XORAZM YOSHLARI
16.8K subscribers
7.83K photos
1.44K videos
24 files
3.76K links
🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi Xorazm viloyati boshqarmasining rasmiy Telegram sahifasi

Ochiq muloqot va murojaatlar uchun;
@yoshlarmurojaati
@yoshlarmurojaati_bot
Download Telegram
"Qadriyat, urf-odat, an'ana va yoshlar" saylining o‘tkazilish bosqichlari bilan tanishing!

🗓
Yoshlar sayli:

• 10-13-mart - Mahallalarda;

• 15-17-mart - Tuman(shahar)da;

• 19-23-mart - Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida bo'lib o'tadi.

☎️ Saylda ishtirok etish uchun avval xabar berganimizdek o‘zingiz istiqomat qilayotgan mahallangiz Yoshlar yetakchisiga murojaat qiling!

#yoshlarsayli #qadriyat

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligixorazm
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Xorazm viloyat Kengashi raisini saylash bo‘yicha Kengash yig’ilishi bo’lib o’tdi.

Bugun Yoshlar markazida bo'lib o'tgan yig‘ilishda Kengash a’zolaridan tashqari Xorazm viloyati hokimi o‘rinbosari S.Salayev, Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi boshlig‘i S.Palvanov, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengash raisi yordamchisi A.Turdimuratov, Tashkiliy-kadrlar bo‘limi boshlig‘i D.Nabiyevalar hamda shaharlar va tumanlar Kengashlari raislari ishtirok qildi.

Kengashi yig‘ilishida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Xorazm viloyat Kengashi raisi lavozimiga Jumaniyazov Timur Ikramovich saylandi

Telegram sahifamiz 👉@yoshlaragentligixorazm
#Tayinlov #Sotsial_lift

🇺🇿 Jumaniyazov Timur Ikramovich - O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Xorazm viloyati Kengashi raisi etib saylandi

Tayinlovga qadar T.Jumaniyozov Yoshlar ishlari agentligining Urganch shahar boʻlimi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelgan.

🤝 Yoshlar ishlari agentligi Xorazm viloyati jamoasi nomidan Timur Ikramovichning yangi mas'uliyatli vazifa bilan tabriklab, kelgusi ishlariga omad tilaymiz!

Telegram sahifamiz 👉@yoshlaragentligixorazm
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
«O‘zbekistonlik»

Biror ishda xatoga yo‘l qo‘ysak, tushkunlikka tushib, yangi loyihalarga qo‘l urishga qo‘rqib qolamiz. Ammo aslida insonni xatolar, undan chiqarilgan xulosa va saboqlar kuchli qiladi.

Hayotning turli xil sinovlari va qiyinchiliklaridan muvaffaqiyatli o‘tib, hozirda dunyoning eng rivojlangan davlatida samarali faoliyat olib borayotgan vatandosh qahramonlarimiz sizga motivatsiya bera olishiga ishonamiz!

🗓 12-mart kuni soat 18:00da MY5 telekanalida turkum filmlar loyihasining birinchi qismi bo‘lgan, AQSHda muvaffaqiyatga erishgan o‘zbekistonliklar haqidagi ta’sirli hikoyalarni o‘z ichiga olgan «O‘zbekistonlik» hujjatli filmining premyerasini o‘tkazib yubormang!

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligixorazm
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Diqqat_Tanlov

⚡️9 mingdan ortiq mahallalardagi Xotin-qizlar faoli vakant lavozimlari uchun ochiq tanlov eʼlon qilindi!

Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi bilan hamkorlikda mahallalardagi Xotin-qizlar faoli vakant lavozimlariga ochiq mustaqil tanlov eʼlon qiladi.

