O‘zbekiston yoshlar ittifoqi
18.1K subscribers
19.3K photos
1.59K videos
21 files
5.28K links
🇺🇿 O‘zbekiston yoshlar Ittifoqining Telegramdagi rasmiy sahifasiga xush kelibsiz!

www.yoshlarittifoqi.uz
facebook.com/yoshlarittifoqi.uz
instagram.com/yoshlarittifoqi.uz

📞 Ishonch raqami:

📝 Yordam: @yoshlargayordamchi_bot
Download Telegram
📖 "Start English" nomli yangi kitob taqdimoti bo’lib o’tdi

📘 Yoshlar ishlari agentligi va O’zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan yosh ijodkor Mohlaroyim Ahmedovaning "Start English" nomli kitobining taqdimoti o’tkazildi.

Tadbirda ustoz yozuvchi va shoirlar, yosh iste’dod egalari ishtirok etib, kitob haqida o’z fikr-mulohazalarini bildirishdi.

Ma’lumot o’rnida, "Start English" kitobi mutlaqo yangicha uslubda yozilgan bo’lib, u orqali bolajonlar ingliz tilini tez va oson o’rganishlari mumkin.

🎉 Tadbir bir-biridan qiziqarli chiqishlarga boy bo’ldi. Xonanda Shuhrat Daryo tomonidan ijro etilgan jonli ijrolar, "Balerino" bolalar raqs dastasi tomonidan taqdim etilgan quvnoq raqslar tadbirga ko’tarinki ruh bag’ishladi.

@yoshlarittifoqi_uz 👈🏻
#Tayinlov

📜 Iste'dodli ijodkor, shoir, nosir, tarjimon, ssenarist va dizayner, "Mard o‘g‘lon" davlat mukofoti sohibi Yusupov Muhammadxon Olim o‘g‘li O'zbekiston yoshlar ittifoqi muassisligidagi Respublika Yosh ijodkorlar kengashi raisi lavozimiga tayinlandi.

Muhammadxon Yusupov Respublika Yosh ijodkorlar kengashi tashkil topgan sanadan to hozirgacha bo‘lgan davrda Kengashning barcha loyihalarida bevosita faoliyat yuritgan.

🤝 Kelgusida yosh ijodkorlarni kashf etishga qaratilgan yangidan-yangi ishlarida zafarlar tilab qolamiz.

@yoshlarittifoqi_uz 👈🏻
“Zakovat” onlayn viktorinasi davom etishini istaysizmi?
Anonymous Poll
92%
Ha
8%
Yo’q
🔥 Parij sari yoʻl

🇫🇷 Xabaringiz bor, XXXIII Olimpiada oʻyinlari 2024-yil Fransiyaning Parij shahrida boʻlib oʻtadi.

💁‍♂️
Sportchilarimizning professional tarzda tayyorgarlik koʻrishlari uchun davlatimiz tomonidan qanday imtiyoz va imkoniyatlar yaratilmoqda? Kimlar Parij yo’llanmasiga ega bo’lishi mumkin?

Ushbu savollaringizga javobni bugun ushbu telegram kanalida o’tkaziladigan audio-chat orqali bilib olishingiz mumkin. Ma’lumotlar va savollarga javoblarni Milliy Olimpiya qoʻmitasi Xalqaro aloqalar departamenti direktori Kamoliddin Ergashev va yunon-rum kurashchisi Aram Bardanyan taqdim etadi.

@yoshlarittifoqi_uz 👈🏻
Live stream scheduled for
Live stream finished (50 minutes)
“Zakovat” viktorinasi davom etadi!

🔰
Minglab yoshlar intizorlik bilan kutayotgan “Zakovat” onlayn viktorinasiga 21-fevraldan start beramiz. 13-mart kuniga qadar o‘ynaladigan viktorinada ishtirok etib, g’oliblar safidan joy oling.

🏆 Finalda g‘olib bo‘lgan 5 nafar ishtirokchi zamonaviy smartfonlarga ega bo’ladi.

👉 Loyiha konsepsiyasi bilan quyida tanishishingiz mumkin.

Savollar har kuni 15:00 da berib boriladi.

📲 Hoziroq @yoshlartanlovbot dan ro‘yxatdan o‘ting!

@yoshlarittifoqi_uz 👈🏻
Kutib oling, Sizlar uchun "Maslahat vaqti" loyihasini taqdim etamiz!

🇺🇿 Bizning birinchi qahramonimiz O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vaziri - Baxtiyor Saidov

✍️ Endilikda turli xil soha vakillari Siz uchun loyihamiz doirasida foydali maslahatlar berishadi, bizni kuzatishda davom eting!

#kamalakdamaslahat #yangiloyiha

@yoshlarittifoqi_uz 👈
Audio
“Zakovat” viktorinasi 2-mavsum 1-savolining javobi 👆🏻
“Zakovat” viktorinasining 2-mavsum 1-savol g‘olibi aniqlandi

🔰 “Zakovat” viktorinasida taqdim etilgan 1-savolga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahridan Abatov Ajiniyaz Reymbay-uli birinchi bo‘lib to‘g‘ri javobni yo‘lladi. 29 yoshli g‘olibimiz hozirda Qoraqalpog’iston Respublikasi davlat soliq boshqarmasi bosh inspektori lavozimida faoliyat yuritadi. Ajiniyaz Abatov ushbu muvaffaqiyati orqali 2022-yilning 13-mart kuni o‘tkaziladigan final bosqichiga yo‘llanmani qo'lga kiritdi.

🎉 O‘zbekiston yoshlar ittifoqi “Zakovat” viktorinasida munosib ishtirok etgan Ajiniyaz Abatovni ushbu muvaffaqiyat bilan samimiy qutlaydi.

@yoshlarittifoqi_uz 👈
Sardorlik — vaqtni boshqarishni o‘rgatadi

🌈 O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Sirdaryo viloyati Kengashi tomonidan mahalliy, maktab va sinf sardorlari uchun, ularning faoliyat samaradorligini oshirish va qo‘llab - quvvatlash maqsadida “Sardorlik — vaqtni boshqarishni o‘rgatadi” mavzusida o‘quv seminar o‘tkazildi.

〽️ Bu galgi manzil Guliston shahri. Loyihada 100ga yaqin shahar sardorlarlari ishtirok etdi. Seminar 3 guruhga bo‘linib, 3 sessiya asosida o‘tkazildi.

Sardorlar doim faol va qiziquvchan! Ularni to‘g‘ri yo‘naltira olishimiz kerak. Vazifamizni amalga oshirish maqsadida seminarga yig‘ilgan barcha sardorlar bilan ishlashga hamda motivatsiya berishga harakat qildik. Ishtirokchilar uchun daslab OLTIN QOIDAlar belgilab olindi va shu asosida ishlandi", - deydi O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Xovos tumani Kengashi raisi S.Umarova.

@yoshlarittifoqi_uz 👈🏻