Yoshlar ovozi
5.15K subscribers
4.01K photos
489 videos
113 files
4.11K links
“Yoshlar ovozi” gazetasining telegramdagi rasmiy kanali

🔖 Ijodiy ishlaringiz, taklif va murojaatlaringizni @yoshlarovozigazetasibot manziliga yuborishingiz mumkin

www.yoshlarovozi.uz
Download Telegram
#Quloqqa_chalingan_gaplar

🤦‍♂ Bugun sessiya ekan! Men endi eshitdim. Kamiga “starosta”man...

©Talaba

Telegram | Facebook | Instagram | Sayt | YouTube
Jurnalistlar ichki ishlar organlari ustidan jamoatchilik nazoratini oʻrnatadi

❗️ Davlatimiz rahbarining tegishli qarori bilan Ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy madaniyat va xizmat intizomi kodeksi tasdiqlanmoqda.

📄 Kodeks ichki ishlar organlari xodimlarini “Inson qadri uchun” tamoyili asosida tarbiyalash orqali aholining chinakam roziligiga erishishga qaratilgan.

☝️ Hujjat ijrosi doirasida Ichki ishlar vazirligi va uning hududiy boʻlinmalarida jamoatchilik kengashlari tuziladi. Kengashlar tarkibiga soha olimlari, faxriylar, shuningdek, jurnalistlar ham kiritiladi.

Telegram | Facebook | Instagram | Sayt | YouTube
#Ogohlik
#Tarqating

DIQQAT, FIRIBGARLAR!

🤖 Bugunning o‘zida 2 ta O‘zbekiston raqami, 1 ta xorijiy raqamdan qo‘ng‘iroq bo‘ldi. Firibgarlar avval sms yozishsa, endi telefon qilib, vaqtingizni o‘g‘rilash yo‘liga o‘tibdi!

👨‍💼 Rus operator yigiti siz bilan gaplashadi. O‘zbekchani umuman tushunmaydi. Judayam shoshib gapiradi, sizniyam shoshiradi. O‘zini Click' xodimiman, deb tanishtirib, firibgarlar shaxsiy kabinetingizga “Ayfon 7” qurilmasidan ulanib olishganini aytadi. U akkount hamma pulingizni yechib olishi mumkin, deb qo‘rqitishadi.

🧏‍♂ Sizni jarayonga ruhan tayyorlab kelishadi-da, “telefoningizga kod bordi, shuni ayting”, deyishadi. Aslo ayta ko‘rmang, aldanib qolmang. Hech kimga shaxsiy ma’lumotlaringiz, karta raqamingizni, parolingizni ayta ko‘rmang. Hammasi yolg‘on!

P.s. Sizga ham qo‘ng‘iroq qilishdimi? Aldanib qolmadingizmi?

Telegram | Facebook | Instagram | Sayt | YouTube
#Foydali

DAVLAT KIMLARNING KONTRAKTINI TO‘LAB BERADI?

❗️ Vazirlar Mahkamasining 312-sonli qaroriga muvofiq, “Temir daftar”da turuvchi oilalar farzandlari hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan talabalarning shartnoma pullari mamlakatimizdagi professional ta’lim va oliy ta’lim muassasalarida to‘lov-kontrakt asosida o‘qishi uchun “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi.

☝️ To‘liq emas! Vasiylik kengashining qaroriga muvofiq, to‘lov-kontrakt summasining 50 foizigacha, shu bilan birga BHMning 50 baravaridan oshmagan miqdorda to‘lanishi belgilangan.

P.s. Talabalarga jo‘nating...

Telegram | Facebook | Instagram | Sayt | YouTube
#Xushxabar

Shaxmat bo‘yicha Markaziy Osiyo kubogi uchun xalqaro turnir yakuniga yetdi

🎉 Natijalarga ko‘ra, Shamsiddin Vohidov musobaqaning mutlaq g‘olibiga aylandi va 4 ming AQSH dollari hamda Markaziy Osiyo Kubogini qo‘lga kiritdi.

❗️ Ayollar oʻrtasida xalqaro grossmeyster Nilufar Yakubbayeva birinchi o‘rinni egalladi.

