#FVVKubogi
🙋 Samarqandda ''Favqulodda vaziyatlar vaziri kubogi''ning respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi!
🖋 Favqulodda vaziyatlar vazirligi, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi va boshqa daxldor tashkilotlar bilan hamkorlikda FVV tomonidan otaliqqa olingan yoshlar o‘rtasida Samarqand shahrida “Yurtning kuchi - birlikda, qadri esa tinchlikdadir” shiori ostida Favqulodda vaziyatlar vaziri kubogi sport musobaqalari va ko‘rik-tanlovlarning respublika bosqichi o‘tkazildi.
🔎 Ushbu musobaqada ''Men qutqaruvchiman'' estofetasi, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish, shaxmat, voleybol, ijodiy taqdimot, arqondan o‘tib chodir yig‘ish va arqon tortish shartlari bo‘yicha bahs olib bordi.
📍 Musobaqada Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatilardan jami 14 ta jamoa 6 ta shart bo‘yicha o‘zaro bellashdilar.
📍 Qizgin va murosasiz o‘tgan musobaqa yakuniga ko’ra, faxrli 1-o‘rinni Samarqand viloyati yoshlari qo‘lga kiritgan bo‘lsa, 2-o‘rin Namangan viloyati yoshlari va 3-o‘rin Qashqadaryo viloyati yoshlariga nasib etdi.
Bizning sahifalarimiz:
1️⃣ Telegram 2️⃣ Instagram
3️⃣ Facebook 📺 You tube
Bizning sahifalarimiz:
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#GrantVaStipendiya
🙋 Eric Bleumink Fund: Gollandiyada magistraturani o‘qish uchun to‘liq grant!
🎓 Gollandiyadagi Groningen universiteti taklif qiladigan ushbu grant shu universitetdagi istalgan magistratura kursida tahsil olish uchun beriladi.
📌 Grant imkoniyatlari:
➡️ O‘qish to‘lovi 100% qoplanadi.
➡️ Safar xarajatlari qoplanadi.
➡️ Oylik 970 yevro beriladi.
➡️ O‘quv anjomlari uchun 310 yevro bir martalik mablag‘ beriladi.
➡️ Gollandiyaga borib, joylashish uchun 275 yevro ajratiladi.
Sug‘urtalanadi.
Viza xarajatlari qoplanadi.
🖋 Hujjatlar 2024-yilning 1-dekabrigacha qabul qilinadi.
➡️ Batafsil
Bizning sahifalarimiz:
1️⃣ Telegram 2️⃣ Instagram
3️⃣ Facebook 📺 You tube
Sug‘urtalanadi.
Viza xarajatlari qoplanadi.
Bizning sahifalarimiz:
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#YoshlarHuquqSayli
🎓 Buxoro davlat universitetida O'zbekiston Yoshlar Ittifoqi Buxoro viloyat Kengashi va hamkor tashkilotlar bilan birgalikda “Mamlakat kelajagi – qonunga itoatkor va huquqbuzarlikka toqatsiz yoshlar bilan” g‘oyasi ostida “YOSHLAR HUQUQ SAYLI” tadbiri bo'lib o'tdi.
🔎 Ushbu tadbirning asosiy maqsadi yoshlar o'rtasida huquqiy madaniyatni oshirish, qonunga rioya qilish va huquqbuzarlikka qarshi murosasiz bo'lish g‘oyalarini targ‘ib qilishdan iborat.
📍 Tadbir davomida yoshlar uchun huquqiy treninglar, ma'ruzalar, turli xil viktorinalar va savol-javob mashg'ulotlari tashkil etildi.
Bizning sahifalarimiz:
1️⃣ Telegram 2️⃣ Instagram
3️⃣ Facebook 📺 You tube
Bizning sahifalarimiz:
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#FidjitalFestivali
🙋 “Yoshlar ijod saroyi”da “TroPhyGital Tour (Road Show)” xalqaro road-shousi doirasida “Fidjital festivali” bo’lib o’tdi.
📍 Tadbir davomida ishtirokchilarga road-shou haqida ma'lumotlar berildi. Shuningdek, “Kelajak o’yinlari” kubogi namoyish etildi.
👥 Ma’lumot o’rnida, ushbu tadbirlar klassik sport va kibersportni uyg‘unlashtirishga asoslangan fidjital harakatini targ‘ib qilish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi, “Yoshlar ishlari agentligi”, “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi, Yoshlar ittifoqi va Butunrossiya Fidjital sporti federatsiyasi hamkorligida tashkil etilmoqda.
📷 FOTO
Bizning sahifalarimiz:
1️⃣ Telegram 2️⃣ Instagram
3️⃣ Facebook 📺 You tube
Bizning sahifalarimiz:
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi
#FidjitalFestivali 🙋 “Yoshlar ijod saroyi”da “TroPhyGital Tour (Road Show)” xalqaro road-shousi doirasida “Fidjital festivali” bo’lib o’tdi. 📍 Tadbir davomida ishtirokchilarga road-shou haqida ma'lumotlar berildi. Shuningdek, “Kelajak o’yinlari” kubogi…
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#YoshEkportchilar #Yoshlar
🌐 “Yosh eksportchilar” loyihasi muvaffqaiyatli yakunlandi
🗂 “Yosh eksportchilar” loyihasi Yoshlar ishlari agentligi, O‘zbekiston Yosh fermerlar Kengashi, O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi hamda Eksportchilar uyushmasi tomonidan yoshlarning xalqaro savdo sohasiga yanada chuqur kirib borishlariga imkoniyat yaratish maqsadida avgust-oktyabr oylarida tashkil etildi.
👤 Loyihaning ikkinchi bosqichida hududiy dasturlar amalga oshirilib, bugungi kunga qadar 10 ta viloyatda keng miqyosda tashkil etilib, jami 8000 nafar yoshlar qatnashdi. Ulaning 1500 nafari xorijiy til sertfikatiga ega yoshlar edi.
📊 Loyihada ishtirok etayotgan yoshlar eksportchi korxonalarda amaliyotchi-stajyor sifatida fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida ishga jalb qilindi.
Bizning sahifalarimiz:
1️⃣ Telegram 2️⃣ Instagram
3️⃣ Facebook 📺 You tube
Bizning sahifalarimiz:
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM