XORAZM YOSHLARI
16.8K subscribers
7.83K photos
1.44K videos
24 files
3.76K links
🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi Xorazm viloyati boshqarmasining rasmiy Telegram sahifasi

Ochiq muloqot va murojaatlar uchun;
@yoshlarmurojaati
@yoshlarmurojaati_bot
Download Telegram
Hazorasp tumanida Prokuror kubogi uchun Milliy kurash musobaqasining tuman bosqichi boʻlib oʻtdi

Yoshlar va uyushmagan yoshlar orasida iqtidorli, kuchli va tugʻma isteʼdodi bor yoshlarni seleksiya qilish orqali, kurash sport turiga jalb etishda besh bosqichli, 16-21 yoshli oʻsmir va qizlar, 22-26 yoshli erkak va ayollar oʻrtasida sportning Milliy kurash turi boʻyicha musobaqalarning Hazorasp tuman bosqichi yuqori saviyada boʻlib oʻtdi.

👨‍💼 Gʻolib boʻlgan ishtirokchilar Yoshlar ishlari agentligi Hazorasp tuman boʻlimi tomonidan estalik sovgʻalari bilan taqdirlandi va viloyat bosqichiga yoʻllanma olishdi.

Telegram Facebook Instagram YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🖐 Urganch davlat universitetida 5 ta muhim tashabbus doirasida o‘tkazilgan Yoshlar Festivali Yoshlar ishlari agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi, Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi Xorazm viloyati Kengashi va Urganch davlat universiteti hamkorligida 15 ga yaqin tanlov, sport musobaqalari orqali 3 mingdan ortiq yoshlarni birlashtirdi.

Festivalning qaynoq haroratini jarayonlardan tayyorlangan videoroligimizda koʻrishingiz mumkin

🎥 Demak tomosha qilamiz!

Telegram Facebook Instagram YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🏃‍♂️ Yoshlar “Yangi Nafas” sport musobaqalarida birlashadi!

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan, 13-noyabr   Urganch shahrida “Yangi Nafas” sport musobaqalari bo‘lib o‘tadi.

🏃‍♂️ “Yangi Nafas” sport musobaqasining har qanday tayyorgarlik darajasiga ega ishtirokchisi uchun optimal masofa uzunligi 3 km.

🇺🇿 Xorazm yoshlari 13-noyabr kuni “Bir vatanda, bir vaqtda, bir masofaga, bir maqsadda - birga yuguramiz!”

Telegram Facebook Instagram YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Yoshlar uchun #imkoniyat №8

Ko‘pchilik yoshlar noutbuk olishda ko‘mak so‘rab murojaat qilishadi. Ham dasturlashni o‘rganib, ham kompyuterga ega bo‘lish uchun yaxshi imkoniyat bor.

Bir million dasturchi” loyihasi doirasida o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tugatgan yoshlarga, shuningdek, IT-park rezidentining o‘quvchisi yoki bitiruvchisi bo‘lgan yoshlarga kompyuter xaridlari uchun bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda (hozirda 7,5 mln. so‘m) iste’mol kreditlari ajratiladi.

Dasturlashni o‘rganib, tegishli sertifikatni qo‘lga kiritgach kreditga kompyuter xarid qilish mumkin. Bu kredit 2 yilga beriladi va uning foizi Yoshlar ishlari agentligi tomonidan qoplab beriladi.

Telegram Facebook Instagram YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Tayinlov #Sotsial_lift

🦅 Xajiyev San’atbek Rajapboyevich - Yoshlar ishlari agentligi Urganch tuman bo‘lim boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

🦅 Tayinlovga qadar S.Xajiyev Yoshlar ishlari agentligi Urganch tuman bo‘limida Mahalladagi yoshlar bilan ishlash, “Yoshlar daftari” va “Yoshlar balansi”ni muvofiqlashtirish sho‘basi bosh mutaxassisi lavozimida faoliyat yuritgan.

🦅 Yoshlar ishlari agentligi jamoasi nomidan San’atbek Rajapboyevichni yangi mas‘uliyatli vazifa bilan tabriklab, kelgusi ishlariga omad tilaymiz!

Telegram Facebook Instagram YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Yoshlar uchun #imkoniyat №9

Har yili 500 nafargacha nogironligi bo‘lgan yoshlarga bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravarigacha (hozirda 15 mln so‘m) subsidiya ajratiladi. 2022-yil 1-avgustdan boshlab ularni zamonaviy kasblarga o‘qitish bo‘yicha 3 ta yangi imkoniyat ishga tushgan.

Barchasi elektronlashgan:

1. https://my.gov.uz/uz/service/628 — oʻqish xarajati uchun subsidiya ajratishga ariza yuborish;

2. https://my.gov.uz/uz/service/633 — asbob-uskunalar va mehnat qurollarini xarid qilish uchun subsidiya ajratishga ariza yuborish;

3. https://my.gov.uz/uz/service/629 — oʻqish davrida yashash va transport xarajatlari uchun subsidiya ajratish uchun ariza yuborish.

Telegram Facebook Instagram YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📚 Kitobxonlar “Yosh kitobxon” tanlovida bellashmoqda

🖐 Ayni kunlarda viloyatimiz boʻylab “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi tanlov va sport musobaqalarining tuman-shahar bosqichlari boʻlib oʻtmoqda.

🚩 Bugun Gurlan tumanida ham 36 nafar yoshlar “Yosh kitobxon” koʻrik-tanlovining viloyat bosqichi yoʻllanmasi uchun bellashishdi. “Badiiy asarlar bilimdoni” va “Tezkor savol-javob” shartlari boʻyicha eng yuqori ball olgan Sharifboyeva Kamola 10-14 yosh toifasi bo'yicha "Sovunchi" mahallasi, Rajabbayeva Marjona 15-19 yosh toifasi boʻyicha “Saxtiyon” mahallasi va Raximova Gulnoza 20-30 yosh toifasida “Vatanparvar” mahallasi nomidan 4-bosqichda ishtirok qilishadi.

P/s: Kun yakunidagi umumiy ma’lumotga koʻra, tanlovning 3-bosqichida 13 ta tuman, shaharlar boʻyicha jami 468 nafar yoshlar qatnashib, 39 nafari 3 ta yosh toifasi boʻyicha viloyat bosqichiga yoʻllanmani qo'lga kiritishdi.

Telegram Facebook Instagram YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔔Noyabr — Rus tili va xorijiy tillar fan oyligi munosabati bilan onlayn olimpiadalar marafoni!

🏆 Yoshlar ishlari agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi va KHISO olimpiada maktabi hamkorligida navbatdagi marafon!

🚛 O‘quvchilar, talabalar va o‘qituvchilar o‘rtasida;

🇩🇪 Nemis tili
🇫🇷 Fransuz tili
🇺🇸 Ingliz tili
🇷🇺 Rus tili

fanlaridan

🗓 2-3-noyabr kunlari soat 11:00 dan 21:00 gacha;

🌎 khiso.uz onlayn olimpiadalar platformasida bo‘lib o‘tadi.

📌 Saytdan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma bilan tanishishni unutmang.

📹 Olimpiada ishtirok etish mutlaqo bepul!

➡️ Ro‘yxatdan o‘tish @khiso_uz_bot orqali amalga oshiriladi.

Telegram Facebook Instagram YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM