O‘zbekiston yoshlar ittifoqi
13.7K subscribers
19.2K photos
1.59K videos
21 files
5.25K links
🇺🇿 O‘zbekiston yoshlar Ittifoqining Telegramdagi rasmiy sahifasiga xush kelibsiz!

www.yoshlarittifoqi.uz
facebook.com/yoshlarittifoqi.uz
instagram.com/yoshlarittifoqi.uz

📞 Ishonch raqami:

📝 Yordam: @yoshlargayordamchi_bot
Download Telegram
O‘zbekiston Respublikasi raisligida Mustaqil davlatlar hamdo‘stligiga a’zo mamlakatlarning Yoshlar ishlari bo‘yicha kengashi yig‘ilishi o‘tkazildi

🟢Yig‘ilishda dastlab O‘zbekistonda 2021-2022-yillarda amalga oshirilgan ishlar va oʻtkazilgan loyihalar yuzasidan ma’lumot berildi.

🟢Shundan soʻng MDHga a’zo mamlakatlarning 2023-2030-yillarga mo‘ljallangan xalqaro yoshlar hamkorligi strategiyasini amalga oshirish hamda Yoshlar volontyorlik harakatini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirish konsepsiyasi, yoshlar turizmi, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va boshqa kun tartibidagi dolzarb masalalar muhokama qilindi.

🟢Shuningdek, 2024-yilda O‘zbekiston Respublikasining shaharlaridan biriga “MDH yoshlar poytaxti” maqomi berilishiga hamda ushbu loyihani ilk marotaba Oʻzbekistonda amalga oshirilishiga kelishib olindi.

🟢Bundan tashqari “MDH uchun 100 gʻoya” xalqaro yoshlar loyihasining xalqaro bosqichi 2023-yilda Belarus Respublikasida oʻtkazilishi hamda nomzodlar Oʻzbekiston Respublikasidan ham taqdim etilishi va MDH doirasida Yoshlar kibersporti oʻyinlarini tashkil etish boʻyicha nizom loyihasi muhokama qilindi.

🟢2023-yil uchun Mustaqil davlatlar hamdo‘stligiga a’zo mamlakatlarning Yoshlar ishlari bo‘yicha kengashiga raislikni Qirg‘iziston Respublikasi qabul qilib oldi.

Bizning sahifalarimiz:
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ittifoq_fest

⚡️ Jizzax viloyatidagi oliy ta’lim muassasalari talabalari oʻrtasida “Zukko kitobxon” intellektual oʻyini tashkil etildi.

Tanlov natijalariga koʻra:

1-oʻrinni Jizzax davlat pedagogika universitetining “Intellekt” jamoasi,
2-oʻrinni Oʻzbekiston milliy universiteti Jizzax filialining “Kosmos” jamoasi,
3-oʻrinni Jizzax politexnika institutining “Renesans” jamoasi egalladi.

Bizning sahifalarimiz:
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ittifoq_fest

💻 “Fast typing” – klaviaturada tez va ravon yozish musobaqasi oʻtkazildi

⚡️”Ittifoq fest” loyihasi doirasida Samarqand iqtisodiyot va servis institutida “Fast typing” nomli klaviaturada tez va toʻgʻri yozish musobaqasi oʻtkazildi. Yakuniy natijalarga koʻra:

1-oʻrinni MR-320 talabasi Timur Karimov,
2-oʻrinni TFT-122 talabasi Rayhona Anorboyeva,
3-oʻrinni IK-322 talabasi Ixtiyor Qalandarov qoʻlga kiritdi.

🎉 Gʻoliblar Yoshlar ittifoqining maxsus esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanadi.

Bizning sahifalarimiz:
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📣 Kitobxon yoshlar diqqatiga!

📚 Kitob – fikrlash quroli, xazinalar kalitidir! Kitob o‘qish orqali biz eng katta muvaffaqiyatlarga erisha olishimiz mumkin!

🟢O‘zbekiston yoshlar ittifoqi kitobxon yoshlarni bir davraga jam qilishni maqsad qilib, Siz uchun “O‘qidingizmi, uqdingizmi?!” loyihasini taqdim etadi.

🟢Har dushanba kuni bitta kitobni tanlab olib, 1 hafta davomida mutolaa qilamiz. Hafta yakunida, ya’ni yakshanba kuni soat 20:00 da @yoshlarittifoqi_uz telegram kanalining muhokama guruhida kitobdan olgan taassurotlarimiz, xulosalarimiz bilan bahs-munozara o‘tkazamiz.

🟢Demak, 1-hafta uchun tanlangan kitob – Paulo Koeloning “Alkimyogar” romani.

🤓 Yoqimli mutolaa, aziz yoshlar!

Bizning sahifalarimiz:
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🎙Havaskor va professional ijodkorlar o‘rtasida “Qo‘shinlar madhiyasi”, “Eng yaxshi jangovar qo‘shiq” tanlovlari o‘tkazildi

🔷 Tanlovlar Farg‘ona viloyatidagi Sharqiy harbiy okrugi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Farg‘ona viloyati Kengashi, Ma’naviyat va ma’rifat markazi, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi, O‘zbekiston fanlar akademiyasi hamda Tarix fanlari instituti hamkorligida tashkil etildi.

Hakamlar hay’atining baholab borgan natijalarga ko‘ra,

1️⃣-o‘rin 42090-harbiy qism harbiy xizmatchisi Navruzbek Qarshiyevga nasib qildi.

2️⃣-o‘rinni Erkin Vohidov nomidagi Ijodkorlar maktabi o‘quvchisi Murodjon Kamoliddinov egalladi.

3️⃣-o‘rinni Marg‘ilon shahar 31-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchisi Muhammadjon Fozilov qo‘lga kiritdi.

Bizning sahifalarimiz:
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM