Yunusobod hokimligining rasmiy kanali
9.93K subscribers
12.7K photos
831 videos
14 files
3.59K links
Yunusobod tuman hokimligining rasmiy telegram kanali/Официальный телеграм-канал администрации Юнусабадского района
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Seshanba uchun dayjest

Joriy yilning 9-aprel kuni Toshkent shahrining sektorlari, boshqarma va idoralari rahbarlaridan iborat ishchi guruh Yunusobod tumanidagi “Akbarobod” va “Shoshtepa”, Yakkasaroy tumanidagi Bobur, Shayxontohur tumanidagi “Yangi Kamolon” ​​mahallalarini o‘rgandi.

Tashriflar davomida “qizil toifa"ga kiruvchi mahallalarda joriy etilishi lozim bo‘lgan bir qator qulaylik va imkoniyatlarga alohida e’tibor qaratildi. Jumladan, mahallalarda iqlimni yaxshilash va azaliy qo‘shnichilik an’analarini tiklashga xizmat qiladigan jalb qiluvchi maskanlarni tashkil etish, ko‘p qavatli avtoturargohlar va elektr transport vositalarini quvvatlantirish shoxobchalarini tashkil etish, bolalar maydonchalari va strit vorkaut maydonlari sonining ko'paytirilishiga alohida e’tibor qaratildi.

Bundan tashqari, ko‘chaboshi, uyboshi va yo‘lakboshi vazifasini tiklash va keyinchalik ularga bir qator vazifalar, jumladan, ijaraga olingan uylar va xonadonlarda yashovchi fuqarolarning ro‘yxatini yuritish, boshqaruv servis kompaniyalari yordamida va aholi ishtirokida uylarga tutash hududlarda obodonlashtirish va ko'kalamzorlashtirish ishlarini tashkil qilish kabi vazifalarni yuklash rejalashtirilgan.

Poytaxtimizdagi mahallalarni o‘rganish natijalariga ko‘ra, o‘yin maydonchalari uchun jihozlar, strit vorkaut jihozlari va ular uchun qoplamalar, shuningdek, maishiy chiqindilarni yig‘ish punktlari uchun qutilar, mahallalarga oʻrnatish uchun oʻrindiqlar, qurilish materiallari va betondan yasalgan buyumlar, yo‘lak qoplamalari va bruschatka va boshqalarning ko‘rgazmasi tashkil qilindi.

#Yunusobod
#Yakkasaroy
#Shayxontohur
#Kadastr #korrupsiyaga_qarshi_kurash #Yunusobod
KORRUPSIYA – TARAQQIYOTGA TAHDID

⭐️Kadastr agentligi va 🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalarining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassislari Sh.Ro‘zmatov, T.Yuldashev tomonidan Yunusobod tumani filialida xodimlar uchun profilaktik tadbir o‘tkazildi.

◼️Unda “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi 937-sonli Qonun ijrosini amalga oshirish jarayonida korrupsiya, poraxo‘rlik, firibgarlik, tamagirlik, manfaatlar to‘qnashuvi kabi salbiy holatlarga yo‘l qo'ymaslik yuzasidan tegishli koʻrsatma va tavsiyalar berildi.

👉Бизни https://yunusobodtumani.uz сайтида кузатинг

Каналга уланиш👇👇👇
|🕊Telegram |📱Facebook |📱Instagram
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

📣 DIQQAT E’LON! 📣


Poytaxtimizning Yunusobod tumani fuqarolari va tadbirkorlari!

📃 Sizning kadastr sohasi bilan bog‘liq murojaatlaringizni ko‘rib chiqish maqsadida Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalarining Yunusobod tumani filialida sayyor qabul o‘tkaziladi.

Kadastrga oid masalalaringiz bo‘lsa, sayyor qabulda ishtirok etishingiz mumkin.

◼️Sayyor qabul ⭐️Kadastr agentligi hamda 🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalari mutasaddilari ishtirokida o‘tkaziladi.

🗓 Kuni: 2024-yil, 14-noyabr, soat 11:00 dan.

📞 Qabulga yozilish uchun: (+99871) 235-44-69.

📍 Manzil: Yunusobod tumani, Bogʻishamol koʻchasi, 112-uy.

📍Lokatsiya.

#Kadastr #sayyor_qabul #Yunusobod

Каналга уланиш👇👇👇
|🕊Telegram |📱Facebook |📱Instagram