#Yuqori_Chichiq_tumani
34-umumiy o‘rta ta'lim maktabi
Chirchiq Davlat pedagogika universiteti bilan hamkorlik qilmoqda

O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganining 33 yilligi munosabati bilan Chirchiq Davlat pedagogika universiteti bilan 34-umumiy o'rta ta'lim maktabida “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

💥 Bayram dasturiga bir qator universitet domlalari va talabalari mehmon bo‘lishdi hamda o'quvchilar tomonidan ijro etilgan badiiy chiqishlar barchaga birdek manzur bo'ldi.

🖊 Shuningdek, maktab o'quvchilari uchun foydali va qiziqarli ma'lumotlar berildi.

📚Tadbir so'ngida universitet jamoasi tomonidan minnatdorchilik bildirilib, hamkorlik uzoq yillar davom etishiga ta'kidlandi.

Yuqori Chirchiq tumani hokimligi Axborot  xizmati
https://t.iss.one/yuqorichirchiq_hokimiyat
Audio
#Dayjest

Seshanba – Hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari bilan muloqot va yoshlar bilan uchrashuvlar o‘tkazish kuni. Bugun hokim yordamchilari va yoshlar yetakchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar xususida toʻxtalamiz.

🔘Oqqoʻrg'on tumani. Yoshlar yetakchisi subsidiya asosida ijtimoiy yagona roʻyxatda turgan oilaga issiqxona qurishda koʻmaklashdi.

🔘Ohangaron tumani. Yoshlar yetakchisi tashabbusi bilan boʻsh turgan bino bolalar uchun kurash tushish majmuasiga aylantirildi.

🔘Zangiota tumani. Hokim yordamchilari Buxoro viloyati Romitan tumanidagi hamkasblari bilan tajriba almashishdi.

🔘Olmaliq shahri. 4 ta sektor rahbarlari ishtirokida yoshlar bilan uchrashuv tkazilib, ularning huquqiy muammolari joyida hal etildi.

🔘Bekobod tumani. Hokim yordamchilar kmagi bilan 3 nafar fuqaroga motokultivator, ikki nafar fuqaroga yuk motorolleri olib berildi.

🔘Yuqori Chirchiq tumani. Ayollar daftari” ryxatida turgan 4 nafar xotin-qizning har biriga 2 tadan tikuv mashinasi olib berildi.

🔘Chirchiq shahri. 439 mln. 696 ming so‘mlik imtiyozli kredit mablag‘lari ajratilib, 179 nafar ishsiz fuqarolarning bandligi ta’minlandi.

🔘Bo'ka tumani. Ishsiz fuqaroga sartaroshlik faoliyati bilan shug’ullanishi uchun zarur asbob-uskunalar olib berildi.

🔘Bo'stonliq tumani. Mahalliy tadbirkorlar yordami bilan 50 oʻringa moʻljallangan oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkiloti oʻz faoliyatini boshladi.

🔘Qibray tumani. DSI boshlig‘i Sh.Xalmatov 4-sektor hududidagi mahallalarda faoliyat olib borayotgan yoshlar yetakchilari bilan uchrashuv o'tkazildi.

🔘Yangiyo'l tumani. "Har bir oila – tadbirkor" dasturi doirasida 24 nafar mahalla fuqarolariga tikuv mashinasi, motokultivator, motoroller, issiqxona, non pishiradigan maxsus pech jihozlari imtiyozli kredit asosida yetkazib berildi.

🔘Bekobod shahri. 180 nafar ishsiz fuqaroga kredit asosida asbob-uskunalar olib berildi.

🔘Piskent tumani. 22 nafar yoshlarning to'lov-kontrakt puli to'lab berildi.

📹DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RSIH
#Xayrli_kun

Yomg‘ir yog‘moqda. Uch oy jaziramada hansiragan zaminga tomgan tomchilar osmon iforini taratadi. Barglarni savalagan simtorlari ko‘ngildagi g‘uborlarni ham yuvmoqda. Yeru ko‘kni larzaga solib gumburlagan momaqaldiroq o‘zgarishlardan darak berayotgandek.

