi 3-umumiy oʻrta taʼlim maktabining bitiruvchi sinflari uchun Davlat test markazi hodimlari tomonidan test imtixonlari olindi.

📄Yaʼni bunda maktabning 11-sinf oʻquvchilari maktabni tamomlagach oliy taʼlim muassasiga kirish imtihonlari uchun oʻz yoʻnalishlari doirasida 3ta majburiy fanlar (ona tili,matematika, Oʻzbekiston tarixi) va asosiy yoʻnalishlari boʻyicha 2 ta fan doirasida DTM tomonidan tayyorlangan test savollarini yechishdi.

📚Bundan koʻzlangan maqsad, natijalar monitoring qilinishi va oʻquvchilar oʻrtasida oʻqishga qiziqishni oshishiga yordam berishidir.

Yuqori Chirchiq tumani hokimligi Axborot xizmati
https://t.iss.one/yuqorichirchiq_hokimiyat