Shuningdek, 14 yoshgacha bo‘lgan shaxmatchilar o‘rtasida Asror Omonov, 16 yoshgacha bo‘lgan erkaklar bahslarida FIDE ustasi Muhammadzohid Suyarov, 16 yoshgacha bo‘lgan ayollar bahslarida FIDE ustasi Afruza Hamdamova, 20 yoshgacha erkaklar bellashuvida FIDE ustasi Humoyun Bekmurodov, 20 yoshgacha qizlar musobaqasida FIDE ustasi Umida Omonova g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

🏆 Umumjamoa hisobida birinchi o‘rin O‘zbekistonga nasib etdi va musobaqa kubogini O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi raisi Alisher Sa’dullayev qabul qilib oldi.

P.s. O‘zbekiston shaxmat terma jamoasi Markaziy Osiyo Kubogiga uchinchi marta ega chiqmoqda!

Telegram | Facebook | Instagram | Sayt | YouTube
#Yangi_sonda

“IKKINCHI DARAJALI” ODAMLAR (?)

...O‘zbekistonda o‘rtacha nominal oylik maosh 3,4 million so‘m bo‘lib turgan bir paytda ular 1 million 200 ming so‘mdan 1 million 800 ming so‘mgacha maosh oladi. Tushlik va yo‘l haqi o‘z hisobidan!

Ish vaqti aslida 8:00 dan 16:00 gacha bo‘lishi kerak, ammo 19:00 gacha ishlashga majbur. Kuniga 11 soatlab ishlayotgan obodonlashtirish xodimlarining na tushlik qilishga joyi, na kiyim almashtirish va boshqa ehtiyoj uchun makonlari bor...

🗞 Batafsil gazetamizning 24-yanvardagi 6-sonida o‘qishingiz mumkin!

Telegram | Facebook | Instagram | Sayt | YouTube
“SENTYABR”MI “SENTABR”?

🤳 “TikTok”ning yangilangan versiyasida qozoq tili ham paydo boʻldi. Qozogʻiston Oʻzbekistondan farqli ravishda “TikTok”ni cheklamadi, chunki qoʻshnilarimiz bugun internetdagi hech narsani taqiqlab boʻlmasligini, vpn bilan barcha taqiqlarni parchalash mumkinligini yaxshi bilishadi.

💁‍♂ Qozoqlar ijtimoiy tarmoqlardan unumli foydalanib, unga oʻz tilini kiritishning uddasidan chiqishdi. Muhimi, muammoni o‘z foydasi yo‘lida hal etishibdi. Chunki bloklash tizimiga ham juda qimmat pul toʻlanadi...

Telegram | Facebook | Instagram | Sayt | YouTube
Forwarded from Alisher Sadullaev
Nodirbek Abdusattorov va Keymer Vinsent o’rtasidagi match eng muhim pallaga kirdi. Nodirbek juda murakkab vaziyatda, ammo hali umid bor. Raqibning vaqti ozroq. Jonli efirni birga ko’rib, Nodirbek va Javohirni qo’llab-quvvatlaylik.

Jonli efir:👉 https://youtu.be/qJ9GwrOxRpM
#06_YOSHLAR_OVOZI_RANG_2023.pdf
8.6 MB
#Tandirdan_uzdik
#Issiqqina_gazeta

🗞 “Yoshlar ovozi” gazetasining bugungi, 2023-yil 25-yanvardagi 6-soni elektron shaklda taqdim etilmoqda. Marhamat, siz ham rivojlangan mamlakatlardagidek kunni gazeta mutolaasi bilan boshlang!

🔥 “Vertikal boshqaruv tizimi: sarhisob va natija”

🔥 “Ikkinchi darajali” odamlar(?)”

🔥 “18 yoshga to‘lganda 1 xonali kvartira ajratiladi”

🔥 “Maktablarda 64 xil kasb o‘rgatiladi”

🔥 “25 imtiyoz haqida ma’lumot”

🔥 “Talaba va sessiya”

🔥 “Politexnika muzeyidan reportaj”

🔥 “Takrorlanmas asarlar”


P.s. Maqolalar yuzasidan fikr-mulohazalaringiz yoki faoliyatimizni yana-da rivojlantirish bo‘yicha takliflaringiz bo‘lsa, izohlarga qoldirishingiz mumkin. Biz uchun har bir fikr qadrli!

Telegram | Facebook | Instagram | Sayt | YouTube
#Ota_onalar_uchun

Maktab oʻquvchilari qish vaqtida maktab formasini oʻzgartirishi mumkin

🧣 Qonunchilikka koʻra, ob-havo sharoitidan kelib chiqib, oʻquvchilar maktab formasining nimchasi yoki kostyumini, koʻylakning yengi uzun yoxud kalta shaklini ixtiyoriy ravishda kiyishlari mumkin. 

👖 Shuningdek, qishki oʻqish davrida oʻquvchi qizlarga yagona maktab formasiga mos shim kiyishga ruxsat beriladi.

Telegram | Facebook | Instagram | Sayt | YouTube
#Quloqqa_chalingan_gaplar

— Sessiyada nima gap? Ustozlar pul olib, imtihon savollarini sotishmayaptimi?
— Bu nima deganingiz? Biz korrupsiyaga qarshimiz! Savollar tekinga beriladi...


©Talaba

Telegram | Facebook | Instagram | Sayt | YouTube
⚡️“Ibrat farzandlari” — xorijiy tillarni o‘rganish uchun zo‘r imkoniyat

YouTube’dagi “Ibrat farzandlari” loyihasi orqali malakali ustozlardan o‘zbek, ingliz, nemis, ispan, turk va rus tillarini noldan boshlab mutlaqo bepul o‘rganing!

Darslar:
Ingliz tili
Ispan tili
Nemis tili
Turk tili
Rus tili
O‘zbek tili (xorijliklar uchun)

👉 Kuzatib boring: @ibratfarzandlari
👉 YouTube: youtube.com/@ibratfarzandlari

Telegram | Facebook | Instagram | Sayt | YouTube
Forwarded from Alisher Sadullaev
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Muqarrar mag‘lubiyatdan durrangga qadar: Nodirbek 9-raund taassurotlari haqida

Nodirbek Abdusattorov "Tata Steel Chess-2023"ning 9-raundida germaniyalik Vinsent Keymerga qarshi o‘tgan 7 soatlik bahs va qiyinchilik bilan erishilgan durrang haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

@alisher_sadullaev
MAKTABLARDA 64 XIL KASB O‘RGATILADI

❗️ Endilikda o‘quvchilar axborot texnologiyalari va “kreativ industriya” bo‘yicha zamonaviy kasblarga o‘rgatiladi. Chet tillarini sifatli o‘rgatish uchun maktablarga “til egasi” bo‘lgan pedagoglar jalb qilinib, Prezident maktablarining til o‘rgatish tajribasi, darslik va dasturlari tatbiq etiladi.

👉 Batafsil: https://yoshlarovozi.uz/oz/news/maktablarda-64-xil-kasb-orgatiladi-

Telegram | Facebook | Instagram | Sayt | YouTube
#Fikringiz_muhim
#Tarqating

IJARA TO‘LOVINING BIR QISMI QOPLAB BERILADI. SURATDAGI HUJJATLARINGIZ BO‘LSA!

📝 Talabalar, yaqinroq keling. Suratda ijara to‘lovining bir qismini qoplab berish bo‘yicha kerak bo‘ladigan hujjatlar ro‘yxati keltirilgan. Shu rostmi?

📜 Oramizda bu IMTIYOZdan foydalangan yoshlar bormi? Chindan ham shuncha hujjat yig‘ganmisiz?

🏚 Ko‘z tegmasin, Oliy ta’limda muammolar shunchalik ko‘pki, 4 yil qanday o‘tganini bilmay qolasan kishi...

Telegram | Facebook | Instagram | Sayt | YouTube
#Iqtibos

🎓 Har qanday millatni yoʻq qilish uchun atom bombasi yoki uzoq radiusga taʼsir qiladigan raketalarga hojat yoʻq. Faqat taʼlim sifati pasaytirilsa va imtihonlarda talabalarga aldash uchun imkoniyat yaratilsa bas!

• Bunday shifokorlar qoʻliga tushgan bemorlar oʻla boshlaydi;

• Bunday quruvchilar qurgan binolar qulaydi;

• Bunday iqtisodchilar va hisobchilar qoʻlidagi pullar izsiz yoʻqoladi;

• Bunday diniy ulamolar tufayli insonlar maʼnan oʻla boshlaydi;

• Bunday yuristlar va sudyalar qoʻlida adolat yoʻqlik sari yuz tutadi;

• Qonun chiqaruvchilar qoʻlida boshqaruv yoʻq boʻladi...


❗️ Taʼlimning barbod boʻlishi — millatning kasodga uchrashidir!

🏢 Ushbu soʻzlar suratda koʻrib turganingiz Janubiy Afrika Respublikasidagi Stellenbosh universitetining kiraverishida yozib qoʻyilgan.

Telegram | Facebook | Instagram | Sayt | YouTube