Yuqori Chirchiq tuman hokimligi Axborot xizmati
https://t.iss.one/yuqorichirchiq_hokimiyat
#Rasmiy

Kun.uz saytida eʼlon qilingan “Majlislar oʻlkasi” nomli maqola yuzasidan raddiya

🌐
BATAFSIL

️Telegram 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#jarayon #bunyodkorlik
#suv_taminoti

💦 Yuqori Chirchiq tumanining "Nurli yo`l" va "Farovon" mahalla fuqarolari yig`inida loyiha bo`yicha aholini ichimlik suvi bilan ta`minlash maqsadida, suv quvurlarini tortish ishlari olib borilmoqda.

Yuqori Chirchiq tuman hokimligi Axborot xizmati
https://t.iss.one/yuqorichirchiq_hokimiyat
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yuqori_Chirchiq_tumani
Tumanining investitsiya loyihalari

🔰Bugungi kunda tumanning yirik ishlab chiqarish konxonalaridan biri boʻlgan “Sof gigiyenik” bolalar tagliklarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonaning ish jarayonlari, yillik ishlab chiqarish quvvati hamda ish oʻrinlari bilan oʻz oʻrniga ega.

🎥Batafsil Oʻzbekiston 24 telekanalining “Reportaj” dasturida kuzatishingiz mumkin.

Yuqori Chirchiq tuman hokimligi Axborot xizmati
https://t.iss.one/yuqorichirchiq_hokimiyat
#Yuqori_Chichiq_tumani
Investitsiyalarni rivojlantirish yoʻlida.

Yuqori Chirchiq tumanining Gulobod maxalla fuqarolari yigʻini xududida zamonaviy usullarda FIN xammomi kompleksi barpo etilmoqda.

📊Ushbu loyihaning umumiy qiymati 10 mlrd soʻmni tashkil etib, kompleks “ARD GLOBAL FAMILY” MCHJ tomonidan amalga oshirilmoqda. Rejaga asosan, yil yakuni va kelasi yilga toʻlik ishga tushiriladi.

Yuqori Chirchiq tumani hokimligi Axborot xizmati
https://t.iss.one/yuqorichirchiq_hokimiyat
#диққат

⚡️Тошкент вилояти бугундан иссиқлик таъминотига уланади

Вилоят ҳокимининг қарорига мувофиқ, жорий йилнинг 19 октябридан ижтимоий соҳа объектлари, 21 октябридан бошлаб кўп қаватли турар-жой биноларини мунтазам иситишга киришилади.

@haqiqatonline
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Yuqori_Chichiq_tumani
Yoshlar yetakchilari mahalla yigit-qizlarining chin doʻstiga aylanmoqda.

💯Bugungi kunda yoshlar yetakchilari tomonidan yoshlarning masalalarni tizimli hal qilishdagi ishtiroki yanada kuchaymoqda.

🔰 Albatta, Yoshlar siyosati davlat darajasiga koʻtarilgani, ularning har tomonlama qoʻllab-quvvtlanayotgani buning yaqqol namunasidir.

‼️Shu oʻrinda mahallalardagi yoshlar yetakchisi sifatida mehnat faoliyatini boshlashga shay turgan uka-singillarimizga aytar soʻzim bor: bildirilayotgan ishonchni oqlagan holda, bugungi islohotlarga “labbay” deb javob berish, yurt ravnaqi, porloq kelajak qurish uchun oʻzingizdagi bor kuch-gʻayrat va salohiyat, masʼuliyatni toʻlaligicha namoyish qilish vaqti keldi.

🎥Lavhamiz tumanning “Yangi hayot” mahalla fuqarolari yigʻini yoshlar etakchisi Yulduzxon Latipovaning olib borayotgan ish faoliyati xususida.

Yuqori Chirchiq tumani hokimligi Axborot xizmati
https://t.iss.one/yuqorichirchiq_hokimiyat
Kuz manzaralari.

Yomgʻir yogʻar...
Tomchilari quvnashib,
Nechuk gʻalat turishibdi odamlar?!
Ajab...
HAQning rahmatidan benasib,
Yomgʻirpoʻshda yurishibdi odamlar .

Zarra-zarra, tomchilari durga mos,
Yuzdan gʻamni yuvib ketsin, shu yomgʻir.
Yomgʻirpoʻshni yigʻib qoʻying iltimos,
Gunohlarni yuvib ketsin, shu yomgʻir!

Foto:Оlimjon Isroilov

Yuqori Chirchiq tumani hokimligi Axborot xizmati
https://t.iss.one/yuqorichirchiq_hokimiyat