XORAZM YOSHLARI
16.8K subscribers
7.83K photos
1.44K videos
24 files
3.76K links
🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi Xorazm viloyati boshqarmasining rasmiy Telegram sahifasi

Ochiq muloqot va murojaatlar uchun;
@yoshlarmurojaati
@yoshlarmurojaati_bot
Download Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Mahalla yoshlar yetakchilariga harbiy o‘quv mashg’ulotlar o’tkazildi

🇺🇿Davlatimiz rahbari tomonidan o’tkazilgan yig‘ilishda yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va bandligini ta’minlash borasida bir qator ustuvor vazifalar belgilab berilgan edi. Shu munosabat bilan joriy yilning 8-11 fevral kunlari “Yangiariq” dala-o‘quv maydonida jami 492 nafar Xorazm viloyatining mahalla yoshlar yetakchilariga harbiy o‘quv yig‘in o‘tkazildi.

🇺🇿Shimoliy-G’arbiy harbiy okrug qo’mondonligi, viloyat prokuraturasi, viloyat hokimligi va Yoshlar ishlari agentligi tashabbusi bilan o’tkazilgan o‘quv-uslubiy yig‘inda, mahallardagi yoshlar yetakchilariga harbiy-vatanparvarlik tuyg‘ularini yanada kuchaytirish, ularni mamlakatimiz Qurolli kuchlaridagi islohotlar bilan yaqindan tanishtirish hamda Mudofaa vazirligi tasarrufidagi Oliy harbiy bilim yurtlari haqida batafsil tushunchalar berildi.

🇺🇿 Yoshlar ishlari agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi Axborot xizmati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📣Yuksak zakovatli, ilm va tafakkur yo‘liga intiluvchi yoshlar diqqatiga!!!

Qadrli yoshlar! Bilim va salohiyatingizni sinovdan o‘tkazishingiz va bu orqali yaxshigina yutuqqa ega bo‘lishingiz mumkin.

‼️Qanday qilib deysizmi? Unda eshiting...
Biz sizni Xorazm viloyat hokimligi, “Zakovat intelektual klubi” NNT viloyat klubi, O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo‘limi hamda Xorazm viloyat televideniesi bilan hamkorlikda bo‘lib o‘tadigan “Breyn ring” intelektual musobaqasining “Xorazm viloyat hokimi kubogi” uchun intelektual baxslarga chorlaymiz.

Bellashuvlar 4 bosqichda sektor, tuman, mintaqa hamda viloyat bosqichlarida bo‘lib o‘tadi. Unda o‘z jamoangiz bilan ishtirok etish uchun [email protected] ga murojaat qilishingiz va ro‘yhatdan o‘tishingiz kerak bo‘ladi.

🎁 Eng qizig‘i, har bir bosqichda g‘olib bo‘lgan jamoalar uchun kitoblar jamlanmasi, qimmatbaxo estalik sovg‘alar va qolaversa “Yoshlar kuni”da bo‘lib o‘tadigan final o‘yini g‘oliblari uchun pul mukofotlari taqdim etiladi.

📌Bu shunchaki rag‘bat, intelektual bellashuvlarimizda eng qimmatli boylik ko‘plab bilimga ega bo‘lishingizga ishonchimiz komil. Baxslarda ishtirok etish istagi paydo bo‘ldimi unda zudlik bilan ushbu [email protected] elektron pochtamizda o‘z arizangizni qoldiring.

Kitob mutolaasiga qiziquvchi barcha bilimdon yoshlarni kutib qolamiz!!!

🇺🇿Yoshlar ishlari agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi Axborot xizmati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
4️⃣4️⃣4️⃣

⚡️“Mirzo Ulug‘bek vorislari” respublika tanloviga ro‘yxatdan o‘tish davom etmoqda

Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek” jamg‘armasi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda tegishli davlat organlari hamkorligida respublikamizdagi iqtidorli yoshlarni kashf qilish uchun “Mirzo Ulug‘bek vorislari” respublika tanlovi e’lon qilindi.

Tanlov 16-25 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasida 3 bosqichda tashkil etiladi va har bir bosqich g‘oliblari tegishli miqdorda bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlanadilar.

✍️Tanlovda ishtirok etishni istagan yoshlar https://vorislar.uz/ sayti orqali ro‘yxatdan o‘tishlari yoki o‘zi tahsil olayotgan OTM mas’ullariga murojaat qilishlari mumkin.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun telefonlar: +99897 411-93-54, +99855 520-08-08 (ichki raqam 357).

