#Yuqori_Chirchiq
#34_maktab
#5_tashabbus_amalda
#Yosh_dasturchi
#Ustoz_va_shogird

   👨‍💻💻Joriy yilning 15-noyabr kuni Yuqori Chirchiq tumani XTB tasarrufidagi 34-umumiy o‘rta ta'lim maktabida "Million solutions" kompaniyasi xodimi va shuningdek AQShning O‘zbekistonda joylashgan  "UZ Auto Trans" kompaniyasi va "TT ELD" loyihalari yosh dasturchisi Raxmankulov Sagden 9-sinf o‘quvchilari bilan "IT sohasi va uning O‘zbekistonda rivojlanishi" mavzusida davra suhbati o‘tkazdi.

   📈Tadbir davomida yosh dasturchi o‘quvchi-yoshlarga ingliz va xitoy tillaridan xalqaro til sertifikati (IELTS va HsK) ga ega ekanligi va bu natijaga aynan 34-maktabda, darsdan tashqari joriy etilgan til kurslarida qisqa,  7-8 oylik qo‘shimcha darslarda qatnashganidan so‘ng mazkur natijaga erishgani haqida ma'lumotlar berdi.

Yuqori Chirchiq tuman hokimligi Axborot xizmati
https://t.iss.one/yuqorichirchiq_hokimiyat
#Infografika

Firibgarlikni axborot texnologiyalaridan foydalanib sodir etganlik uchun javobgarlik kuchaytirildi

"O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi Qonun Prezident tomonidan imzolandi.
Qonun bilan Jinoyat kodeksiga kiritilgan o‘zgartishlarga ko‘ra, firibgarlikni axborot tizimidan, shu jumladan axborot texnologiyalaridan foydalanib sodir etganlik uchun javobgarlik kuchaytirildi.
Endilikda ushbu qilmish BHMning 300 baravaridan 400 baravarigacha jarima yoki 2 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud muayyan huquqdan mahrum etib 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga moddiy madaniy meros obyektlariga nisbatan hurmatsizlik bilan munosabatda bo‘lganlik uchun javobgarlik kiritildi.
Ushbu huquqbuzarlik og‘irlashtiruvchi holatlarda 15 sutka maʼmuriy qamoqqa olishga yoki BHMning 20 baravaridan 30 baravarigacha jarima solishga sabab bo‘ladi.
https://t.iss.one/AOKBToshvil
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔰Yuqori Chirchiq tumani Guliston MFY

📍Ishsiz xotin-qizlarni bandligini ta'minlash va salomatligini mustahkamlash markazining ochilish marosimidan lavha.

Yuqori Chirchiq tuman hokimligi Axborot xizmati
https://t.iss.one/yuqorichirchiq_hokimiyat
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#IIB_YHXB_ogohlantiradi

🌧Respublikamizning ko‘plab hududlarida yog‘ingarchiliklar kuzatilmoqda. Barcha haydovchilardan:

🔹 boshqaruvdagi transport vositasining texnik sozligiga e’tiborli bo‘lib;

🔹 oraliq masofani saqlab;

🔹 tezlikni me’yordan oshirmasdan;

🔹 gaz yoki tormoz tepkisini keskin bosmasdan;

🔹 ehtiyotkorlik bilan harakatlanishlarini so‘raymiz
.

Yuqori Chirchiq tuman hokimligi Axborot xizmati
https://t.iss.one/yuqorichirchiq_hokimiyat
#Chaqiriq

⚡️ “Yongin xavfsizligi oyligi”da faol ishtirok etaylik!

📌 Yuqori Chichiq tumani hokimining tegishli farmoyishiga muvofiq, joriy yilning 15-noyabridan 15-dеkabrigacha tuman hududida “Yongin xavfsizligi oyligi” o’tkaziladi.

🔹 Hurmatli tumandoshlar!

Sodir bo’lishi mumkin bo’lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish va yuzaga kelganda ularning oqibatlarini tezkorlik bilan bartaraf etish hamda aholi xavfsizligini ta’minlash maqsadida otkazilayotgan “Yongin xavfsizligi oyligi”da faol ishtirok eting va yong’in xavfsizligi qoidalariga rioya qiling. O‘zingiz, oilangiz va mol-mulkingizni yong‘indan asrang hamda is gazidan zaharlanishdan saqlaning!

☎️ Yong‘in xavfini sezganda yoki sodir bo‘lganda zudlik bilan Yuqori Chichiq tumani Favqulodda vaziyatlar bo’limi navbatchisiga 101, 1050 raqamlari orqali xabar bering.

▪️ Yuqori Chichiq tumani Favqulodda vaziyatlar bo`limi.

Yuqori Chirchiq tuman hokimligi Axborot xizmati
https://t.iss.one/yuqorichirchiq_hokimiyat
#forum_doirasida

Xabaringiz bor, ayni kunlarda yurtimizda kichik yoshdagi bolalarni parvarish qilish va taʼlim berish boʻyicha II Butunjahon konferensiyasi boʻlib oʻtmoqda.

🌐BATAFSIL

Telegram 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM