#yashil_makon
#dolzarb_40_kunlik
“Yashil makon” loyihasi doirasidagi “dolzarb 40 kunlik” tadbirlari jadallik bilan olib borilmoqda.

🌳Mazkur tadbir Yuqori Chirchiq tumanining “Ahmad Yassaviy” MFY hududida ham faollik bilan olib borildi.

🌳Jumladan, tumanning iqtisodiy soha vakillari, tuman hokimligi, banklar, Aholi bindligiga koʻmaklashish markazi singari qator tashkilot rahbarlari va xodimlari ishtirokida mevali va manzarali daraxt koʻchatlari ekilmoqda.

Yuqori Chirchiq tuman hokimligi Axborot xizmati
https://t.iss.one/yuqorichirchiq_hokimiyat
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yuqori_Chirchiq_tumani
Kasb-hunar maktabida yoshlarning kelajagi ta'minlanmoqda.

Bugungi kunda Yuqori Chirchiq tumanida Kasb-hunar maktabida 400 dan ortiq yoshlar bilim olish bilan bir qatorda kasb-hunar sir-sinoatlarini ham oʻrganishmoqda.

Maxsus reportaj | Yuqori Chirchiq tumani kasb-hunar maktabi faoliyati OAV nigohida
#28sept #uzbekiston24

Yuqori Chirchiq tuman hokimligi Axborot xizmati
https://t.iss.one/yuqorichirchiq_hokimiyat
#Yuqori_Chirchiq
#34_maktab
#Noyabr_Xorijiy_tillar_fan_oyligi
#Misrlik_mehmon

🇪🇬Misr Arab Respublikasi fuqarosi, dunyo tan olgan olim, Doktor Ali Abdulzaher Aboamrani o'g'li, ayni vaqtda Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti ilmiy tadqiqotchisi Mr Hatem Ali Abdulzaher Aboamra Yuqori Chirchiq tumani XTB tasarrufidagi 34-umumiy o‘rta ta'lim maktabida "Xorijiy tillar fan oyligi" ning ochilishiga tashrif buyurdi.

📈O‘quvchilar bilan Ingliz tilida muloqot olib borgan mehmon o‘quvchilarda xorijiy tilga qiziqish yuqori ekanligini alohida ta'kidlab o‘tdi.

Yuqori Chirchiq tuman hokimligi Axborot xizmati
https://t.iss.one/yuqorichirchiq_hokimiyat
#Yuqori_Chirchiq_tumani
Endokrin kasallarni erta aniqlash maqsadida tibbiy koʻrik oʻtkazildi.

🩺 Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanidagi Endokrinologiya dispanseri shifokorlari tomonidan Bekobod shahrida joylashgan harbiylar shaharchasida, harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolari chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrik tashkillashtildi.

👨‍⚕️ Ikki kun davomida oʻtkazilgan tibbiy koʻrikda, Toshkent viloyati bosh endokrinologi M.M.Karimova va oliy toifali endokrinologlar I.G.Kushbakov, A.V.Sergaziyev tomonidan jami 136 nafar fuqarolar koʻrikdan oʻtkazildi.

24 nafar bemorda Diffuz boʻqoq 1-2 turi;
2 nafarida Tugunli buqoq turi;
1 nafarida esa Qandli diabet yangidan aniqlandi.

🩸 Ularga gormonal va glikemiya tekshiruviga yoʻllanma berilib, yashash joyi boʻyicha endokrinologda “D” nazoratga olish uchun yoʻnaltirildi.

Yuqori Chirchiq tuman hokimligi Axborot xizmati
https://t.iss.one/yuqorichirchiq_hokimiyat
#Toshkent_viloyati
#Yuqori_Chirchiq_tumani
#xaftalik_ish_reja_ijrosi

Bugun, RMMM Yuqori Chirchiq tuman boʻlinmasining ish rejasiga asosan tuman AKM bilan hamkorlikda oʻtkazilgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirdan lavxalar.

✏️RMMM Yuqori Chirchiq tuman boʻlinmasi

Yuqori Chirchiq tuman hokimligi Axborot xizmati
https://t.iss.one/yuqorichirchiq_hokimiyat