Yunusobod hokimligining rasmiy kanali
9.94K subscribers
12.7K photos
831 videos
14 files
3.59K links
Yunusobod tuman hokimligining rasmiy telegram kanali/Официальный телеграм-канал администрации Юнусабадского района
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🎬🎬🎬🎬

OGOH BO’LING!
Har bir qarich yerning hisobi bor. Nazorati ham kuchli
‼️

😄Davlatimiz Rahbari raisligida 2023-yil 27-oktyabr kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda respublikada 2 million 400 mingdan ortiq xonadonning egalik hujjati yo‘qligi, ularning kadastr hujjati qilinsa, odamlarga huquqiy, iqtisodiy zamin bo‘lishi ta’kidlanib, hujjatsiz uy-joylarga egalik huquqini berish bo‘yicha qonun loyihasini yakuniga yetkazish vazifasi qo‘yilgan.

❗️Ammo hali qonun qabul qilinmagan bo‘lsada, hujjat qilib olish umidida ayrim fuqarolar tomonidan yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olish va qurilish qilish holatlari kuzatilmoqda.

Batafsil video lavhada.

#kadastr #ijtimoiy_rolik #yer_nazorati

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from TOSHKENT SHAHAR KADASTR
📚📚📚📚

RASMIY MUNOSABAT

◾️“Xalq nazorati” telegram kanalida e’lon qilingan murojaat yuzasidan⭐️Kadastr agentligining Toshkent shahar boshqarmasi quyidagilarni ma’lum qiladi.

◾️Mavjud arxiv hujjatlariga muvofiq, Yunusobod tumani hokimining 2013-yil 16-avgustdagi farmoyishi bilan Yunusobod tumani, 3-mavzesida joylashgan 3873 kv.m yer maydoni MCHJga obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish maqsadida biriktirilgan.

◾️2024-yil 16-may kuni boshqarmaning Yunusobod tuman bo‘limi mas’ul xodimlari tomonidan Vazirlar Mahkamasining 183-sonli Qarori bilan tasdiqlangan nizom talablariga asosan belgilangan tartibda olib borilgan davlat yer nazorati tadbiri natijasida, MCHJga yer maydoni faqatgina obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish maqsadida biriktirilgan bo‘lishiga qaramasdan ushbu yer maydonida o‘zboshimchalik bilan o‘rab olish, unda noqonuniy qurilmalar (stadion, avtoturargoh, qorovulxona hamda tadbirkorlik maqsadida binolar) qurib, ushbu yer maydonidan shu kunga qadar maqsadsiz foydalanib kelayotganligi aniqlangan.

◾️Mazkur holat yuzasidan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, ogohlantirish xati berilganiga qaramay holat MCHJ rahbari tomonidan ixtiyoriy ravishda bartaraf etilmagan.

◾️Shundan so‘ng aniqlangan yer qonunbuzilishini bartaraf etish, o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer maydonini MCHJ hisobidan o‘z holiga qaytarish yuzasidan Toshkent tumanlararo Iqtisodiy sudiga da’vo arizasi kiritilgan. Bugungi kunda kiritilgan da’vo arizasi sud tomonidan belgilangan tartibda ko‘rib chiqilmoqda.

◾️Bundan tashqari, “Xalq nazorati” telegram kanalida e’lon qilingan yuqoridagi murojaatda “Toshkentni qoq markazidagi manavi bino esa yarimtayam ruxsatsiz yaqinlarda qurildi” deya izohlangan qurilmaga ham to‘xtalib o‘tamiz.

◾️Mavjud arxiv hujjatlariga muvofiq, Mirzo Ulug‘bek tumani, O‘zbekiston ovozi ko‘chasida joylashgan 2-sonli noturar joy obyekti MCHJga 15.08.2023 yildagi Elektron-onlayn auksion natijalari to‘g‘risidagi bayonnomasiga asosan auksion g‘olibi sifatida 180.00 kv.m yer maydoni 15.08.2023 yildagi Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan bo‘sh turgan yer uchastkasini ijaraga olish to‘g‘risidagi shartnomaga ko‘ra mulk huquqida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.

◾️O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 06.09.2023 yildagi Arxitektura-rejalashtirish topshirig‘iga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Qurilish Vazirligi, Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasi, Loyiha-smeta hujjatlarni kelishish bo‘yicha Arxitektura va shaharsozlik kengashi ishchi organlari tomonidan 26.09.2023 yildagi loyiha tasdiqlangan.

◾️Tasdiqlangan loyiha-smetasiga asosan 23.11.2023 yildagi O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi huzuridagi Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasi tomonidan qurilishi (rekonstruksiya) tugallangan obyektdan foydalanish uchun Ruxsatnomasiga ko‘ra umumiy foydalanish maydoni (tashqi) 152.00 kv.m., foydalanish maydoni 131.59 kv.m., qurilish osti maydoni 152.00 kv.m ga nisbatan MCHJ nomiga mulk huquqida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgani ma’lum qilinadi.

#Kadastr #rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #korrupsiyaga_qarshi_kurash #Yunusobod
KORRUPSIYA – TARAQQIYOTGA TAHDID

⭐️Kadastr agentligi va 🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalarining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassislari Sh.Ro‘zmatov, T.Yuldashev tomonidan Yunusobod tumani filialida xodimlar uchun profilaktik tadbir o‘tkazildi.

◼️Unda “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi 937-sonli Qonun ijrosini amalga oshirish jarayonida korrupsiya, poraxo‘rlik, firibgarlik, tamagirlik, manfaatlar to‘qnashuvi kabi salbiy holatlarga yo‘l qo'ymaslik yuzasidan tegishli koʻrsatma va tavsiyalar berildi.

👉Бизни https://yunusobodtumani.uz сайтида кузатинг

Каналга уланиш👇👇👇
|🕊Telegram |📱Facebook |📱Instagram
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

📣 DIQQAT E’LON! 📣


Poytaxtimizning Yunusobod tumani fuqarolari va tadbirkorlari!

📃 Sizning kadastr sohasi bilan bog‘liq murojaatlaringizni ko‘rib chiqish maqsadida Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalarining Yunusobod tumani filialida sayyor qabul o‘tkaziladi.

Kadastrga oid masalalaringiz bo‘lsa, sayyor qabulda ishtirok etishingiz mumkin.

◼️Sayyor qabul ⭐️Kadastr agentligi hamda 🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalari mutasaddilari ishtirokida o‘tkaziladi.

🗓 Kuni: 2024-yil, 14-noyabr, soat 11:00 dan.

📞 Qabulga yozilish uchun: (+99871) 235-44-69.

📍 Manzil: Yunusobod tumani, Bogʻishamol koʻchasi, 112-uy.

📍Lokatsiya.

#Kadastr #sayyor_qabul #Yunusobod

Каналга уланиш👇👇👇
|🕊Telegram |📱Facebook |📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌇🌇🌇🌇 🗂🗂🗂🗂

🌏 Ўзбекистон Республикасининг 05.08.2024 йилдаги “Ўзбошимчалик билан эгаллаб олинган ер участкаларига ҳамда уларда қурилган бинолар ва иншоотларга бўлган ҳуқуқларни эътироф этиш тўғрисида”ги 937-сонли Qonunda назарда тутилган тартиб-таомиллар инфографика кўринишида.
#Kadastr #infografika #Qonun_937

Каналга уланиш👇👇👇
|🕊Telegram |📱Facebook |📱Instagram