O‘zbekiston yoshlar ittifoqi
13.5K subscribers
19.2K photos
1.59K videos
21 files
5.25K links
🇺🇿 O‘zbekiston yoshlar Ittifoqining Telegramdagi rasmiy sahifasiga xush kelibsiz!

www.yoshlarittifoqi.uz
facebook.com/yoshlarittifoqi.uz
instagram.com/yoshlarittifoqi.uz

📞 Ishonch raqami:

📝 Yordam: @yoshlargayordamchi_bot
Download Telegram
"Oramizdagi qahramonlar"

#Sirdaryo #Ustozshogirt

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Sirdaryo viloyati Kengashi tomonidan 42 yil mobaynida kasbiga fidoiylik bilan yondoshgan Jumanazarov A'zamqul ishtirokida shogirtlari hamda o‘quvchilari bilan uchrashuv tashkil etildi.

🔹Batafsil ma'lumot

@yoshlarittifoqi_uz👈
🌸 Navro’zi olam muborak!

🌿 Bugun 21-mart kun bilan tun tenglashgan sanada Sharqona yangi yil — Navro’z ayyomi kirib keldi. Bayram munosabati bilan O’zbekiston yoshlar ittifoqi jamoasi yurtdoshlarimizni samimiy qutlaydi!

💐 Har bir kuningiz bugungiday charog’on, fayzli, yangi orzu va umidlarga limmo-lim bo’lsin!

Yosharish va yangilanish, mehr-u muhabbat bayramida yaqinlarimiz bilan diydorlashgani, tabriklagani boraylik 😊

@yosharittifoqi_uz 👈🏻
Forwarded from Alisher Sadullaev
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Respublika yoshlar ovozi — “Bo'zatov FEST” boshlanmoqda!

2019-yil Qoraqalpog'iston Respublikasida Bo'zatov tumani tashkil etilgan. Prezidentimiz tashabbuslari bilan yosh iste'dod egalari mana shu go'zal maskanga kelib, tumanning obro'sini, dovrug'ini butun O'zbekistonga tanitish uchun “Bo'zatov FEST” Yoshlar ovozi tanlovini o'tkazish an'anaga aylanmoqda.

2021-yilda ushbu tanlov juda ko'plab iste'dodli yoshlarni kashf etishga sabab bo'ldi. Madaniyat vazirligi bilan hamkorlikda “Bo'zatov FEST” yoshlar ovozi an'anaga binoan yana start olmoqda. Tanlov baxshichilik, an'anaviy ijro, opera va estrada yo'nalishlari bo‘yicha mahalladan boshlanib, sektor, tuman, viloyat va respublika bosqichlarida o'tkaziladi.

G'olib bo'lgan iste'dodli yoshlar: 1-o'rin 50 000 000 so'm, 2-o'rin 30 000 000 so'm, 3-o'rin 20 000 000 so'm va respublika bosqichiga chiqqan barcha ishtirokchilar 10 000 000 so'mdan pul mukofoti bilan taqdirlanadilar. Ishtirok etish uchun ro'yxatdan o'ting: @YoshOvozBot

@alisher_sadullaev
Esingizda bo'lsa, o'tgan yilning mart oyida Respublika Sardorlarining telegram sahifasida "Qaysi hududiy Sardorlar Kengashi sizningcha yaxshi ishlamoqda?" mavzusida so'rovnoma o'tkazgan edik. Bu an'anaga sodiq qolgan holda sizga yana murojaat etmoqchimiz!

Xo'sh, sizningcha hozirgi kunda qaysi hududiy Sardorlar Kengashi namunali faoliyat olib bormoqda? Atigi 1 daqiqa vaqt ajratasiz xolos.

Ovoz berishingizdan oldin sizga bir iltimosimiz bor, shunchaki adolatli bo'ling. Har bir ovoz biz uchun muhim. Sizning vazifangiz Sardorlar Kengashi mehnatini bizga yetkazishdadir.

🤖 Ovoz berishni ushbu botimiz orqali muammosiz bajarishingiz mumkin: @sardorlarbot 👈

📆 Ovozlarni qabul qilish 25-martdan 31-martgacha davom etadi!

#sorovnoma

@yosharittifoqi_uz 👈🏻
🔥 "Zakovat" onlayn viktorinasining g'oliblari taqdirlandi

🏆 Bugun O'zbekiston yoshlar ittifoqining rasmiy telegram kanalida o'tkazilgan "Zakovat" onlayn viktorinasining 2-mavsum g'oliblarini taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.

💫 Taqdirlash marosimida "Zakovat" intellektual o'yinining muallifi va boshlovchisi Abdurasul Abdullayev final bosiqichida g'alaba qozongan 5 nafar ishtirokchiga zamonaviy smartfonlarni topshirdi.

— Kundan-kunga bilimdon yoshlarimizning safi kengayib borayotganidan xursandman. E’tibor berib qarasam 2-mavsum g'oliblari hali juda yosh ishtirokchilar ekan. Ular orasida talabalar ham borligi talaba-yoshlarimizning intellektual o'yinlarga qiziqishi yuqori ekanligini ko'rsatadi. Yil davomida ushbu loyihamizda barcha yoshlar ishtirok etishlari mumkin, - deydi Abdurasul Abdullayev.

Qiziqarli loyihalarimiz davom etadi!

@yoshlarittifoqi_uz 👈🏻
Respublika ishchi guruhining Samarqand viloyatidagi o‘rganishlari davom etmoqda

Markaziy Kengash raisi viloyatning Ishtixon tumaniga tashrif buyurib, tumandagi yoshlar yetakchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda mahallalardagi yoshlar yetakchilarining faoliyati, ishlash mexanizmi, yangi rejalar, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish yuzasidan muhokamalar bo‘ldi

#Samarqand #Ishtixon #yetakchilar

@yoshlarittifoq_uz👈