🔰NOYABR - DIABET OYLIGI DAVOM ETMOKDA!

Bugun viloyat bosh endokrinologi M.M.Karimova boshchiligida dispanser shifokorlari va xamshiralari tomonidan Oxangaron shaxar 7-sonli  imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan  maxsus maktabda tibbiy kurik tashkil etildi.

Tibbiy kurikda jami 120 nafar bolalar endokrinolog kurigidan utkazilib:
👩‍⚕kalkonsimon bez xolati, qonda kand mikdori,buy, vazn va bel aylanalari oʻlchandi.

♦️5 nafar bolada diffuz bukok,1 nafar bolada semizlik aniklandi.

Aniklangan kasalliklar buyicha dispanserda bepul qalkonsimon bez garmonlarini tekshirish uchun yullanma berilib, shifokorlar tomonidan zarur tavsiya va koʻrsatmalar berildi.

Shuningdek oʻquvchilar va maktab xodimlariga soglom turmush tarzi, yod tanqisligi va qandli diabet profilaktikasi buyicha suhbat oʻtkazilib, targʻibot qoʻllanmalari tarkatildi.

Tibbiy koʻrik soʻngida maktab direktori tomonidan dispanser rahbariyatiga tashakkurnoma taqdim etildi.

https://t.iss.one/yuqorichirchiq_hokimiyat
Президент Шавкат Мирзиёевнинг Ўзбек ва туркман халқлари дўстлиги фестивали иштирокчиларига табриги

Поздравление Президента Шавката Мирзиёева участникам Фестиваля дружбы узбекского и туркменского народов

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
YIL AYOLI-2022" milliy tanlovi

Yurtimizda xotin-qizlarning oila va jamiyatdagi o‘rnini oshirish, mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan xotin-qizlarni aniqlash va rag‘batlantirish, ularning ilg‘or hayot va ish tajribasini ommalashtirish maqsadida 2017 yildan boshlab an'anaviy tarzda “Yil ayoli” milliy tanlovi o‘tkazib kelinadi.

📊"Yil ayoli-2022" ko'rik-tanlovida Yuqori Chirchiq tumanidan "Eng jonkuyar ustoz" nominatsiyasi bo‘yicha G. Eliboyeva viloyat bosqichida faol ishtirok etib, g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

🔰Mazkur tanvolda meyoriy hujjatlar va ishtirokchilarning albomlari taqdim etilib, 3 ta shart: o'zini tanishtirish, savol-javob, zamonaviy o'zbek ayoli shartlari bo'yicha video roliklari namoyish etildi va yuqoridagi shartlar bo'yicha bellashishdi.

🔰"YIL AYOLI-2022" ko`rik tanlovining taqdirlash marosimi 16 noyabr kuni bo'lib o'tdi.

Yuqori Chirchiq tuman hokimligi Axborot xizmati
https://t.iss.one/yuqorichirchiq_hokimiyat
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yuqori_Chirchiq_tumani
#ochlish

🛑Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-sentyabrdagi "Xotin-qizlar bandligini oshirish va salomatligini mustahkamlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi PQ-376-sonli qarori hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-noyabrdagi "Mahallalarda xotin-qizlarning bandligini ta’minlash va salomatligini mustahkamlash markazlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi 650-sonli qaroriga muvofiq, Yuqori Chirchiq tumani 1-sektor hududining "Guliston" mahallasida "Xotin-qizlar bandligini oshirish va salomatlik markazi"ning ochilish marosimi oʻtkazildi.

🎥Batafsil lavhada kuzatishingiz mumkin.

Yuqori Chirchiq tuman hokimligi Axborot xizmati
https://t.iss.one/yuqorichirchiq_hokimiyat
#yashil_makon
#dolzarb_40_kunlik
“Yashil makon” loyihasi doirasidagi “dolzarb 40 kunlik” tadbirlari jadallik bilan olib borilmoqda.

🌳Mazkur tadbir doirasida Yuqori Chirchiq tumanining “Qangli” MFY hududida mevali va manzarali daraxt koʻchatlari ekilmoqda.

Yuqori Chirchiq tuman hokimligi Axborot xizmati
https://t.iss.one/yuqorichirchiq_hokimiyat
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Toshkent_viloyati
#Yuqori_Chirchiq_tumani
#Xaftalik_ish_reja_ijrosi
#Muqaddasdir_Vatan_bayrogʻi

Respublika Ma'naviyat va Ma'rifar markazi Yuqori Chirchiq tuman boʻlinmasining  ish rejasiga muvofiq  tuman “Vatanparvar” tashkiloti va tuman “Soliq inspeksiyasi”  xodimlari bilan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi 31-yilliga  bagʻishlangan “Muqaddasdir vatan bayrogʻi” shiori ostida chelenj oʻtkazildi

✏️RMMM Yuqori Chirchiq tuman boʻlinmasi

Yuqori Chirchiq tuman hokimligi Axborot xizmati
https://t.iss.one/yuqorichirchiq_hokimiyat
#Yuqori_Chirchiq_tumani
⭕️Onlayn
Bayram tadbiri

Ayni damda  Yuqori  Chirchiq tumani markazida joylashgan Mustaqillik maydonida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi qabul qilinganining 31 yilligi hamda Oʻzbekiston  Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilinganining 30 yilligi  munosabati bilan  “Muqaddas Vatan bayrogʻi! ” hamda “Shuhrating porlasin toki bor jahon! ” shiori ostida madaniy maʼrifiy bayram tadbiri boʻlib oʻtmoqda.

💐Bayram dasturida tuman hokimi  U. Atemov soʻz olib,  barcha yurtdoshlarimizni, tumandoshlarimizni samimiy qutlamoqdalar.

Yuqori Chirchiq tuman hokimligi Axborot xizmati
https://t.iss.one/yuqorichirchiq_hokimiyat