Hududlar kesimida vakant lavozimlar bilan tanishing:

▪️ Қорақалпоғистон Республикаси

▪️ Андижон вилояти

▪️ Бухоро вилояти

▪️ Жиззах вилояти

▪️ Қашқадарё вилояти

▪️ Навоий вилояти

▪️ Наманган вилояти

▪️ Самарқанд вилояти

▪️ Сирдарё вилояти

▪️ Сурхондарё вилояти

▪️ Тошкент вилояти

▪️ Фарғона вилояти

▪️ Хоразм вилояти

▪️ Тошкент шаҳри

▶️
Nomzodlar vacancy.argos.uz saytidan ro‘yxatdan o‘tishlari, so‘ralgan hujjatlarni elektron shaklda taqdim etishlari zarur.

❗️Hujjatlar 2022-yil 15-martgacha (shu kuni ham) qabul qilinadi.

Telegram sahifamiz👉 @yoshlaragentligixorazm
​​❗️Ayrim bog‘chalarga bolani 2 yoshdan qabul qilishga ruxsat beriladi

Farmonga muvofiq, xotin-qizlarga dizayn, to‘qimachilik, axborot texnologiyalari, tarmoqlar iqtisodiyoti, marketing va talab yuqori bo‘lgan boshqa taʼlim yo‘nalishlari bo‘yicha taʼlim beradigan alohida universitet ochiladi.

➡️ Har yili mart oyida amaliy innovatsion loyihalar bo‘yicha “Olima ayol” tanlovi o‘tkazib boriladi.

📌 Qo‘mita huzurida “Olima ayollar jamiyati” tuziladi va unga xotin-qizlarni amalda qo‘llab-quvvatlash va yana-da rag‘batlantirish uchun 50 milliard so‘m ajratiladi.

💰Qishloq joylaridagi ayollarni kasbga o‘qitish, tadbirkorlikka jalb qilish va ish bilan taʼminlash maqsadida 2023-yildan har yili nodavlat tashkilotlarga BHMning 7 ming baravari miqdorigacha grantlar ajratiladi.

✍️ Davlat boshqaruvi akademiyasida rahbar xotin-qizlarni tayyorlash bo‘yicha alohida o‘quv kurslari tashkil etiladi hamda har yili kamida 100 nafar xotin-qizlar o‘qitiladi.

2024-yil 1 yanvargacha barcha davlat organlari va tashkilotlari, ustavida davlat ulushi 50 foiz va undan ko‘p bo‘lgan tashkilotlar hamda ularning tizimidagi tashkilotlar rahbarlarining kamida 1 nafar o‘rinbosari xotin-qizlar orasidan tayinlanadi.

☑️ Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturi doirasida xotin-qizlarning biznes-loyihalarini moliyalashtirish uchun 2022-yilda qo‘shimcha 1 trillion so‘m ajratiladi.

🔰 2022-yil 1-apreldan:

tadbirkorlikni yangi boshlayotgan xotin-qizlarga ajratilayotgan subsidiya miqdori 7 million so‘mdan 10 million so‘mga oshiriladi;
“Hunarmand” uyushmasi qoshidagi hunarmandchilik markazlarida kamida 40 foiz tadbirkor xotin-qizlar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar joylashtiriladi.
2022-yilda subsidiyalarning kamida 40 foizi xotin-qizlarga yo‘naltiriladi;
Ijarada turgan “Ayollar daftari”ga kiritilgan ehtiyojmand xotin-qizlarga ijara to‘lovining 50 foizi, ko‘pi bilan 500 ming so‘mgacha kompensatsiya beriladi.

🔰 2022-yil 1-apreldan:

boquvchisini yo‘qotgan xotin-qizlarning:
👉 farzandlari davlat bog‘chalariga to‘lanadigan ota-onalar badalidan ozod qilinadi;
👉 3 yoshgacha farzandlari uchun nodavlat bog‘chalarga byudjetdan subsidiyalar ajratiladi.

to‘liq quvvat bilan ishlamayotgan davlat bog‘chalariga 2 yoshdan 3 yoshgacha bolalarni pullik xizmat ko‘rsatish shaklida qabul qilishga ruxsat beriladi;

kechki smenada xotin-qizlar ishlaydigan korxona va tashkilotlar o‘z huzurida bog‘cha tashkil qilganda, ulardagi tarbiyachilarning ish haqi byudjetdan qoplab beriladi.

#huquqiyyangiliklar

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
☝️ Inklyuziv ta’lim markazi haqida bilasizmi?

Inklyuziv ta’lim markazlarining
asosiy vazifasi bolalarning qobiliyatlari va holatidan qat’i nazar, ularning barchasiga sifatli ta’lim-tarbiya taqdim etishdan iborat. Shu bilan birga, inklyuzivlik tamoyili imkoniyatlari cheklangan bolalar ijobiy ruhiy va ijtimoiy rivojlanishga ega bo‘lishlari uchun oilada yashashlari va o‘z tengdoshlari bilan birga oddiy maktabda bilim olishlari lozimligini nazarda tutadi.

🏢 Urganch shahridagi Yoshlar markazi binosida tashkil etilgan "Inklyuziv ta’lim markazi" faoliyati bilan ushbu video orqali tanishib olishingiz mumkin.

Telegram sahifamiz👉 @yoshlaragentligixorazm
Regbi-7: Xorazmlik qizlar Respublika turnirida katta ustunlik bilan g‘alaba qozonishdi

O‘zbekiston regbi federatsiyasi tomonidan 18 yoshgacha bo‘lgan qizlar o‘rtasida anʼanaviy regbi turniri o‘tkazildi. Davraviy tizimda o‘tgan musobaqada xorazmlik regbichi qizlar 28 ochko bilan 1-o‘rinni egalladilar. Ular raqiblar darvozasi tomon 241 ta aniq zarba yo‘llagan holda, o‘z darvozalaridan bironta to‘p o‘tkazib yubormadilar

Telegram sahifamiz👉 @yoshlaragentligixorazm
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👋 Hashar - elga yarashar

🥗 Yurtimizga yasharish va yangilanish fasli boʻlmish bahor kirib keldi. Joylarda sumalak sayllari boshlandi.


Bugun Urganch shahridagi Amir Temur istirohat bogʻida viloyatimizning barcha tuman va shahar yoshlar tashkiloti hodimlari hamda koʻngilli yoshlar tashabbusi bilan hashar tadbirlari boʻlib oʻtmoqda. Shu bilan bir qatorda munis va moʻtabar ayollarimiz ishtirokida sumalak taomi pishirish ishlari boshlab yuborildi

Telegram sahifamiz👉 @yoshlaragentligixorazm
Ayni vaqtda AQSHda muvaffaqiyatga erishgan o‘zbekistonliklar haqidagi ta’sirli hikoyalarni o‘z ichiga olgan “O‘zbekistonlik” hujjatli filmining premyerasi boshlandi!

Ushbu filmni “Mening yurtim” telekanalida hamda quyidagi havola orqali YouTube tarmogʻida tomosha qilishingiz mumkin.

https://www.youtube.com/watch?v=xfCFnOcXebw&t=1356s 👈

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
#Mahalla_yoshlari
#Hazorasp_tumani

Hazorasp tumanidagi 34-sonli umumiy o‘rta taʼlim maktabida tashkil etilgan tadbirda mahallaning uyushmagan yoshlari ham faol ishtirok etishdi. Ular voleybol, futbol, qo‘l yiqish, tennis sport turlari bo‘yicha o‘z kuchlarini sinashdi.

G‘oliblikni qo‘lga kiritgan yoshlar tuman hokimi, sektor rahbarlari va Yoshlar ishlari agentligi tomonidan esdalik sovg‘alar bilan taqdirlanishdi.

Bunday tadbirlarni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad mahallalarda yoshlarni Vatanga sadoqat, milliy qadriyatlarga bo‘lgan hurmatni oshirish va yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishdan iboratdir.

Telegram sahifamiz👉 @yoshlaragentligixorazm