XORAZM YOSHLARI
16.8K subscribers
7.83K photos
1.44K videos
24 files
3.76K links
🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi Xorazm viloyati boshqarmasining rasmiy Telegram sahifasi

Ochiq muloqot va murojaatlar uchun;
@yoshlarmurojaati
@yoshlarmurojaati_bot
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🌎”Butunjahon yoshlar festivali-2024” Xorazmda

Kuni kecha Samarqand shahri turizm markazining boqiy shahar majmuasida “Butunjahon Yoshlar Festivali-2024”ning tantanali ochilish marosimi bo’lib o’tgan edi.

Bugun xorijdan kelgan delegatsiya vakillari Xorazm viloyatiga tashrif buyurishdi.

Festival doirasida delegatsiya vakillari koʻxna Xiva “Ichan qal’a” davlat muzey-qo‘riqxonasi bo‘ylab sayohat qilishadi.

#YoshlarKuni #YouthDay

🇺🇿 Yoshlar ishlari agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi Axborot xizmati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risida"gi qarori

#YoshlarKuni #YouthDay

🇺🇿 Yoshlar ishlari agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi Axborot xizmati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlar kuni munosabati bilan yurtimizning faol va tashabbuskor yosh avlod vakillaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi Farmoni

#YoshlarKuni #YouthDay

🇺🇿 Yoshlar ishlari agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi Axborot xizmati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🌎 Xorazm viloyati Xiva shahar “Ichan-qal’a” hududida “Butunjahon yoshlar festivali” doirasidagi konsert dasturi turli xalq vakillarining koʻngil ochar kuy-navolari va raqslari bilan davom etmoqda!

#YoshlarKuni #YouthDay

🇺🇿 Yoshlar ishlari agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi Axborot xizmati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🌎Markaziy Osiyo – Xitoy” Yosh iqtidorlar forumi

“Butunjahon yoshlar festivali-2024” doirasida Xiva shahrida o‘tkazilgan “Markaziy Osiyo-Xitoy iqtidorlar forumi”dan lavhalar

#YoshlarKuni #YouthDay

🇺🇿 Yoshlar ishlari agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi Axborot xizmati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida yoshlar siyosatiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi hamda yoshlar bilan muloqot boshlandi.

Davlatimiz rahbari mamlakatimizda so‘nggi yetti yil yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularni isteʼdod va salohiyatini ro‘yobga chiqarishda “katta sakrash davri” bo‘lganini taʼkidladi.

Shu yetti yil ichida yoshlarga oid 100 dan ziyod qonun va qaror qabul qilinib, 200 dan ortiq imtiyoz berildi.

Birgina taʼlim kreditidan 151 ming yoshlar foydalandi. Ehtiyojmand oiladan bo‘lgan yana 110 ming talabaning kontraktini to‘lashga 332 milliard so‘m ajratildi.

Natijada oliy taʼlimda qamrov 9 foizdan 42 foizga, oliygohlar soni esa 77 tadan 212 taga yetdi.

🇺🇿 Yoshlar ishlari agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi Axborot xizmati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Prezident maktabi baholash tizimi 500 ta maktabda joriy qilinishi hisobiga bir yilni o‘zida bilimlarni o‘zlashtirish 53 foizdan 60 foizga oshdi.

Bu yil maktablarni 14 mingdan ziyod o‘quvchi oltin va kumush medallar bilan bitirdi.

Katta beshlik” fan olimpiadalarida qo‘lga kiritilgan medallar oxirgi to‘rt yilda 2 karra ko‘paydi.

Prezident farzandlarimizni tarbiyalab, o‘qitib, mana shunday yutuqlarga erishishiga sababchi bo‘lgan ota-onalar, ustoz va murabbiylarga chuqur minnatdorlik bildirdi.

#YoshlarKuni #YouthDay

🇺🇿 Yoshlar ishlari agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi Axborot xizmati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bugungi kunda 110 ming o‘g‘il-qizlarimiz xorijda tahsil olmoqda.

“El-yurt umidi” jamg‘armasi orqali yetti yilda AQSHning “Pechak ligasi”ga kiruvchi Garvard, Yel, Kolumbiya, Stenford kabi top-8 ta, Buyuk Britaniyanining “Rassell guruhi”dagi Oksford, Kembridj, Birmingem kabi 24 ta oliygohni 50 nafar yoshlarimiz bitirdi.

Bu nufuzli oliygohlarda o‘qiyotgan yoshlarimiz soni esa 200 dan oshdi.

#YoshlarKuni #YouthDay

🇺🇿 Yoshlar ishlari agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi Axborot xizmati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Davlatimiz rahbari ushbu sharoitlarni karra-karra ko‘paytirish bo‘yicha yangi tashabbuslarni ilgari surdi.

Mamlakatimiz jadal rivojlanishi uchun bizga “to‘rtinchi sanoat inqilobi” kasblari juda muhimligi qayd etildi.

Shu munosabat bilan yoshlarni fizika, kimyo, biologiya, texnologiya, muhandislik, matematika (STEM) bilan bog‘liq kasblarga qiziqishini oshirish uchun yangi tizim joriy qilinadi.

#YoshlarKuni #YouthDay

🇺🇿 Yoshlar ishlari agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi Axborot xizmati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Nogironligi bo‘lgan yoshlarga chet tilidan imtihon topshirish yengillashadi.

