O‘zbekiston yoshlar ittifoqi
14.4K subscribers
19.2K photos
1.59K videos
21 files
5.26K links
🇺🇿 O‘zbekiston yoshlar Ittifoqining Telegramdagi rasmiy sahifasiga xush kelibsiz!

www.yoshlarittifoqi.uz
facebook.com/yoshlarittifoqi.uz
instagram.com/yoshlarittifoqi.uz

📞 Ishonch raqami:

📝 Yordam: @yoshlargayordamchi_bot
Download Telegram
Media sohasiga qiziquvchilar uchun “Eko fokus” fotolar tanloviga start beramiz❗️

Aziz o'quvchilar va sardorlar,
8-fevraldan 18-fevralga qadar O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, "Kamalak" bolalar tashkiloti hamda Xalq ta'limi vazirligi hamkorligida “Eko fokus” fotolar tanloviga start beramiz.

Tanlov ishtirokchilarining yosh toifasi 10-18 yosh;

Tanlovda Siz,
o'zingizning fotokamera yoki telefoningizga "Ekologiya" mavzusida olgan suratingizni
👉@kamalakdantanlovbot manziliga raw yoki jpeg formatida(fayl ko‘rinishida) yuborishingiz kerak bo'ladi.

G‘oliblar "Kamalak" bolalar tashkiloti va Xalq ta’limi vazirligi tomonidan:

🥇 128 gb fleshka, kitoblar jamlanmasi va diplom;
🥈 Power Bank, kitoblar jamlanmasi va diplom;
🥉 Termo krujka, kitoblar jamlanmasi va diplom bilan taqdirlanadilar.

Tanlov shartlari bilan batafsil ushbu havola👈 orqali tanishib chiqing.

#ekofokus #tanlov

@yoshlarittifoqi_uz 👈
“Eng namunali Sardorlar Kengashi” tanloviga start beriladi! 🏁

🗓 Mart oyidan may oyiga qadar maktab, tuman(shahar) va hudud sardorlari uchun “Eng namunali Sardorlar Kengashi” tanlovi o‘tkaziladi.

📃 Tanlov nizomi bilan ushbu havola orqali tanishib chiqing.

👋 2 oydan so‘ng tanlovning maktab, tuman(shahar) va hududiy bosqichida g‘olib bo‘lgan Sardorlar Kengashi jamoalari bilan tanlovning Respublika bosqichida ko‘rishamiz!

Barchaga omad yor bo‘lsin!

#tanlov #Sardorlar

@yoshlarittifoqi_uz 👈
"Kamalak bilimdonlari" tanloviga start beriladi!

🗓 Aprel oyidan iyun oyiga qadar maktab, tuman(shahar) va hudud sardorlari va maktab o‘quvchilari uchun "Kamalak bilimdonlari" tanlovi o‘tkaziladi.

📃 Tanlov nizomi bilan ushbu havola orqali tanishib chiqing.

Barchaga omad yor bo‘lsin!

#tanlov #kamalakbilimdonlari

@yoshlarittifoqi_uz 👈