🟢На русском
🟢 In English

🇺🇿Yoshlar ishlari agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi Axborot xizmati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Urganch shahrida joylashgan 53008 harbiy qismda o‘tkazilishi rejalashtirilgan “Jasorat maktabi” o‘quv yig‘inining 1-mavsumiga start berildi!

O‘quv yig‘inining dastlabki kuni yoshlarni kutib olish, tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, guruhlarga ajratish hamda ochilish marosimi bilan boshlandi. Ochilish marosimida viloyat hokimligi, viloyat prokuraturasi, ShG‘HO qo‘shinlari qo‘mondonligi, nuroniylar va yoshlar tashkilotlari, bandlik hamda ichki ishlar organi xodimlari ishtirok etdilar. Ochilish marosimi yakunida ishtirokchilar harbiy qurol-aslahalar va texnikalar bilan tanishtirildi.

🇺🇿Yoshlar ishlari agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi Axborot xizmati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 541 yilligi

📝 Amir Temurning
beshinchi avlodi, Fargʻona hukmdori Umarshayxning farzandi Zahiriddin Muhammad Bobur Andijonda 1483-yil 14-fevralda tugʻilgan.

• Bu yil shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 541 yilligi nishonlanadi. O‘zbek adabiyotining yirik namoyondalaridan biri, shoir, adib, olim, sarkarda, yirik davlat arbobi, “Buyuk Boburiylar sulolasi” asoschisi ilk bor 12 yoshida taxtga oʻtirgan.

🖌Bobur o‘zbek tarixida tom ma’noda yirik shaxs. Uning tarixchi olim, zukko adib va shoir sifatida qoldirgan adabiy merosi bebahodir. Bobur hukmdorlik majburiyatlaridan ortib yirik asarlar yozishga muvaffaq bo‘lgan. Uning she’riyatini asosan ishqiy mavzudagi asarlar tashkil etadi.

#Bobur541

🇺🇿Yoshlar ishlari agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi Axborot xizmati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Boburni_bilamizmi?
#Bobur541 #BoburDay #Ziyo_ulash

Urganch shahrida yoshlar o’rtasida #Boburni_bilamizmi chellenji ostida so’rovnoma o’tkazildi. Savollarga to‘g‘ri javob berganlarga “Uyg’onish” rukni ostidagi kitoblar jamlanmasi sovg’a qilindi!

🇺🇿 Yoshlar ishlari agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi Axborot xizmati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️“Ibrat farzandlari” loyihasidan yana bir kreativ rolik

Ushbu rolik, o‘zbek yoshlari o‘rtasida xorijiy tillarni o‘rganishga bo‘lgan qiziqishni oshirish va zamonaviy tillarni o‘rganish bo‘yicha kreativ yondashuvda tayyorlangan.

Albatta, Sizlardan bu videoni o‘z yaqinlaringizga ulashishingizni so‘rab qolamiz va “Ibrat farzandlari” loyihasiga omad tilaymiz!

📺You tube orqali ko‘rish 👇
https://youtu.be/0dPE2E4E57g?si=DeSEezIDPIrNGZrH

🇺🇿Yoshlar ishlari agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi Axborot xizmati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“Breyn Ring” o‘yini bo‘yicha viloyat hokimi kubogi!

📣Viloyatimizda sovrin jamg‘armasi 60 million so‘m va ko‘plab kitoblar javoni, qimmatbaho sovg‘alardan iborat bo‘lgan yirik turnirga start berildi!

📍 Turning birinchi, ya'ni SEKTOR bosqichi 16-fevral har bir tuman va shahar sektorlarida soat 16:00 da bo‘lib o'tadi.

🗞Turnir nizomi va turnirda qatnashish qoidalarni quyidagi havola orqali bilib olishingiz munkin.

💡SEKTOR bosqichi bo'lib o'tadigan manzillarni o'z mahallangiz yetakchisidan so'rab bilib olishingiz mumkin!

📌Eslatib o'tamiz, tuman (shahar) bosqichiga har bir sektordan bitta jamoa yo'l oladi va ikkinchi bosqich Xorazm televideniyesida "Breyn ring" intellektual o'yinida bo'lib o'tadi.

🇺🇿Yoshlar ishlari agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi Axborot xizmati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM