XORAZM YOSHLARI
16.8K subscribers
7.83K photos
1.44K videos
24 files
3.76K links
🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi Xorazm viloyati boshqarmasining rasmiy Telegram sahifasi

Ochiq muloqot va murojaatlar uchun;
@yoshlarmurojaati
@yoshlarmurojaati_bot
Download Telegram
#Yangiariq_tumani
#Mahalla_yoshlari

Yangiariq tumanida ham mahalla yoshlari o'rtasida "Harbiy-amaliy ko'p kurash" sport turlari bo'yicha "Yoshlar ishlari agentligi kubogi" musobaqasining tuman bosqichi sportchi yoshlarni bir yerga jamlay oldi.

Mahallalarda tashkil etilayotgan sport musobaqalari Yoshlar ishlari agentligi, Turizm va sport ishlari boshqarmasi hamda “Vatanparvar” tashkiloti bilan hamkorlikda barcha tuman va shaharlarda tashkil etilib kelinmoqda.

Telegram kanalimiz 👉@yoshlaragentligixorazm
Hazorasp tumandagi 44 ta mahallalardagi yoshlar yetakchilarining ish samaradorligini yanada oshirish maqsadida ularning har biriga ish faoliyatlari uchun so‘ngi rusumdagi kampyuter jamlanmalari topshirildi.

Ushbu yaratib berilayotgan sharoitlar kelgusida mahallalardagi yoshlar yetakchilari ish faoliyatining yanada jadallashishiga asosiy vosita bo‘lib xizmat qiladi.

Telegram kanalimiz 👉@yoshlaragentligixorazm
​​Xususiy tashkilotlarga ishga qabul qilingan yoshlarni kasbga qayta tayyorlash kurslarida oʻqitish xarajatlari qoplab beriladi — yoshlar uchun #sakkizinchiimkoniyat

Hukumatning tegishli qarori bilan, “Yoshlar daftari”ga kirgan yoki bandligi ta’minlangani sabab undan chiqarilgan, xususiy tashkilotga ishga qabul qilinganiga 6 oydan oshmagan yosh xodimlarni kasbga qayta tayyorlash kurslarida o‘qitish bilan bog‘liq xarajatlarning 50 foizi, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravarigacha bo‘lgan qismi qoplab berilishi belgilangan.

Bugungi kunga qadar, ushbu tizim orqali 125 nafar yoshlarning kasbga qayta tayyorlash kurslarida o‘qitish xarajatlari kompensatsiya qilib berildi. Bu qariyb 146 million so‘mni tashkil etmoqda. Mazkur imkoniyatdan foydalanish uchun batafsil ma‘lumotlarni https://yoshlarportali.uz/oz platformasidan ushbu havola orqali topishingiz mumkin.

O‘z navbatida bu imkoniyat ham yoshlar uchun, ham ish beruvchi uchun muhim ahamiyatga ega, nazarimizda. Sababi yoshlar xususiy tashkilotga ishga kirgach o‘z ustida ishlab, kasbini mukammal darajada o‘rganishi uchun davlat unga imkoniyat beryapti. Xususiy tashkilotga esa bu hech qanday xarajat tug‘dirmaydi. Albatta, bundan davlat ham yutadi.

ℹ️ Yoshlar uchun yaratilgan yana yuzga yaqin imkoniyatlarni yoritishda davom etamiz. Quyida bugungacha ma’lumot berilgan imkoniyatlar bilan batafsil tanishishingiz mumkin.
1. Xalqaro imtihon tizimlari kompensatsiyasi;
2. «Bir million o‘zbek dasturchilari» loyihasi;
3. To‘lov-kontrakt asosida o‘qiyotgan talabalar uchun imkoniyat;
4. Prezident granti;
5. Talaba-yoshlar uchun soliq borasidagi imkoniyat;
6. Talaba-yoshlarning ijara to'lovlari qoplab beriladi;
7. Yoshlarning safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmati badali qoplab beriladi.

P.S.: Yoshlarga yaratilgan imkoniyatlar ko‘proq yoshlarga yetib borishi uchun ulashishda ko‘mak bersangiz, albatta, minnatdor bo‘lamiz!

@alisher_sadullaev
#Tayinlov #Sotsial_lift

Atamuratov Dilshod Ro‘zmetovich

Xonqa tumani hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar D.Atamuradov O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi besh tashabbusni loyihalarini muvofiqlashtirish bo‘yicha mutaxassisi lavozimida faoliyat yuritgan.

Dilshod Atamuradovni kelgusi ishlarida omad va zafarlar tilab qolamiz!

Telegram kanalimiz 👉@yoshlaragentligixorazm
Mahalladagi yoshlar yetakchilariga kerakli shart-sharoitlar yaratilmoqda

Gurlan tumanidagi 50 ta mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha tuman hokimining yordamchilari va har bir mahallada Yoshlar ishlari agentligining vakillari-yoshlar yetakchilari o‘z faoliyatlarini boshlagan.

Shu bilan bir qatorda yoshlar yetakchilari faoliyatini samarali tashkil etishlari, masofadan turib hisobotlar taqdim etish hamda videokonferensiya shaklidagi yig‘ilishlarda ishtirok etish imkonini beruvchi zamonaviy kompyuter jamlanmalari tuman hokimligi va sektor rahbarlari tomonidan topshirildi.

Telegram kanalimiz 👉@yoshlaragentligixorazm
Bugun viloyat prokurori Botir Kudratxodjayev va Yangibozor tumani hokimi O'ktam Qurbonov tumandagi "Hokim yordamchilari" va "Mahalladagi yoshlar yetakchilari" bilan uchrashdilar.

Uchrashuvda davomida soha vakillariga ish faoliyatida ko‘maklashish, amaliy yordam berish uchun tuman prokuratura xodimlari biriktirildi. Shuningdek, kasb-hunarga o‘qitilgan ijtimoiy ko‘makka muhtoj oila farzandalariga sertifikatlar, maishiy texnikalar, tikuv mashinalari topshirildi.

Yoshlar vakillari, hokim yordamchilari viloyat prokuroriga faoliyat boshlagan mahallalari bo‘yicha taklif va rejalarini bildirdilar.

Telegram kanalimiz 👉@yoshlaragentligixorazm