Jumladan, chet tili bo‘yicha milliy sertifikat (CEFR) olishda qo‘lda yozish imkoniyati bo‘lmaganlarga kompyuterda imtihon topshirish sharoiti yaratiladi.

Yoshlarimiz xalqaro olimpiadalarni nazariy qismida har doim yuqori natijalarga erishadi. Lekin, laboratoriya mashqlarini bajarishda amaliy ko‘nikmalar kam bo‘lgani uchun pastroq ball olayapti.

Endi, Prezident maktablari agentligi qoshida “Olimpiadalarga tayyorlash markazi” ochilib, maxsus laboratoriyalar bilan jihozlanadi. Xalqaro olimpiadada qatnashuvchi terma jamoa reja asosida ushbu markazda tayyorgarlik ko‘radi.

#YoshlarKuni #YouthDay

🇺🇿 Yoshlar ishlari agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi Axborot xizmati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Endilikda oliygohlarning birinchi va ikkinchi kurslaridagi fanlar texnikumlar bilan uyg‘unlashadi.

Texnikumning birinchi va ikkinchi yilini yaxshi o‘qigan yoshlarga xalqaro klassifikatorning tegishli darajasiga mos keluvchi diplom beriladi.

Ularga oliygohni ikkinchi yoki uchinchi kursidan o‘qishni kontrakt asosida davom ettirish imkoniyati beriladi.

Kasbi bo‘yicha malaka darajasi va ikki yillik staji bor yoshlar korxona tavsiyasi bilan oliygohlarga kontrakt asosida qabul qilinadi.

#YoshlarKuni #YouthDay

🇺🇿 Yoshlar ishlari agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi Axborot xizmati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Endi oliygoh, vazirlik va korxonalarga tegishli laboratoriyalarning yagona onlayn platformasi yaratiladi.

Qaysi laboratoriyada qanday uskuna bor, ular qanday sinovlar qila oladi va qanday quvvatlarda ishlayapti, degan savolga javob bo‘ladi.

Yosh olimlar tadqiqotlari uchun kerak bo‘lgan uskuna, butlovchi qism va kimyoviy vositalar bojdan ozod qilinadi.

#YoshlarKuni #YouthDay

🇺🇿 Yoshlar ishlari agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi Axborot xizmati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bugungi kunda IT sohasida o‘zini o‘zi band qilgan yoshlar – frilanserlar 50 mingdan oshdi.

Bunday yoshlarimiz yiliga ellik, yuz, hatto ikki yuz ming dollargacha eksport qilmoqda.

Lekin, bizda ularni boshini qovushtiradigan, muammolarini eshitib, huquqlarini himoya qiladigan tizim yo‘qligi ko‘rsatib o‘tildi.

Qo‘shilgan qiymat yaratib, uni eksport qilayotgan bunday yoshlar uchun ham katta imkoniyatlar eshigini ochib berish zarurligi ta’kidlandi.

#YoshlarKuni #YouthDay

🇺🇿 Yoshlar ishlari agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi Axborot xizmati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Endilikda:

- IT sohasida o‘zini o‘zi band qilgan yoshlarga IT park rezidenti maqomi beriladi;

- ular uch yil muddatga barcha soliqlardan ozod qilinadi;

- IT park tomonidan IT kompaniyalardagi kabi tibbiyot, sport va ofisdan foydalanishi uchun ularga "ijtimoiy karta" beriladi;

- yoshlarni ushbu sohaga jalb qilish bo‘yicha alohida dastur amalga oshiriladi.

#YoshlarKuni #YouthDay

🇺🇿 Yoshlar ishlari agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi Axborot xizmati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yoshlarni katta daromad keltiradigan kasblarga o‘rgatish, yuqori qo‘shilgan qiymat yaratadigan loyihalarni ko‘paytirish bo‘yicha ham katta o‘zgarishlar bo‘ladi.

Buning uchun har yili 100 million dollar ajratiladi. Investitsiya vazirligi huzuridagi Yoshlar tadbirkorligi jamg‘armasi Yoshlar agentligiga o‘tkaziladi.

Eng ko‘p ish o‘rni yaratgan, fidoyi yosh tadbirkorlar jamg‘arma kengashiga kiradi. Jamg‘arma rahbarini ham ushbu yoshlarni o‘zi saylaydi.

Jamg‘arma, yoshlarning eng yaxshi 500 ta loyihasini tanlab oladi va ularga “biznes paket” qilib beradi, loyihani tayyor biznesga aylanib, daromad keltirishgacha barcha jarayonida ko‘maklashadi, bozorini topadi.

#YoshlarKuni #YouthDay

🇺🇿 Yoshlar ishlari agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi Axborot xizmati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Har bir viloyatdagi bittadan Barkamol avlod markazida “Kreativ sanoat parklari” tashkil qilinadi. Ularga IT park rezidentlari uchun nazarda tutilgan imtiyozlar beriladi.

“Kreativ sanoat parklari” oliygohlar va yirik ishlab chiqaruvchilarga biriktiriladi. Bu parklar yosh tadbirkorlar, ilm va biznes o‘rtasida muloqot maydonchasi bo‘ladi.

Jamg‘arma bu yerdagi yoshlarning startaplariga uch yilga 100 million so‘mgacha ssuda beradi.

Ushbu yosh tadbirkorlarga faoliyatini kengaytirish va aylanma uchun keyinchalik 100 million so‘m imtiyozli kredit beriladi.

#YoshlarKuni #YouthDay

🇺🇿 Yoshlar ishlari agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi Axborot xizmati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM