O‘zbekiston yoshlar ittifoqi
13.4K subscribers
19.2K photos
1.58K videos
21 files
5.23K links
🇺🇿 O‘zbekiston yoshlar Ittifoqining Telegramdagi rasmiy sahifasiga xush kelibsiz!

www.yoshlarittifoqi.uz
facebook.com/yoshlarittifoqi.uz
instagram.com/yoshlarittifoqi.uz

📞 Ishonch raqami:

📝 Yordam: @yoshlargayordamchi_bot
Download Telegram
⚡️ Xorazm viloyati Yangibozor tumanida “Besh tashabbus olimpiadasi” musobaqalari o‘tkazildi

🏓 Xorazm viloyati Yangibozor tumanining “Do‘stlik” mahallasida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi “Streetball”, “Street workout”, “Shaxmat-shashka” va “Stol tennis” musobaqalari o‘tkazildi.

Mazkur tadbirda Yangibozor tumani hokimi hamda barcha sektor rahbarlari ishtirok etdi. Eng qizig‘i shunda bo‘ldiki, 5-sinf o‘quvchisi Mohichehra tuman hokimini shaxmat o‘ynashga taklif qildi va shu zahotiyoq taklif qabul qilinib o‘zaro musobaqa boshlanib ketdi. Bu bahs barcha yoshlarga juda katta motivatsiya berdi.

@yoshlarovozi 👈🏻
🗓 22-APREL – “UMUMJAHON YER KUNI”

🌏 Ma’lumki, har yili 22-aprel “Umumjahon Yer kuni” sifatida nishonlanib kelinadi. Ilk marotaba 1971-yilda BMT Bosh Kotibiyati tomonidan Yer kunini nishonlash to‘g‘risida maxsus qaror qabul qilingan.

🪐 Kurrai zaminimizning umumiy maydoni 510 mln kvadrat kilometrni tashkil etib, 29,22% qismi (149.1 mln kv. km.) quruqlik hisoblanadi.

🔅 O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 55-moddasida “Yer, yer osti boyliklari, suv, o‘simliklar va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zahiralar umummilliy boylikdir, undan oqilona foydalanish zarur, chunki ular davlat muhofazasidadir”, deb belgilab qo‘yilgan. Demak, atrof-muhitni, jumladan, yer resurslarini muhofaza etish global, eng dolzarb muammolardan biri bo‘lib, yerdan foydalanish va uni muhofaza qilish Bosh qomusimiz asosida tartibga solinadi.

@yoshlarittifoqi_uz 👈🏻
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔊🔊🔊 Kitobxon yoshlar diqqatiga!

📕 “Zukko kitobxon 2022” intellektual turniriga start berildi.

Turnir 5 ta bosqichda o‘tkaziladi:

1. Mahalla bosqichi – 25-aprel;
2. Sektor bosqichi – 13-may;
3. Tuman bosqichi – 26-may;
4. Viloyat bosqichi – 10-iyun;
5. Respublika bosqichi – 25-iyun kuni bo‘lib o‘tadi.

♻️ Intellektual turnirda “Yoshlar kutubxonasi” rukni ostida chop etilgan 8 ta kitobdan foydalaniladi. Turnirda 16 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar 6 nafar a’zodan iborat mahalla jamoasi bilan ishtirok etishlari mumkin.

Batafsil bu yerda tanishishingiz mumkin.

@yoshlarittifoqi_uz 👈🏻
“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi "Zukko kitobxon" intellektual o'yini bo'yicha 25-aprel kuni boʻlib oʻtadigan mahalla bosqichi Respublikadagi barcha mahallalarda soat 15:00da bo'lib o'tadi.

❗️Eslatma: Intellektual o'yinda ishtirok etish uchun mahallangizdagi yoshlar yetakchisi bilan bog‘laning. Yoshlar yetakchisining aloqa ma’lumotlarini @Smartmahallabot Telegram boti orqali bog'lanishingiz mumkin.

@yoshlarittifoqi_uz 👈
#Zukko_kitobxon
#Mahalla_bosqichi

⚡️Xorazm viloyati Yangibozor tumanidagi “Navroʻz” mahallasida “Zukko kitobxon” intellektual turnirining Mahalla bosqichi o’tkazildi.

50 nafardan ortiq ishtirokchi qatnashgan turnirda ”Mash’al" jamoasi Sektor bosqichida ishtirok etish uchun yo’llanmani qo’lga kiritdi.

📌 Sektor bosqichi 13-may kuni bo’lib o’tadi.

@yoshlarittifoqi_uz 👈🏻
📕 Jizzaxda “Zukko kitobxon” intellektual turniri oʻtkazilmoqda

Jizzax viloyatining jami 299 ta mahallalarida “Zukko kitobxon" intellektual turnirining mahalla bosqichlari qizgʻin oʻtmoqda.

Mahalla bosqichilarida gʻolib boʻlgan yoshlar turnirning Sektor bosqichlarida bilimlarini sinashadi.

#Jizzax
#Zukko_kitobxon
#Beshtashabbusolimpiadasi

@yoshlarittifoqi_uz 👈🏻
Maktabda bullinga duch kelganmisiz?

"Kamalak" bolalar tashkiloti, Yoshlar ishlari agentligi va Xalq ta'limi vazirligi tomonidan o‘tkazilayotgan so‘rovnomada ishtirok eting.

Maqsadimiz: mamlakatimizdagi maktab/kollej/litseylarda bulling bor yoki yo'q ekanligi aniqlash hamda bolalar va yoshlarning bu masalaga munosabatini o'rganish.

Jami 6 ta savol. Natijalar jamoatchilik e'tiborini bulling muammosiga qaratish va ta'lim muassasalarida uni kamaytirish choralarini ko'rish maqsadida qo'llaniladi.

Hoziroq @UReportUzbBot 👈orqali so‘rovnomada ishtirok eting!

__

Bulling o‘zi nima?Что такое буллинг?

@yoshlarittifoqi_uz 👈🏻
⚡️Xotira bor ekan – millat barhayot!

Tinchligimiz va yorug‘ kunlarimiz uchun jon fido qilib kurashgan, buning uchun hayotini qurbon qilgan vatandoshlarimiz xotirasini yod etish maqsadida O’zbekiston yoshlar ittifoqi tashabbusi va hamkor tashkilotlar ko’magida “Sharaf lentasi” targ’ibot aksiyasi boshlandi.

🔰 Ushbu aksiya doirasida Buxoro shahridagi “Labi Hovuz” ansamblida yurtimiz mehmonlari va yurtdoshlarimiz ko'ksiga “Sharaf lenta”lari taqib qoʻyildi.
Bu kabi aksiyalar viloyatimiz boʻylab 10-may kuniga qadar davom etadi.

⚡️Aziz yoshlar, aksiyada faol ishtirok eting!

@yoshlarittifoqi_uz 👈🏻