O‘zbekiston yoshlar ittifoqi
13.4K subscribers
19.2K photos
1.59K videos
21 files
5.25K links
🇺🇿 O‘zbekiston yoshlar Ittifoqining Telegramdagi rasmiy sahifasiga xush kelibsiz!

www.yoshlarittifoqi.uz
facebook.com/yoshlarittifoqi.uz
instagram.com/yoshlarittifoqi.uz

📞 Ishonch raqami:

📝 Yordam: @yoshlargayordamchi_bot
Download Telegram
#Jizzax
#Konstitutsiyaga_30_yil

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Jizzax viloyat Kengashi tashabbusi bilan Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining Jizzax viloyati bo‘limi va Jizzax viloyat axborot-kutubxona markazi hamkorligida kuch tuzilmalardagi yoshlar o‘rtasida “Konstitutsiya – istiqbolli kelajak garovi” shiori ostida tanlov o‘tkazildi.

🏆 Tanlov yakunida g‘olib ishtirokchilarga diplom va esdalik  sovg‘alari topshirildi.

Bizning sahifalarimiz:
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Besh_tashabbus
#QVZ

🎭 “Quvnoqlar va zukkolar” koʻrik-tanlovining 2-mintaqaviy bosqichi yakunlandi

📝 Hakamlar hay’atining umumiy xulosasi va jamoalarning toʻplagan ballariga koʻra quyidagi jamoalar final yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi:

1-o‘rin bilan Navoiy viloyati Zarafshon shahri “Oʻzbekiston”MFYning “9999” jamoasi;

2-o‘rin bilan Jizzax viloyati Jizzax shahriJizzaxlik” MFYning “Mayestro” jamoasi.

Bizning sahifalarimiz:
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Nukusda kuch tuzilmalari va yoshlar “Zakovat”da huquqiy bilimlarini sinovdan o‘tkazdi

🔹O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30 yilligi munosabati bilan Nukus garnizoni Maʼnaviyat va maʼrifat markazida Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug qo‘mondonligi, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi hamkorligida “Zakovat” intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi.

🔹Turnirda Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati “Shimol-g‘arb” Chegara qo‘shinlari operativ qo‘mondonligi, Milliy gvardiya Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻyicha boshqarmasi harbiy xizmatchilari, Ichki Ishlar vazirligi “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi, Nukus shahridagi Prezident maktabi hamda 44-sonli umumtaʼlim maktabi o‘quvchi-yoshlar tarkibidan iborat jami 6 jamoa o‘zaro bellashdi.

🔹“Zakovat” o‘yinida 15 ta savolning 13 tasiga to‘liq javob topgan “Temurbeklar” jamoasi mutlaq g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Ikkinchi o‘rinni “Chegarachilar” va uchinchi o‘rinni Shimoliy-g‘arbiy harbiy okrugning “Adolat” jamoalari egalladi.

Bizning sahifalarimiz:
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun!

📝 Davlat va jamiyat hayoti, uning barqaror taraqqiyoti kafolati Konstitusiya hisoblanadi. Unda millat birligi va hamjihatligi, har bir fuqaroning haq-huquqlari hamda burch va majburiyatlari, insonparvar huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyati qurish asosi ekanligini koʻrsatilgan.

🎉 Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi jamoasi sana munosabati bilan yurtdoshlarimizni samimiy qutlaydi!

Yurtimiz hamisha tinch, xalqimizning hayoti farovon boʻlsin!

Bizning sahifalarimiz:
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“Ajdodlar izidan avlodlar” muzeyiga sayohati tashkil etildi

⚡️Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Sirdaryo viloyat Kengashi, viloyat Sardorlar Kengashi hamda Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi bilan hamkorlikda “Ajdodlar izidan avlodlar” muzeyiga sayohat tashkil etildi. Tadbirda bir guruh sardorlar hamda oʻquvchi-yoshlar qatnashdi.

Sayohat davomida Ichki ishlar boshqarmasi yoshlar yetakchisi Shoxrux Tursunov tomonidan muzey haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Bizning sahifalarimiz:
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Bugun Qirg‘iziston Respublikasi vakillari bilan uchrashuv oʻtkazildi

🟢Qirg‘iziston Respublikasi Botken viloyati Laylak tumanining O‘zbek milliy madaniy uyi raisi, O‘zbek diasporasi rahbari Anvar Razakberdiyev tomonidan berilgan ma’lumotlarga koʻra, tumanda umumiy etnik o‘zbeklarning soni 48 000 nafarni tashkil etib, 17 ta o‘zbek maktablari mavjud. Ushbu yoshlar orasida kitobxon yoshlar koʻpligi, ammo ushbu yoshlar uchun oʻzbek tilidagi kitoblar tanqisligi ta’kidlab oʻtildi.

🟢Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisining birinchi o‘rinbosari Shoxrux Qudratov tashkilot har tomonlama yordam koʻrsatishga tayyorligini va O‘zbekiston yoshlari umumjahon yoshlari assotsiatsiyasi tomonidan Qirg‘iziston Respublikasining chegaradosh hududlarida yashovchi yoshlar uchun turli madaniy va sport tadbirlarini oʻtkazish, kutubxona tashkil etish va boshqa loyihalarni assotsiatsiyaning 2023-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga kiritilishini ma’lum qildi.

📚 Tadbir yakunida Botken viloyati Laylak tumani O‘zbek milliy madaniy uyiga o‘zbek tilidagi 50 dan ortiq adabiyotlar sovg‘a sifatida topshirildi.

Bizning sahifalarimiz:
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM